Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65
Bolalar bog‘chasida musiqiy ta’lim-tarbiya berishda
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika
Bolalar bog‘chasida musiqiy ta’lim-tarbiya berishda
tarbiyachining o‘rni Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni ma’naviy madaniyatli etib tarbiyalashda, ta’lim maskanlarida o‘tkaziladigan musiqa mashg‘ulotlari va bayram ertaliklarining go‘zallik qonuniyatlari asosida barkamol shaxsni shakllantirish vazifalarini amalga oshirish uchun musiqa tarbiyachining o‘rni beqiyosdir. MTM da har bir tarbiyachi musiqaviy qobiliyatga ega bo‘lishi va tarbiyachilik vazifasini bajarishda o‘z o‘rnini topa olish kerak. Tarbiyachi o‘z ishiga ijodiy yondashib, har bir mashg‘ulotda, bayram ertaliklarida va yurtimizning buyuk siymolari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini ishlab chiqishlari mumkin. Tarbiyachi bolalarga faqat bilim beribgina qolmasdan, balki ularni yangi ajoyib dunyo – musiqa olamiga olib kiradi, san’atga qiziqtiradi, uni sevishga o‘rgatadi. Yaxshi tashkil etilgan musiqiy tarbiya jarayoni bolalarni barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishlariga ko‘maklashadi. Tarbiyachining o‘ziga talabchanligi o‘zining har bir xatti- harakatini nazorat qilib bora olishi davlatimiz MTM lari oldiga quyidagi talablarni qo‘yadi. MTM da olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishlar oliyjanob fazilatlarni yosh avlodda bog‘cha yoshidan boshlab shakllantirishga qaratilgan. 59 Bolalar bog‘chalarida amalga oshiralayotgan tarbiyaning muhim qismi estetik tarbiyadir. Musiqaviy tarbiya esa estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqaviy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‘cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi. Ashula aytish, turli janrdagi musiqa asarlari, xususan, sujetli cholg‘u pyesalarini tinglash, musiqaviy o‘yinlar bilan shug‘illanish va raqsga tushish jarayonida musiqa mashg‘ulotlari ko‘pincha badiiy so‘z bilan bog‘lanadi. Bolaning badiiy obrazlarni yorqin tasavvur etishi va chuqur idrok qila olishi uchun tasviriy san’at asarlaridan ham unumli foydalaniladi. Ayniqsa, ayrim sujetli musiqa asarlarini tinglashdan yoki kuylanadigan qo‘shiq Ona vatanga bo’lgan muhabbatni musiqa orqali ifodalash Musiqaning yosh avlod ongida o’rtoqlik va do’stlik hissini shakllantirish Milliy qadriyatlar, urf- odatlarni musiqa orqali ifoda etish Bolaning musiqaviy qobiliyatini o’stirish Bolaning sog’lig’ini saqlash va uni mustahkamlash Tarbiyachi- ning musiqada- gi o’rni 60 mazmunidan bolalar ongida hosil bo‘ladigan tasavvurlarni yanada boyitish va konkretlashtirish maqsadida asar sujetiga xos badiiy suratlardan foydalanilsa ham yaxshi natija beradi. Turli metodlardan foydalanib o‘tkazilgan har bir musiqa mashg‘uloti kichkintoylarda badiiy, estetik zavq uyg‘otadi. Ularning his-tuyg‘ularini rivojlantira- di. Ijodiy fikri va nutqini o‘stiradi. Bundan tashqari, musiqaviy o‘yin va postanovkalar, raqslar bolalarda ritm tuyg‘usi, chaqqonlik va harakatchanlik malakalarini rivojlantiradi hamda qomatning tog‘ri o‘sishiga yordam beradi. Bog‘chada amalga oshiriladigan konkret mashg‘ulotlar, masalan, hisob mashg‘ulotlari jarayonida bolalarning ko‘proq abstrakt fikrlash qobilyati va mantiqiy xotira kuchi o‘sib borsa, san’at mashg‘ulotlari jarayonida esa ularning obrazli fikrlashi va obrazli xotirasi yaxshi rivojlanadi. Bu har ikkala psixologik xususiyatning parallel rivojlanishi bolaning aqliy rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. MTM da ta’lim-tarbiya berishda tarbiyaning musiqiy faoliyati qanday? 2. Tarbiyaviy musiqa qo‘llanganda ko‘proq qaysi tarbiyaga e’tibor berish kerak? Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling