Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ktamxon SOLIYEVA
Mard RAHMONOV
Yozyovon tumanida yashaydi. U bundan sakkiz yil ilgari avtohalokatga uchrab, oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmay qolgan. O‘smir yigitcha uch yilda ikki marotaba miyadan og‘ir operatsiyani boshdan o‘tkazgan. Gapirishga ham qiynaladi. Ammo hayotga, ertangi kunga umid bilan yashaydi. Murg‘ak, sof qalb egasi. Mardning she’riy mashqlari nekbinligi bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi. U ota-onaga, Vatanga muhabbatni, yaxshilik, mehr-oqibat, bor haqiqatni sodda va ravon til bilan ifodalashga harakat qiladi. Eng muhimi – yuragida shukronasi bor. Uning yagona maqsadi – bir kun kelib o‘rtoqlaridek oyoqqa turib, xalqiga chin dildan xizmat qilish. Aziz o‘quvchi, Mardning she’rlarini Siz ham o‘qib, dil izhorlariga bir quloq tuting-a, ko‘nglingizga yorug‘lik kirsa ne ajab. O‘ktamxon SOLIYEVA, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi www.ziyouz.com kutubxonasi 80 www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021 Muqovada Ahmad To‘ra olgan suratlardan foydalanildi. Bosishga 09.11.2021-yilda ruxsat berildi. Qog‘oz bichimi: 84x108 1 / 16 Nashriyot hisob tabog‘i: 8 Obuna indeksi– 822. ISSN 0207-9137. Jurnal 2007-yil 4-mayda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan № 0253 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Tahririyatga kelgan qo‘lyozmalar taqriz qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi. Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin. Jurnaldan ko‘chirib bosilganda “Yoshlik”dan olindi” deb izohlanishi shart. “PRINT-MAKON” MChJ bosmaxonasida chop etildi. Buyurtma № 7. Adadi: 1707. Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 25-mavze, 47-uy. Ot kimniki? Bir kishi yo‘lda ot minib kelayotgan ekan, bir joyda yo‘l chetida turgan odamni uchratibdi. Haligi odam otliqdan: – Hoy yaxshi odam, oyoqlarim og‘riydi, iltimos, meni otingga mindirib olsang, – debdi. Otliqning rahmi kelib uni otiga mingashtirib olibdi. Ular bir manzilga yetib kelganlarida otliq mingashgan odamga: – Mana, sen aytgan manzilga yetib keldik, qani, endi otdan tush, – debdi. Shunda haligi odam: – Nega men tusharkanman, ot meniki, sen tush otdan! – deb dag‘dag‘a qilibdi. Muttahamlikning chegarasi bo‘larmidi, deganlaridek, u “ot meniki”, deb turib olibdi. Odamlar bu janjalni qanday hal qilishni bilmay turgan ekan, shu payt Birbal kelib qolibdi. Unga bo‘lgan voqeani tushuntirishibdi. – Janjalni bas qilinglar, – debdi Birbal, – siz ikkalangiz ham otni qoldirib, ertaga kelinglar. Ot kimniki ekanligi hal bo‘ladi. Birbal ulardan otni olib qolib, podshohning otxonasiga olib boribdi va egar-jabdug‘ini yechib, boshqa otlar yoniga bog‘latib qo‘yibdi. Ertasiga ikkala da’vogar kelibdi. Shunda “Ot meniki” deb da’vo qilayotgan odamga: – Kirib otxonadan otingni olib chiq, – deyishibdi. Muttaham da’vogar otni taniy olmabdi. Egasi esa yuzlab ot ichidan bir zumda o‘zining otini tanibdi. Birbalning donoligi bilan muttaham jazosini olibdi. www.ziyouz.com kutubxonasi Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling