O’rnatilgan tizimlarda qurilmalar drayveri
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63f6fd271c905 9. Ilm-fan va ta\'limning rivojlanish istiqbollari 18-son 21-TA-202-210
2. O’rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish
Muhandislik sistemalari nuqtayi nazaridan o’rnatilgan tizimlar arxitekturasi loyihasini tuzishda bir necha modeli mavjud bo’lib, bu modellarga o’rnatilgan tizim loyihasi siklini ifodalashda murojat etiladi. Bu modellarning ko’pchilik qismi quyida keltirilgan rivojlantirish modellari kombinatsiyasiga asoslangan: Big-bang modeli, bu modelning muhimlik jihati shundaki, bunda rejalashtirish va jarayonni oldindan va sistema rivojlanish davrida amalgam oshirish shart emas. Sode - and-fix modeli, bu modelda mahsulot resurslari ko’rsatib o’tiladi, ammo rivojlanish boshlanguncha rasmiy jarayonlarda ko’rsatilishi shart emas. Waterfall modeli, bunda rivojlanishning bosqichma-bosqich amalgam oshishjarayoni ko’rsatilib, natijalar keyingi bosqichlarga zamin yaratadi. Spiral modeli, bu modelda rivojlanish jarayoni turli bosqichda amalgam oshiriladi va erishilgan fikr-mulohazalar jarayon mobaynida birlashtiriladi. Kuyidagi 1.1-rasmdagi model O’rnatilgan Tizimlar Loyihasi va Lifestyle Model Rivojlantirish modeli hisoblanadi. Bu model Waterfall va Spiral modellari kombinatsiyasiga asoslangan.Qachonki "Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings 24 September 2021 www.openscience.uz 232 muvaffaqiyatli proektlarinvestitsiyalashtirilganda va analiz qilinganda, yillar davomida ishga oid detal, ma’lumotlar yig’iladi va yaroqsiz yoki texnik yoki resurs jihatdan muammoli proektlar ajratiladi. Xulosa qilish mumkinki, muvaffaqiyatli proektlarda kamida bitta yaroqsiz proektlarda uchramaydigan umumiy faktor mavjud bo’ladi. 3. O’rnatilgan tizimlarni sinflanishi Uzoq masofada joylashgan boshqariladigan ob’ektlarni boshqarish uchun mo’ljallangan xisoblash tizimlar sinflari axborot-boshqaruvchi tizimlar (ABT) deb nomlanardi. Kompyuter tarmoqlari paydo bo’lishi bilan tarmoq yoki taqsimlangan ABTlarni qurish imkoniyati vujudga keldi.Integral mikrosxemalar va mikroprotsessorlar paydo bo’lishi ABTni boshqariladigan ob’ektlarga yaqinlashtirish yoki unga EXMni o’rnatish imkonini berdi. Shunday qilib birinchi o’rnatilgan tizimlari (Embedded System) paydo bo’ldi. Bora-bora element bazasi arzonlanishi va uni integrallanishi darajasi ko’tarilishi va xisoblash qurilmalarini ishonchliligi oshishi bilan EXMni boshqariladigan ob’ektni turli joylariga o’rnatish va barcha xisoblash tugunlarini umumiy nazorat tarmoqiga birlashtirilish imkonlari vujudga keldi. Rivojlanish protsessida elementlar kichiklashishi va boshqariladigan ob’ektlar bilan birlashishi bilan kiberfizik nomini olgan (CPS, Cyber Physical System) tizimlari paydo bo’ldilar. Boshqariladigan ob’ektlariga xisoblash tizimi kiritilish darajasiga ko’ra quyidagi tizimlarni ajratish mumkin: Axborot-boshqaruvchi tizimlar (ABT). Taqsimlanganaxborot-boshqaruvchi tizimlar (TABT). O’rnatilgan tizimlar (Embedded System, ES). Tarmoqli o’rnatilgan tizimlar (Networked Embedded System, NES). Kiber fizik tizimlari (Cyber Physical System, CPS). Texnika rivojlanishiga ko’ra boshqaruvchi kompyuter tizimlarini sinflarini belgilash evolyutsiyasi amalga oshrilildi: axborot-boshqaruvchidan o’rnatilgan tizimlarga, o’rnatilgandan tarmoqli o’rnatilganga, tarmoqli o’rnatilgandan kiberfizik tizimlariga. Zamonaviy kiberfizik tizimlari juda yaqindan boshqariladigan ob’ektlari bilan integrallashtirilgan. Kiberfizik tizim(CyberPhysicalSystem, (CPS)- nazorat va boshqarish ob’ekti bilan bir vazifani bajaruvchi o’zaro munosabatlari fizik vositalariga ega (elektrik, ximik, optik, mexanik, biologik va x.k.) maxsus xisoblovchi tizim.Kiberfizik tizimni xisoblash platformasi asosida xarqanday kompьyuter qurilmasi qo’llanilishi mumkin. O’rnatilgan tizimlar (Embedded System, ES) tushunchasini ko’pgina aniqlanishi mavjud: O’rnatilgan xisoblash tizimlari (O’XT) - nazorat va boshqarish ob’ekti bilan bir vazifani bajaruvchi va u bilan umumiy konstruktsiyali maxsus (zakazlangan) "Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings 24 September 2021 www.openscience.uz 233 xisoblash tizimlari(XT). O’rnatilgan xisoblash tizimlari -ma’lum bir funktsiyalar yig’indisini bajaruvchi maxsus axborot-boshqaruvchi tizimlar (ABT). O’rnatilgan xisoblash tizimlari-asosiy funktsiyasi kompyuter funktsiyasi bo’lmagan ammo kompyuterni element sifatida qo’llovchi xarqanday tizim. Masalan: DVD-proigrivatel, svetoforli ob’ekt, bankomat va x.k. Kichik kompyuterli (laptop) yoki katta universal kompyuterli (mainframe computer) ammo personal kompyuter bo’lmagan xisoblash tizimni xam o’rnatilgan tizim deb xisoblash mumkin. O’rnatilgan xisoblash tizimi-umumiy qo’llaniladigan kompyuter bo’lmagan dasturlanovchi kompyuterni o’z ichiga ko’shuvchi qurilma. O’rnatilgan xisoblash tizimlari -stol kompyuteri bo’lmagan xarqanday amaliy xisoblash tizimi. O’rnatilgan tizim -boshqariladigan qurilmaga xisoblash elementi to’liq o’rnatiladigan maxsus tizim. Universal kompьyuterga ko’ra, o’rnatilgan tizim konkret talabli bir yoki bir necha oldindan belgilangan masalalarni bajaradi. O’rnatilgan xisoblash tizimlari quyidagicha tasniflanadi: qo’llanish/tayinlanish doirasi bo’yicha; axborot va boshqarish funktsiyalarini turli o’zaro munosabatlari bo’yicha (tizim axborot yig’uvchi yoki avtomatik boshqaruvchi); 4. O’rnatilgan tizimlarni boshqarish dasturiy ta’minotini SN ATMega128A platasida sozlash Kompyuter tarmoqlarining rivojlanishi taqsimlangan axborot boshqaruv tizimlarinini rivojlanishiga sabab bo’ldi. Integral mikrosxemalarining rivojlanishi boshqaruv obyektlarining mikroprotsessorlarini (MP) ish jarayonini o’zgarishiga sabab bo’ldi. Yangi texnologiyalar kiritish sharoitida mutaxassislar oldida texnologiya jarayonlarini o’rnatish tarkibiy qismlarining qo’llanilishi, zamonaviy texnologiyalar asosida tarmoq yaratish kabi masalalar tadqiqoti dolzarblashdi. Xususan, mikrokontrollerlar asosida dasturiy boshqariladigan qurilmalarni yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Buning uchun qurilmalarga dastur yaratish jarayonini amalga oshirish zarur bo’ladi. Foydalanilayotgan platada asosiy modulli mikrokontroller ATmega128 bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari, platada turli periferiya qurilmalari, kuchlanish stabilizatori va yordamchi qurilmalar mavjud. "Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings 24 September 2021 www.openscience.uz 234 4.1-rasm SN ATMega128A platasining umumiy ko’rinishi Kontroller modul platasi to’g’irlagich va kuchlanish stabilizatori bilan jihozlangan. Kirish kuchlanishi 6-15 V. Plata manbaga ulanishi bilan mos svetodiodlar yonadi. Mikrokontrollerni ISP va JTAG interfeysi orqali dasturlash mumkin. MK chiqishlari multipleksorga ulangan bo’lib, uning vazifasi mikrokontrollerning chiqishlarini kerakli funksiyalar uchun ulashga kerak bo’ladi. Mikrokontroller ATmega128 ikkita ketma-ket interfeys bilan jihozlangan bo’lib, signallari RS-232 pog’onasiga MAX232 o’zgartirgich bilan o’zgartirilgan. Plataga qo’shimcha xotira - 4 Mb Atmel AT45DB041B Flash-xotira o’rnatilgan. Xotira mikrokontroller bilan SPI interfeys orqali ulangan va uni ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Qurilma modullarini boshqarish uchun mikrokontroller kiritish chiqarish portalirini moslashtirish kerak bo’ladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling