O’rnini qoplash tartibi va usullari, qonunchilikni takomillashtirish muammolari mustafayev Baxtiyor Ulashevich


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana24.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1226853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
fuqaroning-hayoti-va-sog-ligiga-yetkazilgan-zarar-o-rnini-qoplash-tartibi-va-usullari-qonunchilikni-takomillashtirish-muammolari

ADABIYOTLAR TAHLILI 
Ushbu sohada mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, birinchi 
navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga alohida ahamiyat qaratish kerak. 
Chunki mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi o‘zida barcha 
umuminsoniy prinsiplarni jamlagani holda to‘liq demokratiya tamoyillari va 
asoslariga hamda halqimizning tarixi va mentalitetiga asosanlangan holda ishlab 
chiqilgan hujjatdir. Zero, hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash bilan 
1
БМТ “Инсон ҳуқуқлари Умумжаҳон декларацияси” 10.12.1948., Ўзбекистон Республикаси томонидан 
30.09.1991 йилда ратификация қилинган. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
182 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
bog‘liq munosabatlar sohasida vujudga kelgan fuqarolarning huquqlarini amalga 
oshirishning kafolati bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim rol 
o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida 
“d
avlat 
fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va 
erkinliklarini ta’minlaydi” deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, shu jumladan, yashash 
huquqi har bir insonning uzviy huquqi hamda inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir 
jinoyat ekanligi haqidagi qoida qat’iy belgilab qo‘yildi 
Fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan 
bog‘liq qoidalar yuqoridagi tamoyillardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. 
Jumladan, ushbu munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-
bobi 985-1022-moddalari bilan tartibga solinadi. Kodeksning ushbu bobida zarar 
yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha umumiy qoidalar, fuqaroning 
hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq qoidalar, 
tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini 
qoplash, ma’naviy zararni qoplash bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar tartibga 
solingan. 
Qonunchilik normalarini qo‘llash borasida qonunosti hujjati sifatida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.02.2005 yildagi “Xodimlarga 
ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb 
kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli 
yetkazilgan zararni to‘lash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 60-sonli qarori bo‘lib, 
unga ko‘ra xodimlarning hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zararni rasmiylashtirish 
tartibi, zararni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi va usullarining mexanizmlari to‘liq 
belgilab berilgan. Shuningdek

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003 
yil 19 dekabrdagi “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti 
va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud amaliyoti 
haqida”gi 18-sonli qarori bilan sudlarga ushbu boradagi qonunchilik normalarini 
qo‘llash borasida tushuntirishlar berilgan. Huquq normalarini takomillashtirib borish 
zaruratini hayotning o‘zi taqozo etadi va ushbu masalalar doimiy tarzda o‘rganilib, 
qonundagi bo‘shliqlar to‘ldirilib boriladi. Ayniqsa, ushbu yo‘nalishda huquqshunos 
olimlarning ilmiy izlanishlari muhim rol o‘ynaydi

Aytish joizki, bu borada 
mamlakatimizning yetuk huquqshunos olimlari tomonidan hayot va sog‘liqqa 
yetkazilgan zarar va uni qoplash borasidagi qonunchilik normalarining qo‘llanilishi 
bilan bog‘liq muammolar o‘rganilib, ularni takomillashtirishga qaratilgan bir qancha 
ilmiy izlanishlar olib borilgan. O.Oqyulovning “Fuqarolik huquqi” darsligi 1-qismi, 



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling