O’rnini qoplash tartibi va usullari, qonunchilikni takomillashtirish muammolari mustafayev Baxtiyor Ulashevich


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/22
Sana24.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1226853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
fuqaroning-hayoti-va-sog-ligiga-yetkazilgan-zarar-o-rnini-qoplash-tartibi-va-usullari-qonunchilikni-takomillashtirish-muammolari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
185 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
Fuqarolarimizning hayotini va sog‘lig‘ini asrash, insonning ajralmas huquqi 
bo‘lgan yashash hamda sog‘lom bo‘lish huquqini ta’minlashda yuqoridagi qonun 
normalari hamda Fuqarolik kodeksi muhim rol o‘ynaydi. Buni jamiyatimizda yuz 
berayotgan ko‘plab holatlar misolida ham kuzatish mumkin. 
Jumladan, BUGUN.UZ saytida 2022 yil 17 fevralda O‘zbekistonda 2021 yilda 
yo‘l transport hodisalari oqibatida halok bo‘lgan fuqarolar soni haqida ma’lumot 
keltirilgan bo‘lib, unda 
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati YTHlar bo‘yicha taqdim 
etgan yillik statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021 yil davomida sodir etilgan yo‘l-
transport hodisalari oqibatida 2426 kishi halok bo‘lgan.
2
Gazeta.uz saytida 2021 yil 4 fevralda e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra: Davlat 
mehnat inspeksiyasi 2020 yilda ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar 607 
tani tashkil etganini, bu esa 2019 yilga nisbatan 107 taga ko‘pligini ma’lum qilgan. 
Oqibatda 693 nafar xodim jabrlangan, shundan 201 nafari halok bo‘lgan.
2020 yil davomida respublikada ushbu ko‘rsatgich 607 tani (107 taga ko‘paygan) 
tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar 500 ta 
bo‘lgan. 
Baxtsiz hodisalar oqibatida 693 nafar xodim jabrlangan. Shundan 201 nafar 
xodim halok bo‘lgan, 457 nafari og‘ir va 35 nafari yengil tan jarohati olgan.
3
Statistik raqamlardan ham ko‘rinib turibdiki insonlar hayoti va sog‘lig‘iga zarar 
yetkazish bilan bog‘liq turli xil hodisalar yildan-yilga faqat ko‘payib kelmoqda.
Bu esa o‘z navbatida huquqi buzilgan shaxslarning huquqlarini tiklash hamda 
yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash borasidagi murojaatlarining oshib borishiga ham 
sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi sudlariga fuqaroviy munosabatda fuqaroning 
sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, hayoti, sog‘lig‘iga, mol-mulkiga yetkazilgan zararni 
qoplash bilan bog‘liq kelib tushgan ishlarni tahlil qilganimizda: 2019 yilda 269 ish 
ko‘rib tamomlangan bo‘lib shundan 183 tasi qanoatlantirilgan. 2020 yilda 671 ta ish 
ko‘rib tamomlangan bo‘lib shundan 459 tasi qanoatlantirilgan. Majburiyat huquqiy 
munosabat hisoblangan fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar va uning 
kelib chiqish sabablari, sub’ektlari, jabrlanuvchi va zarar yetkazuvchining huquqiy 
holatlari, zararni qoplashning maqsadi alohida o‘ziga xoslikka ega. 
2
Ўзбекистонда 2021 йилда йўлтранспорт ҳодисалари оқибатида неча киши ҳалок бўлгани маълум қилинди. 
17.02.2022 й. https://bugun.uz/2022/02/17/ozbekistonda-2021-yilda-yol-transport-hodisalari-oqibatida-necha-kishi-
halok-bolgani-malum-qilindi/ 
3
2020 йилда ишлаб чиқаришдаги бахтсиз ҳодисалар сони ошди 04.02.2021 й. 
https://www.gazeta.uz/uz/2021/02/04/incident/ 



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling