Orkestrdan jo’rnavozlik mahoratini oshirish


(fransuzcha diriqer - boshqarish, yo'lga solish)-


Download 94.17 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi94.17 Kb.
#197346
1   2
Bog'liq
BOZOROV ASILBEK

(fransuzcha diriqer - boshqarish, yo'lga solish)- musiqa asarini ijro etuvchi kollektivlar (solistlar), xor, orkestr va ansambllarga rahbarlik qiluvchi san'atkor. Dirijyor musiqa asarini ommaviy ijrosiga qadar ijrochi kollektiv bilan bo'lgan hamma tayyorgarlik (repitesiya)ni olib boradi. Asosiy ijro vaqtida esa (konsert yoki ) asarning o'ynash tezligi, dinamik tuslari ayrim to'da yoki yakka ijrochilarni to'xtash yoki ijro qilish vaqtlarini ko'rsatib turadi hamda asarni badiiy ijrosi uchun xarakat qiladi.

Dirijyor o'ng qo'lida kichik tayoqcha ushlab, musiqa asaridagi taktlarini birinchi kuchli sanog'ini pastga tushirish bilan ko'rsatib turadi. Yuz, qo'l, bosh va gavda xarakatlari, mimikalar bilan asar mohiyatini ko'rsatib, qanday ijro etilishini bildiradi. Dirijyorlik san'ati uzoq tarixga ega. Qadimgi Gretsiyada xor rahbari bo'lib taktni oyoq bilan ajratib turgan. Tarixdan shu ma'lumki, Rimda Shkola Cantorum (qo'shiq maktabi) asoschisi Grigoryam Velikim xorni boshqarish uchun qorl bilan xarakat qilgan. XVII-XVIII asrlarda dirijyorlik vazifasini Klavsin yoki organ chorgulari ba'zida esa skripka boshqaruvchilar tomonidan boshqarib borilgan. XIX asrda kelib dirijyorlik mustaqil san'at turiga ega bo'ldi. Bunga asoschilar Veber va Mendel'son yangi professional dirijyorlik yo'lini taklif qildilar. Asta-sekinlik bilan dirijyorlikning mukammalligi oshib bordi. Oldinda dirijyor tomoshabinlarga qaragan holda xarakat qilgan bolsa, keyinchalik orkestrga dirijyorlik qila boshladi.

Dirijyorlik hozirgi kunda ijrochilik san’atining eng dolzarb sohalaridan biri bo‘libgina qolmay milliy mafkuraning rivoj topishida ma’naviyatimizning muxim jabxalaridan biriga aylanayotir. XX asrning so‘ngi o‘n yilligi o‘zbek musiqa madaniyatining yangi taraqqiyot bosqichlarini belgilab berdi. Ayniqsa mustaqillik davrida musiqa san’ti ham boshqa san’at turlari kabi o‘zbek xalqining badiiy san’ti siqatida o‘zining yangidan rivojlanish davrini boshladi, ya’ni navqiron musiqa madaniyati vujudga keldi. Yangilanish, yuksalish pallasiga qadam qo‘ygan o‘zbek musiqasi madaniyatlari bilan hamnafas kamolot cho‘qqilariga intilmoqda. Sharning mash’ali bo‘lmish diyorimiz nafaqat sanoat va qishloq xo‘jaligi hamda ilg‘or fan va madaniyat o‘lkasidagina bo‘lib qolmasdan, u ayni vaqtda san’at vatani hamdir.

Hozirgi kunda teatrlarimiz musiqiy milliy jamoalarimiz o‘zbek xalqining barkamol san’atini shon-shuxratini, beqiyos ijrochilik mahoratlarini nafaqat mamlakatimizda balki butun dunyo bo‘ylab namoyish qilmoqdalar.

Xalqimizning rivojlanayotgan musiqa madaniyati o‘zining badiiy barkamolligi bilan xorijlik tomoshabinlarni ham qoyil qoldirmoqda.O‘zbek kampazitorlarining asarlari yirik ijrochilik jamoalari dasturlaridan urin olmoida.Yetuk ijrochilarning chet ellarda ijodiy safarlari va xalqaro tanlovlarda muvaffakiyat bilan katnashtb, nufuzli urinlarni egallashlari fikrimizning yaqqol dalilidir. Bular orasida ijrochilik san’atini yuksalishida mustaxkam o‘rin tutgan dirijyorlik san’ati xam bordir.

Dirijyor ijodiy jamoalar bilan musiqiy asarlar ustida ishlaydi. Konsert yoki spektakllarga tayyorgarlik mashg‘ulotlarni o‘tkazadi, so‘ngra ularni tinglovchilar oldiga ijro etilishiga raxbarlik qiladi. Xar bir asarning mazmuni va moxiyatini ochishga talqin etishda, asosiy g‘oyani tinglovchilarga yetkazishda, asosiy g‘oyani tinglovchilarga etkazishda dirijyorlikning xissasi nixoyatda katta. Dirijyor turli fazilatlarga ega bo‘lishi kerak. Eng avvalo mukammal eshitish qobiliyati soxibi bo‘lishi kerak, chunki orkestr sozi bo‘zilmagan holda “ sof” soz bo‘lishi uchun barcha cholg‘ularni ovoz chaqarish uslublari, hamda ijro etiladigan asar mazmunini chuqur anglashi, tushunishi juda muximdir. Musiqaning jonli xarakatini, ritmni to‘g‘ri xis qilishi dirijyor uchun juda muximdir. Dirijyor yaxshi musiqiy xotiraga ega bo‘lishi, orkestrdagi hamma partiyalari bayon etilgan partiturani eslab qolishi lozim.Masalan, g‘ijjakchi o‘z oldiga qo‘yilgan bir qator notani, panist esa ikki qatr notani ko‘rishi va ijro etish mumkin, dirijyoyor esa o‘z oldiga qo‘yilgan partiturining to‘la ko‘rishi, his qila bilishi, qaysi cholg‘u qaysi taktda ijroni boshlashi, qaysi qaysi taktda ijroni to‘xtatishi, partiturada 20-26 ta qatorlarda joylashgan notalarga, dinamik belgilarga, pauzalarga, cholg‘u asboblarining ko‘rsatish holatiga diqqat bilan e’tibor berishi kerak.

Dirijyor raxbar sifatida bir vaqtning o‘zida ushbu musiqiy tilni o‘qishi, tinglashi va jamoaga ko‘rsata bilishi kerak.Dirijyor boy ijodiy tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Dirijyorlik san’atida dirijyor boy ijodiy tasavvursiz dirijyor bo‘lishi qiyin. Jamoani o‘ziga bo‘ysundirish uchun dirijyor o‘z ifodasini tarbiyalashi kerak. Dirijyor muallimlik qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur, chunki u mashg‘ulotlar jarayonida orkestr yoki xor jamoalariga ta’lim beradi, xatolarni o‘z vaqtida va ijobiy bartaraf etishda ijrochilarga yordam beradi. Dirijyor harakatning go‘zalligi, ta’sirchanligi, nozikligi, dirijyorning jozibalidorligi o‘zining sezgirligi bilan boshqalarni maftun eta olishi, dirijyorga xos xususiyatdir.

Ijro jarayonida dirijyor bir,ikki, uch soatlab tik turgan xolda xamisha xarakatda bo‘ladi, demak u jismoniy jixatdan chiniqqan bo‘lishi ham kerak. Dirijyor yuqori malakali sozanda cholg‘ularning diapazoni sozlarni barmoqlar xarakati xolatini yaxshi bilishi kerak. Musiqiy adabiyotni yaxshi bilimdoni sifatida orkestr cholg‘ulari imkoniyatlarini bilishdan tashqari o‘zi xam ayrim cholg‘ularda ijro eta olishni bilishi zarurdir. Cholg‘uchining sozi ijrochining sozi xisoblansa, dirijyorlik san’ati musiqa ijrochiligida aloxida o‘rin tutadi. Uning cholg‘usi orkestr yoki xor jamoasi va uning mohir qo‘llaridir. Barcha musiqa ijrochiligida bo‘lgani kabi dirijyorlik ham ikki tarkibdan iborat bo‘ladi. Texnik va badiiy bular bir- biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularni bir- biridan ajratish qiyin.

Orkestrlarning ko'pligi etuk professional dirijyorlarning, ularni boshqarishlari bunga asosiy dalildir. Professional orkestrlar bilan bir qatorda, o'z konsert dasturlarini katta sahnalarda manzur qilib kelayotgan oliygohlarning, o'rta maxsus musiqa kollejlarining, musiqa maktablarining chiqishlari bunga yaqqol misoldir. Fikrimizga dalil sifatida quyidagilarni bayon qilamiz. To'xtasin Jalilov nomidagi Xalq cholg'ulari orkestri raxbari va bosh direktori O'zbekiston xalq artisti professor Farruh Sodiqov avvaliga qashqar rubobdan tahsil olgan. Doni Zokirov nomidagi O'zbekiston teleradiokompaniyasi Xalq cholg'ulari orkestri badiiy raxbari hamda bosh dirijyori Hikmatilla Radjabov avvaliga qashqar rubob sinfida tahsil olgan. So'g'diyona nomli Xalq cholg'ulari orkestri raxbari va dirijyori O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist professor Feruza Abduraximova avvaliga rubob primada tahsil olgan.

"O'zbekraqs" konsert jamoasining Xalq cholg'ulari orkestri raxbari va dirijyori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Mustafo Vafoyev avvaliga g'ijjak sozida tahsil olgan. Shular qatori barcha musiqiy oliygohlar, o'rta maxsus san'at kollejlari va musiqa san'ati maktablari orkestr dirijyorlari ham avaliga biron bir sozda tahsil olishgan va uni mukammal egallash dirijyorlik kasbiga ilk bosqich vazifasini o'taydi. Dirijyor bo'lishi uchun ham albatta iste'd$, yuksak qobilyat bo'lishi kerak. Shudnagina inson professional dirijyor bo'la oladi. Har bir ijrochi sozanda dirijyorlik kasbidan albatta xabardor bo'lishi juda zarur. Shunda u dirijyorning har bir qo'l harakatini tushuna oladi va ijro ham aniq bo'ladi.

Musiqiy ritmni xis qilish elementar musiqiy qobiliyat bo‘lib, agar u mavjud bo‘lmasa, kasbiy musiqiy ta’lim olish mumkin emas.Elementar qobiliyat cholg‘u –ijrochilik mutaxassisliklari bo‘yicha kirish sinovlarida mu’lum bo‘ladi; shu vaqtning o‘zida kiruvchi yaxshi eshiish qobiliyati, ritm, temp barqarorligi sezgisi, shuningdek xotirasida mustaxkam saqlab qolish qobiliyati mavjudlt\igini namoyon qilishi kerak. Professonal- musiqachiga zarur bo‘lgan sifatlardan hech bo‘lmaganda bittasining tushib qolishi uning bu kasbga yaroqliligini shubha ostiga olishi mumkin.



Musiqiy ritmni anglash va o‘zida namoyon qilishda rivojlangan qobiliyati mavjud bo‘lmagan yoshlar, o‘zlarini professonal musiqiy faoliyatga undan ham burun dirijyorlik faoliyatiga bag‘ishlamasliklari darkor.
Download 94.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling