Orol dengizi va orolbo’yi hududining ekologik muammolari hamda ularning oldini olish darsning maqsadi


Orol dengizi havzasining ekologik tiklanishida fotoelektr quyosh energiyasidan foydalaniladi


Download 1.88 Mb.
bet2/3
Sana04.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1746520
1   2   3
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot

Orol dengizi havzasining ekologik tiklanishida fotoelektr quyosh energiyasidan foydalaniladi
Joriy yilning 31 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi taklifi bilan Xitoy Fanlar akademiyasi huzuridagi Sinszyan ekologiya va geografiya institutining bir guruh olimlari Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi. Uchrashuv doirasida qiymati 500 ming AQSH dollari bo‘lgan “Orol dengizi havzasining ekologik tiklanishida fotoelektr quyosh energiyasini foydalanish tajribasini qo‘llash va namoyish etish” innovatsion loyihasini hamkorlikda amalga oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi va Sinszyan ekologiya va geografiya instituti o‘rtasida kelishuv imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi va loyihaga start berildi. Loyihani tegishli xorijiy va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda 2023-2025 yillarda amalga oshirish nazarda tutilgan.
Loyiha shunisi bilan ahamiyatliki, loyiha Orolbo‘yi aholi punktlariga kuchli sho‘rlangan yerlarda "fotoelektrik + ekologik" sanoatni rivojlantirish tajribasini tarqatishga, kichik o‘lchamdagi taqsimlangan fotoelektrik elektr stansiyalarini qurishga, ushbu quyosh panellari tagida galofit va cho‘lga-sho‘rga chidamli o‘simliklarni o‘stirish va qo‘llab-quvvatlovchi energiya saqlash inshootlari o‘rnatilib, va shu orqali aholi yashash sharoitlarini yaxshilash bilan birga yashil rivojlanishga xizmat qiladi.

Orol muammosi haqida


Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi. Ma’lumot uchun, Orol dengizi qurishi oqibatida ikkita suv havzasiga – Shimoliy va Janubiy Orolga ajralgan. Shimoliy Orol – Qozog‘iston hududida joylashgan.




Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling