Orqa miyaning tuzilishi va anatomiyasi


ORQA MIYANING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI


Download 150.22 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi150.22 Kb.
#1533840
1   2   3   4
Bog'liq
ORQA MIYANING TUZILISHI VA ANATOMIYASI 4

ORQA MIYANING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI. Orqa miya uzun yassilashgan tasma xolida, umurtqa pog‘onasining kanalida joylashgan bo‘lib, ayollarda uzunligi 41-42 sm., erkaklarda 45 sm. teng. orqa miyaning yuqori chegarasi atlantning yuqori chetidan boshlanib, pastki chegarasi esa I-II bel umurtqalari soxasida tugallanadi va so‘ng konus shaklida tugaydi. Bu konus dumning II umurtqasigacha cho‘zilib borib, terminal yoki oxirgi ip xosil qiladi. qobiqlari ochilgan orqa miya preparati uzunasiga bo‘ylab kurilganda bir xil emas. bo‘yinning iy umurtqa satxida va xii ko‘krak - I bel umurtqa satxida yo‘g‘onlashgan qismlar farqlanadi. Orqa miya old va orqa tomondan o‘rta chiziqdan uzunasiga ketgan ikkita chuqur egat yordamida o‘ng va chap bo‘laklarga ajraladi. Oldingi egat orqa egatga nisbatdan chuqurroq bo‘ladi. Orqa miyaning chap va o‘ng bo‘laklarining tashqi tomonida joylashgan qismlari oldingi yon 86 egatlar va orqadagi yon egatlar yordamida xar tomonda uchtadan tizimchalarga bo‘linadi. Oldingi tizimcha uzunasiga ketgan oldingi yoriq va oldingi yon egat o‘rtasida joylashadi. Orqadagi tizimcha uzunasiga ketgan orqa egat va orqadagi yon egat o‘rtasida joylashadi. Yon tizimcha oldingi yon egat va orqadagi yon egat o‘rtasida joylashgan. Yon egatlardan orqa miya nervlarining boshlang‘ich ildizlari chiqadi. Oldingi yon egatlar bo‘ylab xar ikki tomonda nervlarning orqadagi ildizlari chiqadi. Oldingi ildizlar xarakatlantiruvchi nerv tolalaridan, orqadagi ildizchalar sezuvchi nerv tolalaridan tashkil topgan. Orqa miyadan 31 juft nerv chiqadi, shu sabali, orqa miya 31 segmentlardan tashkil topgan. Segment deb orqa miyaning 2 juft ildizchalar chiqqan bo‘lakchasiga aytiladi. Orqa miyaning 31 segmenti quyidagicha taksimlanadi; bo‘yin segmentlari - 8, ko‘krak segmentalari - 12, bel segmentlari -5 , dumg‘aza segmentlari - 5 va 1 - dum segmenti. Orqa miyaning ko‘ndalang kesmasida kulrang va oq modda tafovut qilinadi. Kul rang modda - markazda joylashgan, kapalak yoki ―N‖ xarfi shaklida bo‘ladi. Kul rang moddani markazida orqa miya suyuqligi bilan to‘ldirilgan markaziy kanali joylashgan. Markaziy kanal yuqorigi qismida bosh miyaning IY qorinchasi bilan tutashadi, pastki qismi berk bo‘lib, terminal qorincha bilan tugallanadi. Kul rang moddaning oldingi qismlari kengaygan bo‘lib oldingi shoxlar deb ataladi. Orqa qismlari ingichka va uchlangan bo‘lib, orqadagi shoxlar deb ataladi. Ko‘krak bo‘limida va yuqorigi ikkita bel segmentlari soxasida yon shoxlari joylashgan. Kul rang modda mulьtipolyar nerv xujayralaridan, mielinsiz, ingichka mielinli tolalardan va gliotsitlardan tashkil topgan. Bir xil tuzilishga ega bo‘lgan va o‘xshash funktsiyalarni bajaradigan xujayralar to‘plamiga