Orol dengizining qurishi va Orol bo’yi ekotizmlarining inqirozi


O‘zbekiston: yo‘qolgan sohil


Download 318.49 Kb.
bet8/9
Sana13.01.2023
Hajmi318.49 Kb.
#1090438
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Orol dengizining qurishi va Orol bo’yi ekotizmlarining inqirozi

O‘zbekiston: yo‘qolgan sohil
Har kuni o‘lik sahroga tikilib, dengizni kutayotgan odam faqat Xo‘jaboy-ota emas.
Tara Fittsjerald O‘zbekiston tarafidagi Mo‘ynoq shaharchasiga borganida, qum yutayozgan eski bandargoh xarobalari ichidan uzoqdagi zanglagan kemalarga tikilib o‘tirgan boshqa bir otaxonni uchratgan. Otaxon bir paytlar baliqchi bo‘lgan.
O‘zbekistonlik bu otaxonning bolalari bir burda non topish uchun ish izlab, boshqa yurtlarga ketishgan, kampiri esa yaqinda qazo qilibdi. Bir paytlar dengiz sohilida joylashgan ona shahri ham bugun, ta‘bir joiz bo‘lsa, "chalajon".
Otaxonning ko‘zlari shimolga, kamida 400 chaqirimga cho‘zilib ketgan, sanoqsiz kema qoldiqlari sochilib yotgan sahroga qadalgan.
"Men undan nega bunchalik sahrodan ko‘zingizni uzmaysiz, deb so‘radim" - eslaydi Tara - "Shunda otaxon men tarafga o‘girildi-da, qizim, balki astoydil tikilsam, dengiz qaytarmikan, deb aytdi".
Ammo Mo‘ynoq shahriga endi dengiz qaytmaydi. Agar biron sehrli mo‘‘jiza yuz bermasa, O‘zbekistonda endi dengiz bo‘lmaydi.
"Ko‘korol to‘g‘oni Kichik Orolni qaytarishga yordam bermoqda" - deydi Tara Fittsjerald - "Lekin bu to‘g‘on aksar qismi O‘zbekistonda joylashgan Katta Orolga o‘qilgan o‘lim hukmi ham bo‘ldi. Men gaplashgan o‘zbeklar g‘azabnok edilar. Ularning nazarida, bu to‘g‘on shimoldan keladigan yagona manba - Sirdaryo suvini to‘sib, Katta Orolga o‘tkazmay qo‘ygan va shu bois Katta Orolning sharqiy qismi butkul qurib bitgan".
Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, mintaqaning eng sersuv daryosi bo‘lmish Amudaryo O‘zbekiston tarafidan hozir Orolgacha yetib bormayapti. Daryo suvi yo‘lda taqsimlanib, paxta, sholi va boshqa ekinlar sug‘orilmoqda.
Suvning bu taxlit ishlatilishini bir tomondan qoralash ham qiyin. Chunki millionlab insonlar hayoti xuddi ana shu daryo suvlariga bog‘liq.
"Agar biz Orol dengizini qutqarmoqchi bo‘lsak, unda butun mintaqa sug‘orma dehqonchilikdan butkul voz kechishi kerak" - deydi Orolni Qutqarish Xalqaro Jamg‘armasi rahbari Medad Ospanov - "Lekin bu imkonsiz-ku!"
Xolis qaralsa, fojeaning og‘ir yuki O‘zbekiston chekiga tushdi: Katta Orol, mintaqadagi eng ko‘p aholi, Sho‘ro saltanati yaratib ketgan ulkan paxta sanoati... Shunga qaramay, ayrim xalqaro mutaxassislar O‘zbekiston hukumati ataydan Orolni qutqarish yo‘lida jiddiy harakat qilmadi, deyishadi.
Tanqidchilarga ko‘ra, bosh sabab - qurigan dengiz tubidan topilgan yer osti boyliklari.
U yerda hozir Rossiya va Koreya shirkatlari ish olib borishayotgani aytiladi.
Lekin o‘zbek va qozoq mutaxassislari fikricha, Sho‘ro Ittifoqi ham, xalqaro hamjamiyat ham Orol fojeasiga o‘z vaqtida yetarli e‘tibor qaratmagan. O‘zbekiston hozir dengizni qutqarish emas, balki u yerda yashayotgan insonlarni, mavjud ekotizimni asrab qolish ishlariga ahamiyat qaratmoqda.
Ekologik fojea oqibatlarini yumshatishning bir yo‘li - dengiz tubida paydo bo‘lgan ulkan sahroda saksovul ekish. Bu daraxt zaharli chang-tuzlarni tutib qolib, odamlarni turli kasalliklardan himoya qilishda yordam berishi mumkin. Ammo ekilgan saksovul ko‘chatlarining aksarisi qurib qolmoqda.
Shuningdek, sahro o‘rtasida qolgan sobiq baliqchilik jamoalarini jonlantirish uchun baliqchilik xo‘jaliklari barpo etish ko‘zda tutiladi.
Orol fojeasining O‘zbekiston tomonidagi oqibatlari aslida ulkan. O‘zbekistonda dengizni qutqarish u yoqda tursin, bor-yo‘g‘i odamlar hayotini biroz izga solish va ekotizimni yaxshilash uchungina bir necha milliard dollar mablag‘ kerak.
1980-yillarga kelib, Sho‘rolar Orol dengizi fojeasini yashira olmay qolishadi. Ayni damda, ular Orolbo‘yi xalqlarini boshqa yerlarga ko‘chirishni ham o‘ylashgan.
To‘g‘ri, bir necha ming oila o‘zga mintaqa va yurtlarda vatan tutdi. Biroq ko‘pchilik zaharlarga to‘yingan, ammo o‘z ajdodlari qo‘yilgan tuproqni tashlab ketmadi.
Bugun Qozog‘iston tarafidagi bir necha ming kishi yana dengiz qaytishini kutmoqda. Lekin qaytayotgan bu dengiz, ta‘bir joiz bo‘lsa, juda kichik dengiz. U - asil dengizning kichikkina qismi, xolos.
Orol dengizining 90% qismi esa endi yo‘q.
Orol dengizining o‘limi - odamzod paydo bo‘lganidan beri Yer sayyorasida sodir bo‘lgan eng ulkan ekologik fojealardan biri.
Bu fojeani esa biz insonlar o‘z qo‘limiz bilan yaratdik.

Orol fojiasi


Orol dengizi va Orol boʻyi hududi maʼmuriy jihatdan Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston) va Qozogʻiston hududida joylashgan. Orol dengizining yarmidan koʻproq qismi Oʻzbekiston hududiga qarashli. Orolboʻyi Amudaryo va Sirdaryoning quyi qismi hamda Orol dengizi atrofidagi hududlarni, shuningdek, dengiz sathining kasayishi natijasida uning shimoli-sharqiy va janubiy qismida vujudga kelgan Orol choʻlini oʻz ichiga oladi.
Orol dengizi Oʻrta Osiyoda va butun dunyodagi eng yirik shoʻr koʻllardan biri hisoblanadi. Yaqin oʻtmishda uning maydoni orollar bilan birga deyarli 68,0 ming kv km ni, suvining hajmi 1000 kub km ni tashkil etgan. Oʻrtacha chuqurligi 50,5 m atrofida boʻlgan Havzasining kattaligi (690 ming kv km) jihatdan Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqorikoʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin toʻrtinchi oʻrinda turgan. Orol dengizida 300 dan ortiq orollar boʻlib, ulardan eng kattasi Koʻkorol, Vozrojdenie, Borsakelmas boʻlgan. Orol dengiziga 20-asrning 60-yillarigacha Amudaryodan 38,6 kub km, Sirdaryodan 14,5 kub km, suv kelib turgan. Dengiz akvatoriyasiga yiligi 82–170 mm yogʻin yogʻadi. Dengizga 5,5 kub km erosti suvlari ham qoʻshilib turgan. Suvning shoʻrligi 10-11 % boʻlib, suv tarkibida tuzlar miqdori 11 mlrd tonna ga yaqin deb baholangan. Dengizda kemalar qatnovi mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoq kabi yirik portlari boʻlgan. Orol dengizi atrofidagi aholi, asosan, baliqchilik, qisman chorvachilik, moʻynachilik (ondatra), sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bir qancha orollarda baliq ovlash xoʻjaliklari, baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan. Baliq ovlash oʻtgan asrning 90-yillarigacha davom etgan.
Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda dengiz suvi koʻtarilib, baʼzan Sariqamish va Oʻzboy oʻzanlari orqali Kasbiy dengiziga quyilgan.
Orol dеngizi cho`l zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m3 suv bug`lanadi. Bu esa dеngizga quyiluvchi daryolar, yog`in va еr osti suvlari miqdoridan ortiqdir. Buning ustiga sug`oriladigan maydonlar satxi kеskin ortganligi tufayli Orolning nasibasi qirqildi.
Hozirgi kunda dеngizning 2906 kvadrat km maydoni qurib bitdi.
Ahvol shu tarzda kеtar ekan, 2010 yilga borib Orol dunyodagi ikkinchi o`lik dеngizga aylanadi. Tabiatning qonuniy tarziga nisbatan xo`jasizlarcha, shafqatsizlarcha, faqat olishni ko`zlab qilingan munosabat o`zining qasoskor salbiy natijasini bеrdi. Kimyo­viy dorilardan ko`r-ko`rona foydalanish sababli drеnaj suvlari zaharlandi. Daryodan sug`orish uchun olinayotgan butun suv hajmining yarmi kеraksiz chiqindiga aylanib kеtayotgani sababli bir qator zaharli ko`lchalar yuzaga kеldi. Endilikda Amudaryo va Sirdaryodan kеlayotgan suvning miqdori kamaygan sari dеngiz qirg`og`idan uzoqlashib bormoqda, to`lqinlar so`nmoqda, sohillari qumloq va sho`rxoqqa aylanmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda u dеyarli dеngizga еtib kеlmayapti. Masalan, 1989 yili dеn­gizga umuman suv tushmagan. Orol sathi 14,5 mеtrga pasayib kеtgan. Undagi umumiy suv hajmi 400 km3 ni tashkil etib, maydoni 36 ming km2 ni egallab turibdi. Bir litr suvdagi tuz miqdori 33 grammgacha еtgan. Baliqchilik va suv transporti o`z ahamiyatini butunlay yo`qotib bo`ldi.
O`zbеkistonning Orol dеngizi atrofidagi viloyatlarda, shuningdеk Qoraqalpog`iston rеspublikasi, Turkmaniston va Qozog`istonning qator viloyatlarida (4 millionga yaqin aholi yashaydigan), sathi 900 ming kv km ni tashkil qiladigan mintaqada ekologik jihatidan nochor maydon mavjud.
Orol atrofida kuzatilayotgan ekologik holat shu maydonda yashovchi aholiga hamda qishloq ho`jalik mahsulotlariga o`zinnng salbiy ta'sirini ko`rsatmoqda.
Orol bo`yi ob-havosida jiddiy o`zgarish yuz bеrgan, qish sovuqligi yana 1,5—2,5 darajaga, yoz jaziramasi ham o`rtacha mе'yordan shuncha darajaga oshdi. Vеgеtatsiya davri 10—15 kunga qisqarib kеtdi. Har yili suvi qurigan joylardan 75—100 million tonna zaharli tuz kristallari 300—500 kilomеtrgacha еrga tarqalmoqda. Dеngiz qurishi bilan bog`liq, bu raqamlar kеlajakda yanada dahshatli tus olishi mumkin.
Orolni asrash qo`mitasining raisi P.Shеrmuxamеdovning bеrgan ma'lumotlariga ko`ra, 1913 yilda chor Rossiyasi davrida Amudaryo va Sirdaryo suv rеsurslaridan foydalanib, butun Turkiston o`lkasi bo`yicha 2978 ming gеktar еr sug`orilgan, har bir gеktar еrga o`rtacha 6775 m3 suv sarflangan. 1955 yili esa O`rta Osiyo va Qozog`iston rеspublikasi bo`yicha sug`oriladigan еrlar 7255 ming gеktarga еtkazilib bir gеktar еrga ishlatiladigan suv miqdori 5550 m3 ni tashkil etgan. Orolga bu paytda 60 emas, 32 kub kilomеtr suv tusha boshladi. 1989 yilda bu hol quyidagi ko`rinishga ega bo`ldi: sug`ori­ladigan еrlar— 8 million gеktar, bir gеktar еrga o`rtacha suv sarflash miqdori — 12500 m3. Dеngizga suv kеlishi butunlay to`xtadi. Bundan tashqari, suv ho`jaligi vazirligining nojo`ya harakatlaridan yana biri kollеk­tor-drеnaj suvlaridan 10 km3 ni Sirdaryoga va 8 km3 ni Amudaryoga oqizishi bo`ldi. Bu suvlar tarkibida zaharli kimyoviy moddalar (pеstitsidlar va boshqalar) bor. Uni Orol bo`yi aholisi istе'mol qilyapti. Bu 4 milliondan ortiq еrli aholi uchun yagona ichimlik suv manbai. Hozirgi kunda oshqozon raki, tif, gеpatit bilan kasallanish o`n baravar ko`payib kеtgan.
Hozirgi kunda Orol dеngizining falokati va uning atrofidagi ekologik vaziyat butun dunyo muhitiga ta'siri jihatidan jahon miqyosidagi dolzarb masalalar qatorida o`rganilayapti. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkilotida ikki yil davomida Orol bo`yi ahvolini o`rganib chiqib, zarur choralar ko`rish haqida qaror qabul qilindi.
Orol dеngizini falokatdan qutqarish va dеngiz atrofidagi ekologik muvozanatni yaxshilash maqsadida jahon miqyosida «Orol yo`nalishi» dеb nomlangan tashkilot tuzish tavsiya qilindi. Bu tashkilotning oldingi maqsadlaridan biri u еrdagi vaziyat bilan tanishish va olingan ma'lumotlar bo`yicha shu masalaga qiziqqan jahon miqyosidagi tashkilotlar bilan o`rtoqlashish.
Orol dеngizi va uning atrofidagi ekologik vaziyatni tiklash davrida «Orol yo`nalishi» jamiyati shu еrda yashovchilarni gigiеnik talablarga javob bеradigan oziq-ovqat, suv bilan ta'minlash hamda yuqori malakali tibbiy yordam ko`rsatish bilan bog`liq ishlarni amalga oshirilishini ko`zda tutadilar. Inson va atrof-muhit orasidagi ko`z ilg`amas bog`liqlikni chuqur tadqiqotlar asosida puxta o`rganmay va natijalarga amal qilmay turib gigiеnaning ilm-fan sifatida rivojlanishi mumkin emas. Inson va muhit bog`liqligi muammolarini anglab еtishlik bu organizmning tabiiy xolat va o`zgarishlarini ibtidoiy davrida aniqlash, biron-bir xastalik paydo bo`lishidan oldin samarali sog`lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mе­zon ahamiyatiga molik muayyan qoidalar majmuasini yaratish imkonini bеradi. Orol fojeasi va uning oqibatlari
Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan va ilgarilari kattaligi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turgan Orol dengizi, hozirgi kunga kelib oʻzining oldingi koʻlamining 30 foizinigina tashkil etmoqda. Mazkur infografika mintaqadagi mana shunday ekologik oʻzgarishlarning aholi turmush faoliyatiga koʻrsatayotgan salbiy taʻsirini oʻzida aks ettirgan. BMTning Qoʻshma Dasturi Moʻynoq, Shumanay va Taxtakoʻpir kabi Qoraqalpogʻistonning uchta eng himoyalanmagan tumanlarida istiqomat qiluvchi 120 ming nafardan ortiq aholining xavfsizligini taʻminlashga yoʻnaltirilgan. Inson xavfsizligi boʻyicha Konsepsiya samarali boshqaruv tizimi, ekologik vaziyatni yaxshilash, ta’lim va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, hamda atrof-muhitni himoya qilish tizimini yaratishni nazarda tutadi. Bu yondashuv koʻplab tarmoqlar oʻrtasida aloqani yaxshilashga koʻmaklashishi, hamda murakkab va bir vaqtni oʻzida oʻzaro bogʻliq boʻlgan muammolarni bartaraf qilishga koʻmak berishi lozim.

Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni taʼkidlash lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga qaraganda koʻp marta oʻz shaklini oʻzgartirganini va qurib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi. O DYeN Orol dengizi muammosi xam diqqatga sazovordir.Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa quriy boshladi. Xozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib qolgan. Dengiz xozirda „oʻlik dengiz“ deb xisoblanmoqda. Tirik organizm dengizda deyarli yoʻq. Dengizning qurigan soxillaridagi toʻplanib qolgan yerdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiradi.Oʻsha yerdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda.Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qaygʻurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablagʻlari ajratilgani bilan oʻsha mablagʻ dengizga xarajat qilinishini xech kim oʻz nazoratiga olmayapti. BUndan kelib chiqadiki mablagʻlar oʻsha erga „yetmayapti“. Buni qisqa qilib shunday taʼriflash mumkinki, O’rta Osiyo mamlakatlarida qurgʻoqchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlari „pichoq suyakka qadalganida“ anglab yetishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan soʻng bu muammoni yechish yoʻllari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu xoʻjalik ehtiyojlariga ishlatilishi yaʼni paxta, bugʻdoy sugʻorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam yetib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlagan





Orol dengizi sathi 1960-yillardan boshlab kundan-kunga pasayib bormoqda. Foto: eco-turizm.net

Orol dengizi qachon qurishdan to‘xtaydi?


Orol dengizi O‘rta Osiyoda joylashgan yopiq suv havzasi. Shimoldan Qozog‘iston, janubdan Qoraqalpog‘iston yerlari bilan o‘ralgan.
1960-yillargacha maydoni 68 000 kv km bo‘lib, dunyoda kattaligi bo‘yicha Kaspiy dengizi, Yuqoriko‘l (Lake Superior, AQSh) va Viktoriya (Lake Victoria, Afrika)dan keyin to‘rtinchi ko‘l bo‘lgan.
Orol dengizida 300 dan ortiq orollar bo‘lib, ulardan eng kattasi Koʻkorol, Vozrojdeniye, Borsakelmas bo‘lgan.
Orol dengizi sathi 1960-yillardan boshlab kundan-kunga pasayib bormoqda. Hozirgi kunda uning sathi yiliga 80 – 110 smga kamaymoqda.
Natijada Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashib, ichish uchun yaroqsiz holga keldi. Ekologik tizim, o‘simlik va hayvonot dunyosi katta zarar ko‘rdi.
Orol muammosi sababi nimada?
Orol dengizining qurishiga asosan quyidagi ikki sabab keltiriladi:


  1. Download 318.49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling