Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor


Download 3.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/43
Sana03.11.2023
Hajmi3.67 Mb.
#1743193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

– Abduqayum Yo‘ldosh ijodi ko‘proq nima-
lardan oziqlangan? Ya’niki xalq ijodidanmi yoki 
Sharq va G‘arb adabiyotidanmi?
– Bobomiz baxshi o‘tgan, Qo‘shrabotda 
taniqli Yo‘ldosh baxshi. Tabiiyki, uyimizda 
baxshichilikka, ijodga alohida ehtirom bilan 
qaralardi. Kitoblarga munosabat ham shunga 
yarasha. Buni qarang, qishlog‘imizda uchta 
kutubxona bo‘lardi. Va yana alohida kitob 
do‘koni. Bolaligimdan shu uchala kutubxonaga 
a’zo bo‘ldim, yangi kitob kelibdi deb eshitsak, 
do‘konga chopqillab qolardik.
Xullas, “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish”, “Kun-
tug‘mish”lar qatori o‘zbek va jahon adabiyoti-
ning durdona asarlarini o‘qiy boshladim. Bu bir 
yangi dunyo edi... Menimcha, bolalik va o‘smirlik 
davridagi eng katta baxt – go‘zal asar sahifala-
rini o‘zingdan qizg‘anib qayta-qayta o‘qish bo‘lsa 
kerak... Voqealarni bilasan, asar qanday boshla-
nishini, qanday tugashini bilasan, ammo aqling-
dan baland, tushunchangdan ustun nimadir 
baribir sehrli sahifalar sari seni tortaveradi; bu 
tuyg‘u ko‘zlaringdan uyquni oladi, ko‘nglingdan 
halovatni. O‘qib turib yig‘laysan, yig‘lab turib 
kulasan... Odamga bundan ortiq nima kerak... 
Shunday ilohiy tuyg‘ularni baxshida etgan 
Adabiyotga ixlos ila ta’zim qilmay bo‘ladimi...
www.ziyouz.com kutubxonasi


6
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
Ishqilib, mutolaa asnosida beixtiyor Sharq va 
G‘arb adabiyotini muqoyasa qilish, ularning dilga 
yaqin jihatlarini olishga urinishlar bo‘ldi. Har 
nechuk, tuman gazetasida e’lon qilingan dast-
labki mashqlarimdan biri grek tangrilari haqida 
bo‘lsa, ikkinchisining qahramoni o‘smir oqin 
(baxshi) edi.
– Asarlaringizda o‘zbekning qiyofasi va 
xarakteri qirralarini ifodalashda o‘ziga xos 
uslubga ega ijodkorsiz. Betakror odamlarni qayer-
dan topasiz?
– U-bu narsa yozib yurgan odam uchun 
azaldan hayotning o‘zi tuganmas syujetlar bulog‘i 
bo‘lsa kerak. Ko‘chaga chiqing, odamlarni kuza-
ting, qishloqqa boring, yana kuzating, voqealarni 
muqoyasa qiling, xulosalarga keling va, shaksiz, 
qalbingizni hayajonga soladigan, qo‘lingizga 
qalam tutqazadigan, yozmasangiz tinchingiz 
yo‘qoladigan voqea-hodisa yoinki xarakterga 
duch kelasiz. Gorkiyning qalamkashlar haqida bir 
gapi bor. Bu kasb, bu hunar jonimga ham tegib 
ketdi, chunki qayoqqa borsam, odamlarni kuza-
taman, hatto mayxonada ham tinch o‘tirolmay-
man, mijozlarni kuzatishga majburman deydi 
u. Bu – ijodkorlarning qismati. Ba’zan yurgan 
yo‘lingizda, mutlaqo kutilmaganda, oniy soni-
yada ong-shuuringizga, qalbingizga chaqmoqday 
“yarq” etib bir narsa uriladi. Muhimi, shu oniy 
soniyani tutib qolish. Qolgani keyin bo‘laveradi. 
Yana bir holat. Aksar hollarda biz beixtiyor kuza-
tib yurgan odamning, aslida kimligi, qanaqaligi 
aynan oniy soniyada ma’lum bo‘ladi. Xiyonat 
ham, sotqinlik ham lahzada o‘zini namoyon 
qiladi. Jasurlik ham oniy soniyada paydo bo‘ladi. 
Shu onni ilg‘ab olsak bo‘ldi, atrofimiz to‘la qah-
ramonlarimiz. Zero, hatto tushingizda kirma-
gan voqealarni real hayotda kuzatasiz, ularda 
ishtirok etasiz. Albatta, asarda to‘qima obrazlar, 
voqea-hodisa lar bo‘ladi, ammo uning asosi bari-
bir hayotning o‘zi bo‘lib qolaveradi. Eng qiziq 
tomoni, hattoki voqealari olis fazo puchmoqlar-
ida kechadigan fantastik asarlarning asosida 
ham o‘zimizning zamindagi hayot yotadi, zero, 
adabiyot bu avvalo insonshunoslikdir.
Uslub xususida ortiqcha bilag‘onlik qilib 
o‘tirmay. Faqat kamtarin urinishlarimdan 
kelib chiqadigan bo‘lsam, aytishim mum-
kinki, o‘zimni hayajonga solgan voqeani tezroq 
qog‘ozga tushirib qo‘ymasam bo‘lmaydi. Shun-
day, ko‘ngil buyurganiday yozaveraman.

Download 3.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling