163
Osmonda yalt etdi kamalak,
Qo‘nganday kattakon kapalak.
Ranglarmi egilgan yoy bo‘lib,
Bulutlar chopishar toy bo‘lib.
Osmonning o‘zicha siri bor,
Tog‘lari, dalasi, qiri bor.
Kamalak
jamoli rang-barang,
Ko‘zlarni tindirar, bir qarang.
Kamalak yo quyosh bolasi,
Ehtimol osmonning lolasi.
Xayolim
u tomon yeladir,
Tez borib ushlagim keladir.
Husniga to‘ydirmay kamalak,
Bir zumda yo‘qoldi bedarak.
Osmondan ko‘zimni uzmayman,
Mo‘jiza – kamalak izlayman.
GULSHAN DIYOR – O‘ZBEKISTON
Fayzi SHOHISMOIL she’ri
Sharif RAMAZONOV musiqasi
164
O‘zbekiston gulshan diyor,
Qalblarimizda oliy bitik,
Istiqlol bo‘ldi barqaror.
Ruhlarimiz bardam, tetik.
Sha’ningga
aytib alyor-alyor,
Sha’ningga aytib alyor-alyor,
Olg‘a yuramiz shaxdam-shaxdam.
Olg‘a yuramiz shaxdam-shaxdam.
N a q a r o t:
Yashna, kul, ey shonli Vatan
Senga fido bo‘lsin bu tan,
Sha’ningga aytib alyor-alyor,
Gulshan diyor – O‘zbekiston.