Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/70
Sana28.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1018155
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika

YANGI YIL QO‘SHIG‘I
I.Muslim she’ri
G‘.Qodirov musiqasi
1. Shodlikka to‘ldi,
Bugun dilimiz.
Keldi zo‘r bayram:
Yangi yilimiz.
2. Sovg‘alar oldik,
Yana bir quchog‘.
Qodbobomizdan
Dimog‘imiz chog‘.
3. Keling, bolalar,
Birga o‘ynaylik!
Yangi yilda xo‘p
Kuylab quvnaylik.


162
KAMALAK IZLAYMAN
Po‘lat Mo‘min she’ri
Qahramon Komilov musiqasi


163
Osmonda yalt etdi kamalak,
Qo‘nganday kattakon kapalak.
Ranglarmi egilgan yoy bo‘lib,
Bulutlar chopishar toy bo‘lib.
Osmonning o‘zicha siri bor,
Tog‘lari, dalasi, qiri bor.
Kamalak jamoli rang-barang,
Ko‘zlarni tindirar, bir qarang.
Kamalak yo quyosh bolasi,
Ehtimol osmonning lolasi.
Xayolim u tomon yeladir,
Tez borib ushlagim keladir.
Husniga to‘ydirmay kamalak,
Bir zumda yo‘qoldi bedarak.
Osmondan ko‘zimni uzmayman,
Mo‘jiza – kamalak izlayman.
GULSHAN DIYOR – O‘ZBEKISTON
Fayzi SHOHISMOIL she’ri
Sharif RAMAZONOV musiqasi


164
O‘zbekiston gulshan diyor,
Qalblarimizda oliy bitik,
Istiqlol bo‘ldi barqaror.
Ruhlarimiz bardam, tetik.
Sha’ningga aytib alyor-alyor,
Sha’ningga aytib alyor-alyor,
Olg‘a yuramiz shaxdam-shaxdam.
Olg‘a yuramiz shaxdam-shaxdam.
N a q a r o t:
Yashna, kul, ey shonli Vatan
Senga fido bo‘lsin bu tan,
Sha’ningga aytib alyor-alyor,
Gulshan diyor – O‘zbekiston.


165
PIYODA ASKARLAR QO‘SHIG‘I
Qambar Ota she’ri
Avaz Mansurov musiqasi
Biz piyoda askarmiz,
Hech buzilmas saflarmiz.
Biz yo‘l olgan lahzada
Yer keladi larzaga.
Tra-ta-ta, tra-ta-ta.
Tra-ta-ta, tra-ta-ta,
Yer keladi larzaga.
Mashq qilamiz piyoda,
O‘rda, qirda, qiyoda.
Tinchlik uchun dunyoda
Xizmatimiz ziyoda.
Tra-ta-ta, tra-ta-ta.
Tra-ta-ta, tra-ta-ta,
Xizmatimiz ziyoda.


166

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling