Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

Chamanda gul
(O‘zbek xalq kuyi)
Katta guruh uchun
Tez sur’atda


48
Bu raqsda to‘rtta yoki oltita qiz ishtirok etadi. Asosiy harakat
sakrama, qo‘llar yuqorida «Shamol» harakati bilan ikki qator bo‘lib,
ikki tomondan chiqadilar.
1–4-taktlar:
1-harakat: ikki tomondan chiqishib, doira hosil qiladilar. Qizlar
navbatma-navbat o‘tirib bir-birlarining atroflarida aylanadilar.
5–8-taktlar:
2-harakat: qizlar doira bo‘lib yurib, birinchi qatorga saflanadilar. Qizlar
o‘z joylarida turib, 4 tomonga, pastga qarsak chalib, so‘ng qo‘llarini
yuqoriga ko‘taradilar. Bu harakatlar o‘ng va chap tomonga bajariladi.
9–12- taktlar:
3-harakat: 1,3,5-qizlar qo‘llarini «chiroqcha» qilib, oldinga chiqa-
dilar va yana o‘z joylariga qaytadilar. Bu harakatlar 2,4,6- qizlarda
takrorlanadi.
1–4-taktlar:
4-harakat: qizlar 3 kishidan bo‘lib, qo‘l ushlashib aylanadilar.
Qizlar doira bo‘ylab yurib, bir qatorga saflanib, salom berib, chiqib
ketadilar.
Do‘loncha
(O‘zbek xalq kuyi)
Katta va tayyorlov guruhlari uchun
O‘rtacha tez


49
1- holat: bosh uchun.
Oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar belda, bosh o‘ng va chap
tomonga ikki martadan aylantiriladi.
2- holat: yelka uchun.
Oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar yelkada. Avval o‘ng, so‘ngra
chap yelka oldinga va orqaga to‘rt marta aylantiriladi.
3- holat: qo‘l uchun.
4 marta «koptokni yuqoriga ot» harakati bajariladi.
4- holat: bel uchun.
Oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar belda, 1 deganda, oldinga
egiladilar, 2 deganda, dastlabki holat, 3 deganda, orqaga egilib, 4
deganda, dastlabki holatga keladilar (4 marta).
5- holat: tizza uchun.
O‘ng qo‘l tirsagi chap oyoq tizzasiga, chap qo‘l tirsagi, o‘ng
oyoq tizzasi tekkiziladi.
6- holat: oyoq uchun.
Qo‘llar belda, oyoqlar juft holatda ikki marta sakrab, 3-4 hisobida
o‘ng va chap oyoq birin-ketin oldga va orqaga harakatlanadi.
7- holat: nafas uchun.
Qo‘llar orqadan yuqoriga ko‘tarilib, oldga tushuriladi va yengil
nafas olinadi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling