78
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
darvozani tasavvur
qilish qiyin.
“Gapini
kelgan
joyidan davom
ettirgan o‘quvchilarni
joyiga o‘tqizdi, davom
ettirolmaganlar
esa turgan
joyida
so‘ppayibgina
qolaverdi”. Mazkur
gapda joyi so‘zi
birvarakayiga uch
o‘rinda
takrorlanib,
umumiy ma’noga putur
yetkazgan.
Yozuvchi
bu kalomning muqobil
variantini qo‘llasa, nur
ustiga nur bo‘lardi.
Roviy
maktab direktori
haqida so‘zlar ekan,
o‘qituvchilarni
qamab
tez-tez
so‘kib tursa
ham, Saidovni “siz-
sizlab” gapirardi, deydi.
Menimcha, so‘kish o‘rniga
tergash so‘zini qo‘llash
kerak.
Shunda direktor
zug‘umkordan qattiqqo‘l va
jonkuyar kishiga aylanadi.
Axir millat bolalarining
tarbiyachisi so‘kishi emas,
yo‘l ko‘rsatishi, o‘rnak
bo‘lishi kerak.
Mutolaa
davomida
hamsinflar, noixtiyoriy degan
so‘zlar e’tiborimni tortdi.
Hamsinf o‘rniga
sinfdosh,
noixtiyoriy o‘rniga beixtiyor
yoki ixtiyorsiz so‘zlari
ishlatilsa,
qanday bo‘larkan?! Bu mening
shaxsiy fikrim, albatta.
“Tunkezar bolalar”
qissasining
bosh qahramoni
Mo‘min asar oxiridagina parda
ortidan
chiqib yorqin obraz kasb
etishi haqida gapirib o‘tdim. Buni
Bayram Alining boshqa asarlarida
ham kuzatishimiz mumkin.
Masalan, muallifning “Hamdardlar”,
“Kutilmagan tashrif”, “Rizolik”
hikoyalarida bu yaqqol ko‘zga
tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: