Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
– “Parim bo‘lsa...” hikoyasi “Puankare”
kabi katta muvaffaqiyatlarga erishgan hikoya sanaladi. Mana shu hikoyaning yozilish tarixi, umuman, hikoya haqida gapirib bersangiz. – “Parim bo‘lsa...”ning bosh g‘oyasi, agar yet kazib berolgan bo‘lsam, muhabbat va yana muhabbat. Insonni shoh qiladigan, qul qiladigan muhabbat haqida. Abadiy va hamisha yangi mavzu. Har bitta qalb muhabbatni yangilaydi, axir. Oddiy fermer qalbida paydo bo‘lgan otashin muhabbat. Ba’zilar unga achindi, lekin, bunday o‘ylab qarasak, qahramonim dunyoga kelib, asl muhabbat nimaligini bildi-ku! Shunday, hissiyot- Shubhasiz, asar qimmati hajmda emas, aytiladigan gapda. Qahramonlaring hayotini ochib berish orqali ko‘ngildagi gaplarni o‘quvchiga yetkazib bersang. “ www.ziyouz.com kutubxonasi 8 www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021 lardan g‘ofil banda bo‘lib o‘tib ketishi ham mum- kin edi-ku! Lekin Xudo unga nazar soldi, tabiat unga nazar soldi. U yashay boshladi! Nihoyat, o‘zining kimligini bildi. O‘zligini anglashga o‘tdi. U umuminsoniy san’at bo‘lgan baletni tushuna boshladi! Muhabbatga oshno ko‘ngil beixtiyor san’atga talpindi. San’atga oshno ko‘ngildan yomonlik chiqadimi? Balki qahramonim qisqa yashagandir, lekin u haqiqiy inson bo‘lib yashadi. Gap yillar miqdoridami yoki ularning maz- mun-mohiyatida? E’tibor bergan bo‘lsangiz, baletga muhabbat oxir-oqibat qahramonimning do‘stiga ham o‘tdi. Mana shu emasmi san’atning kuchi! Darvoqe, hazrat Navoiyning mashhur g‘azalini (“Parim bo‘lsa, uchub qochsam ulustin to qanotim bor, Qanotim kuysa uchmoqdin, yugur- sam to hayotim bor...”) o‘ttiz yillar burun yodlab, zavodda shovqin-suronlar orasida baqirib aytib yurardim. O‘shanda ko‘ngilda nimadir tug‘ilgandi. Tan olaylik, hazratning bir misrasi ba’zan bitta roman yozishga arzigulik mushohada, rag‘bat, hayajon beradi... – 2010-yilda “Daryo” romanini yozdingiz. Umuman, roman haqida, romanchilikka qo‘l urishingiz haqida gapirib bersangiz. – Biz Qo‘shrabotdan Sirdaryoga, cho‘lni o‘zlashtirishga ko‘chirma bo‘lgan oilalardan birimiz. Bolaligim Sirdaryo bo‘ylarida o‘tgan. Cho‘ldagi tinimsiz mehnat, qurilishlar, turfa fe’l-atvorli, turli millatga mansub odamlar, hayratangiz voqealar. Har qanday daryo, bilasiz, sirtdan sokin bo‘lib ko‘rinadi, sal quyiroqqa tushsangiz, girdoblarda qolib ketasiz. Hayotimiz ham shunday. Asar yozi- lishidan oldin daryo bo‘yiga bordim, baliq yetishti- ruvchilar, brakonyerlar bilan gurunglashdim. Xullas, aksariyat qismi o‘zim ko‘rgan-bilgan qahramonlar, o‘zimni hayajonlantirgan hodisotlar bo‘lgani uchunmi, asar quyulib kela boshladi. Yoza- verdim, hajm katta bo‘lib ketdi. Shubhasiz, asar qimmati hajmda emas, aytiladigan gapda. Qahra- monlaring hayotini ochib berish orqali ko‘ngildagi gaplarni o‘quvchiga yetkaza olsang. O‘quvchi buni qabul qilsa, his etsa, unga ham yuqsa tuyg‘ularing... Ancha vaqt tashlab qo‘yib, so‘ng o‘qib chiqsam, nazarimda, roman janriga mosdek. Roman asosida ko‘p qismli serial ham yaratildi, tasvirga olish jarayonlarida o‘zim ishtirok etishga harakat qildim. Bundan oldin “Bankir” va “Kasofat raqam- lar” deb atalgan romanlar yozgandim. Birinchisi kitob bo‘lib chiqqan, ikkinchisi yaqinda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etiladiganga o‘xshab turibdi. – Ijodingizni fantastik asarlardan boshla- gansiz. Keyinchalik realizmga o‘tib ketishingizga Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling