Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Bolalar bog‘chasida musiqiy ta’lim-tarbiya berishda


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Bolalar bog‘chasida musiqiy ta’lim-tarbiya berishda
tarbiyachining o‘rni
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni ma’naviy madaniyatli etib
tarbiyalashda, ta’lim maskanlarida o‘tkaziladigan musiqa
mashg‘ulotlari va bayram ertaliklarining go‘zallik qonuniyatlari asosida
barkamol shaxsni shakllantirish vazifalarini amalga oshirish uchun
musiqa tarbiyachining o‘rni beqiyosdir. MTM da har bir tarbiyachi
musiqaviy qobiliyatga ega bo‘lishi va tarbiyachilik vazifasini bajarishda
o‘z o‘rnini topa olish kerak. Tarbiyachi o‘z ishiga ijodiy yondashib,
har bir mashg‘ulotda, bayram ertaliklarida va yurtimizning buyuk
siymolari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini ishlab chiqishlari mumkin.
Tarbiyachi bolalarga faqat bilim beribgina qolmasdan, balki ularni
yangi ajoyib dunyo – musiqa olamiga olib kiradi, san’atga qiziqtiradi,
uni sevishga o‘rgatadi. Yaxshi tashkil etilgan musiqiy tarbiya jarayoni
bolalarni barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishlariga ko‘maklashadi.
Tarbiyachining o‘ziga talabchanligi o‘zining har bir xatti-
harakatini nazorat qilib bora olishi davlatimiz MTM lari oldiga
quyidagi talablarni qo‘yadi.
MTM da olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishlar oliyjanob
fazilatlarni yosh avlodda bog‘cha yoshidan boshlab
shakllantirishga qaratilgan.


59
Bolalar bog‘chalarida amalga oshiralayotgan tarbiyaning muhim
qismi estetik tarbiyadir. Musiqaviy tarbiya esa estetik tarbiyaning
tarkibiy qismi hisoblanadi. Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida bola
hayotiy voqelikni musiqaviy obrazlar orqali idrok etib boradi.
Bolalar yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas
taassurot qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‘cha
sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy
san’at bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi. Ashula
aytish, turli janrdagi musiqa asarlari, xususan, sujetli cholg‘u
pyesalarini tinglash, musiqaviy o‘yinlar bilan shug‘illanish va
raqsga tushish jarayonida musiqa mashg‘ulotlari ko‘pincha badiiy
so‘z bilan bog‘lanadi. Bolaning badiiy obrazlarni yorqin tasavvur
etishi va chuqur idrok qila olishi uchun tasviriy san’at
asarlaridan ham unumli foydalaniladi. Ayniqsa, ayrim sujetli
musiqa asarlarini tinglashdan yoki kuylanadigan qo‘shiq
Ona vatanga 
bo’lgan 
muhabbatni 
musiqa orqali 
ifodalash
Musiqaning yosh 
avlod ongida 
o’rtoqlik va 
do’stlik hissini
shakllantirish 
Milliy 
qadriyatlar, urf-
odatlarni musiqa 
orqali ifoda etish 
Bolaning
musiqaviy 
qobiliyatini 
o’stirish
Bolaning 
sog’lig’ini 
saqlash va uni 
mustahkamlash 
Tarbiyachi-
ning 
musiqada- 
gi o’rni


60
mazmunidan bolalar ongida hosil bo‘ladigan tasavvurlarni yanada
boyitish va konkretlashtirish maqsadida asar sujetiga xos badiiy
suratlardan foydalanilsa ham yaxshi natija beradi. Turli metodlardan
foydalanib o‘tkazilgan har bir musiqa mashg‘uloti kichkintoylarda
badiiy, estetik zavq uyg‘otadi. Ularning his-tuyg‘ularini rivojlantira-
di. Ijodiy fikri va nutqini o‘stiradi. Bundan tashqari, musiqaviy
o‘yin va postanovkalar, raqslar bolalarda ritm tuyg‘usi, chaqqonlik
va harakatchanlik malakalarini rivojlantiradi hamda qomatning
tog‘ri o‘sishiga yordam beradi.
Bog‘chada amalga oshiriladigan konkret mashg‘ulotlar, masalan,
hisob mashg‘ulotlari jarayonida bolalarning ko‘proq abstrakt fikrlash
qobilyati va mantiqiy xotira kuchi o‘sib borsa, san’at mashg‘ulotlari
jarayonida esa ularning obrazli fikrlashi va obrazli xotirasi yaxshi
rivojlanadi. Bu har ikkala psixologik xususiyatning parallel
rivojlanishi bolaning aqliy rivojlanishi uchun muhim ahamiyat
kasb etadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. MTM da ta’lim-tarbiya berishda tarbiyaning musiqiy faoliyati
qanday?
2. Tarbiyaviy musiqa qo‘llanganda ko‘proq qaysi tarbiyaga e’tibor
berish kerak?

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling