Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Oilada va MTM dagi bolalarning qo‘shiq aytish uslubiyati


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Oilada va MTM dagi bolalarning qo‘shiq aytish uslubiyati
Ashula aytish musiqa mashg‘ulotlarining asosiy elementlaridan
biri hisoblanadi. Ashula aytish musiqa bilan shug‘ullanishda
o‘zining yengil va oson amalga oshirilishi tufayli bolalar
diqqatini tez jalb qiladi. Eng muhimi shundaki, bola o‘rtoqlari
bilan birga ashula aytganda, o‘z shaxsiy ijrosini nazorat qilib
boradi, yon-veridagi bolalar bilan o‘zining ovozini solishtirib
ko‘radi. Bu esa, birinchidan, bolada musiqaviy qobilyatlarning har
tomonlama rivojlanishiga katta imkoniyat yaratadi, ikkinchidan,
bolada o‘z-o‘zidan ijodiy intilish kuchayadi, uchinchidan, ashula
aytish jarayonida bolaning fikri, nutqi, idroki o‘sadi, ovoz va
nafas apparatlari yaxshi rivojlanadi.


61
Bolalar hayotida musiqa katta ahamiyatga ega. Chunki
musiqa bolalar ongida katta taassurot qoldiradi Musiqa bolalarda
estetik tarbiyani rivojlantirishda katta ahamiyatga ega, shunga
ko‘ra, bola ongidagi ezgu fazilatlarni rivojlanishida musiqiy
tarbiyaning o‘rni alohida.
Oilada va MTM da bolalarni qo‘shiq aytishdagi vazifalari
quyidagilardan iborat:
1. Bolalarni sof tovushda kuylashga o‘rgatish hamda aniq, ravon
kuylashni talab etish.
2. Qo‘shiq kuylash jarayonida bolalarda musiqaviy qobiliyatni
va so‘z boyligini orttirish.
3. Tarbiyachi yordamida bolalar qo‘shiqni kuylashi hamda yakka
holda, musiqa asboblarisiz ham kuylashga o‘ragatish.
Test
1. MTM larda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar qayerdan boshlanadi?
a) Uydan.
b) Bog‘chadan.
c) Maktabdan.
2. Musuqaviy tovushlar va ularning xususiyati.
a) Musiqali va shovqinli.
b) Shovqinli, musiqali, tovushli.
c) Tovushli, musiqali, shovqinli.
3. Registrllar necha turdan iborat?
a) Yo‘g‘on, orta, ingichka.
b) Pastki, o‘rta, ingichka.
c) Pastki, o‘rta, yuqori.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling