Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

«Navo parisi»
Bolalarimizni qadriyatlarimizdan milliy musiqa asboblarimizni
e’zozlash ruhida tarbiyalovchi mashg‘ulot bayoni
Boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar va qadrli bolalar!
Bugun bog‘chamizda bayramona tantana tomosha ko‘rsatiladi.
Artistlar kim ekan, deysizmi? Mana ular. Qani, qarsaklar bilan kutib
olaylik (musiqa xonasiga bolalar kiradi, mehmonlarga o‘z qo‘llari
bilan tayyorlagan konsert dasturini tarqatadilar va joylariga borib
o‘tiradilar).
Boshlovchi: Qani chaling musiqani, birinchi navbat raqqosalarga.
Tarbiyachi: Kechirasiz! Jon deb chalar edim-ku, lekin musiqa
chala olmayman – pianinoning musiqa ohanglari yo‘qolib qolibdi.
Bolalar: Notalarmi? Kitoblaringizmi?
Tarbiyachi: Yo‘q, nota kitoblarim joyida. Musiqa sadolari yo‘q.
Boshlovchi: Bolalarimiz notalarni bilishadi, to‘g‘rimi bolalar?
Qani hammamiz jo‘r bo‘lib ovozlarni sozlab olaylik-chi? (Hamma
bolalar ovoz sozlovchi mashqni bajaradilar.)


37
Tarbiyachi: Barakalla. Mana, «do» musiqa ohangi paydo bo‘ldi.
Qani, she’r aytib, o‘yin o‘ynab turinglar-chi, balki xonaga yettita
tovush ham qaytib kelar.
She’rlar aytiladi.
O‘yin. «Besh qarsak» (o‘zbek xalq bolalar o‘yini).
Tarbiyachi: Pianinoda faqatgina bitta tovush – «do» chiqyapti.
U bilan musiqa chala olmayman. Endi nima qilamiz? (Musiqa sadosi
eshitiladi)
Boshlovchi: Nimaning tovushi bu?
Bolalar: Doira-ku! (To‘siqning orqasidan ikkita bola chiqib, doira
chalib qo‘shiq aytadi). Lapar. «Yallola bobo» (O‘zbek xalq qo‘shig‘i).
Barakalla, rahmat bolalar, mehmonlarni xushnud qildingiz.
To‘siq ortidan rubob, dutor ovozlari eshitiladi.
Boshlovchi: Voy, milliy musiqa asboblarini butunlay unutibmiz-ku.
Tarbiyachi: Rahmat, kelinglar! Qarang, pianinoga endi «re»
tovushi ham qaytib keldi.
Raqs: «Qari navo».

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling