120
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay
to abad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
N a q a r o t :
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar,
ona yurt, mangu bo‘l obod!
N a q a r o t :
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
123
O‘zbekiston – Vatanim, onam,
Istiqlolning qaldirg‘ochimiz,
Nur taralar gulbog‘laringdan.
Iqbolimiz tongday kulajak.
Oltin
beshik aziz ostonam,
Xalq mehridan qudrat-kuchimiz,
Baxtim topdim quchoqlaringdan.
Bizniki bu nurli kelajak!
N a q o r a t :
Ozod Vatan o‘g‘il-qizimiz,
Charaqlagan yer yulduzimiz.
Tinchlikni o‘ylab,
Do‘stlikni kuylab,
Istiqbolni ko‘zlar ko‘zimiz.
Mustaqillik bolalarimiz,
Boshimizni silaydi o‘lkam.
Dil g‘unchasi – lolalarimiz,
Go‘zallikdan yashnagay olam!
127
Osmonlarda nur ko‘zlaringiz,
Charaqlaydi yulduzlaringiz.
Amir Temur ruhi bo‘lib yor,
Yashnamoqda bu ozod diyor.
N a q a r o t:
Samarqandda
bordaysiz mudom,
Ey
munajjim, Ulug‘bek bobom.
Fan ko‘ksida yashaysiz hamon,
Ardoqlagay jahon-u zamon.
O‘chmagaydur hech izlaringiz,
Biz yerdagi yulduzlaringiz.
N a q a r o t:
Samarqandda bordaysiz mudom,
Ey munajjim, Ulug‘bek bobom.