kul rang moddani yadrolari deyiladi. Kul rang moddaning orqa shoxlarida sezuvchi yadrolar joylashgan, oldingi shoxlarida xarakatlantiruvchi neyronlar joylashgan. Yon shoxlarda mayda neyronlar joylashgan bo‘lib, vegetativ nerv tizimi simpatik qismining markazlarini xosil qiladi. Bu neyronlarning aksonlari oldingi shoxlardan o‘tib, ularning aksonlari bilan birgalikda orqa miya nervlarining oldingi ildizchalarini xosil bo‘lishida ishtirok etadi. Orqa miyaning oq moddasi periferiyada joylashgan bo‘lib, nerv xujayralarining o‘simtalaridan - buylama joylashgan mielinli nerv tolalaridan tashkil topgan. Mielinli nerv tolalar aloxida tutamlar shaklida orqa miyaning o‟tkazuvchi yo‟llarini tashkil etadi. Kul rang moddada joylashgan ba‘zi sezuvchi xujayralarning tolalari oq moddaga kirib, bu yerda orqa miyani bosh miya bilan bog‘lab turuvchi o‘tkazuvchi tolalarning tutamlarini xosil qiladi. Ba‘zi xujayralarning o‘simtalari kul rang moddadan tashqariga chiqmaydi va miyaning assotsiativ apparati bo‘lib xizmat qiladi. Orqa miyani atrofidan o‘rovchi pardalariga tashqi - qattiq parda, o‘rtadagisi - to‘r parda va eng ichkaridagi, miyaga tegib turgan tomirli pardalar kiradi. Qattiq miya pardasi zich tolali biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan, bo‘lib orqa miyani ustidan erkin qoplaydi. Katta ensa teshigi soxasida uning qirrasi bilan jiplashib ketadi, pastda esa II bel umurtqasiga birikadi. Qattiq miya parda bilan umurtqalarning suyak usti pardasi orasida epidural bo‘shliq xosil bo‘ladi. Epidural bo‘shliqda yog‘ kletchatka va venoz chigali joylashgan. To‘r parda qattiq pardani shaklini takrorlaydi, ba‘zi joylarda u bilan biriktiruvchi to‘qimali tolalar bilan birikadi. To‘r parda bilan tomirli parda orasida to‘r parda osti bo‘shlig‘i xosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqda tinik orqa miya suyuqligi va unda erkin xolda orqa miya ildizchalari suzib yuradi. To‘r pardaning muxim xususiyatlaridan biri shuki, u uz ostidagi yupqa pardaga xech qayerda tegmasdan turadi. Tomirli parda orqa miyaga yopishib turadi va ikkita pishiq varaqdan iborat. Ana shu ikki varaqdan tuzilgani bilan u bosh miyadan farqlanadi. Bu parda orqa miya yuzasi bilan maxkam birikib ketganligi tufayli, uni ajratib bo‘lmaydi. Tomirli parda miya tomirlari bilan birga miya to‘qimasi ichiga kiradi. Orqa miya reflektor markazi xisoblanadi. Oddiy shartsiz reflekslar orqa miya faoliyati natijasida paydo bo‘ladi. Muskullar xarakatlanganda orqa miyadagi proprioretseptorlarni ta‘sirlanishi natijasida xosil bo‘lgan ko‘zgolish reflektor yoy orqali muskullarga yetib boradi. Orqa miyaning asosiy funksiyalari. Orqa miyaning reflekslari. MNS ning xususiy fiziologiyasida uning faoliyati shartli ravishda o`z navbatida orqa miya, uzunchoq miya, o`rta miya, 87 orqa miya, miyacha, po`stloq osti tuzilmalar, bosh miya yarim sharlari po`stlog`i, vegetativ nerv sistemasi faoloiyatlariga ajratiladi.
Download 150.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling