Oriental Universiteti Pedogogika va psixologiya fakulteti


Download 11.73 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi11.73 Kb.
#1631301
  1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy pedogogika Xaydarova N


Oriental Universiteti
Pedogogika va psixologiya fakulteti
2-kurs 16-guruh talabasi
Xaydarova Nodiraning
Ijtimoiy pedogogika fanidan
Mustaqil ishi
Tekshirdi: Xafizov S
Mavzu: Ijtimoiy pedogogik tadqiqotlar
Reja:

Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab bo’lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan bilim sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini to’ldirib keladi va voqelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat qilishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogika - shaxsning ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pedagogika sohasi.
Pedagogik tadqiqot metodlari.
Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g’oyasi, mazmuni, natijalari hisobiga ta’minlanadi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida sodir bo’lish sabablarini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etishni taqozo etadi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlar shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik va aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega jarayon.

Download 11.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling