Orol fojeasi. Farg’ona fojeasi reja


Farg’ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi?


Download 103 Kb.
bet7/7
Sana05.01.2022
Hajmi103 Kb.
#208413
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Orol fojeasi. Farg'ona fojeasi

Farg’ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi?

O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil 23 iyunda bo’lgan XIV Plenumida Farg’ona fojiasi bilan bog’liq masalalarni o’rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O’zbekiston kompartiyasi MQning 1989 yil 29 iyulda bo’lgan XV Plenumi tomonidan ma’qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi. 

Farg’ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo’ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o’z vaqtida anglab etmadilar,  millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstrimistlarga, poraga sotilganlarga o’z vaqtida zarba berolmadilar. 

Farg’ona viloyatida o’n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo’jalik strukturasi buzilgan, tarmoqlar xomashyo etishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta’minlash tadbirlari ko’rilmasdi. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish ishlari buzilgan, poraxo’rlik, xizmat mavqeini suiste’mol qilish avj olgan edi.  Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqachon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko’rgan reja asosida ig’vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.  



Farg’onada sodir bo’lgan siyosiy ig’vogarlik Tbilisi, Tog’li Qorabog’, Bokuda tashkil etilgan ig’vogarliklardan biri edi. Keyinchalik 1990 yil fevral-mart oylarida Bo’ka va Parkent, 1990 yil iyunda O’sh va O’zganda ham shunday urinishlar bo’ldi. Yovuz kuchlar o’z maqsadiga erisha olmadilar. O’zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.  
Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling