O`rta asirlar yevropa adabiyodshinosligi


Download 46.81 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi46.81 Kb.
#1503818
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`RTA ASIRLAR YEVROPA ADABIYODSHINOSLIGI


O`RTA ASIRLAR YEVROPA ADABIYODSHINOSLIGI

Reja:



  1. VI – XVII asrlar Evropa adabiyotining davrlashtirilishi.

  2. Ilk o`rta asrlarda qahramonlik eposi.

  3. Diniy-cherkov adabiyotining g’oyaviy yo`nalishi.

  4. Ritsar-kurtuaz adabiyoti va uning janrlari.

  5. Uyg’onish davri Evropa adabiyotining ahamiyati.

Mil.iy V asrda qullar va kolonlarning qo`zg’olonlari hamda ularga xayrixoh bo`lgan varvarlarning Rimga bosqini natijasida Rim imperiyasi qulab, quldorlik tuzumi emiriladi. Uning o`rniga yangi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – feodalizm vujudga keladi. U IV – V asrlarda tarkib topa boshlab, XI – XV asrlarda yuqori bosqichga ko`tariladi va XVI – XVII asrlarda inqirozga yuz tutib, emirila boshlaydi. Shu tariqa yerga xususiy mulkchilikka asoslangan feodalizm o`rnini kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari egallaydi. Shuning uchun qadimgi dunyo tarixining oxiri VI asrdan yangi zamon kapitalizmning boshlanishi – XVII asrgacha bo`lgan davr O`rta asrlar nomi bilan yuritiladi. O`rta asrlar adabiyoti ikki davrga bo`linadi: 1. Ilk o`rta asrlar adabiyoti. 2. Uyg’onish davri adabiyoti. Ilk o`rta asrlar adabiyoti 10 asrdan ziyod davrni qamrab oladi va o`z ichida ikki bosqichga bo`linadi: 1. Qabila tuzumining emirilishi va feodalizmning barpo bo`lishi davri adabiyoti (V – X asrlar). 2. Rivojlangan feodalizm davri adabiyoti (XI – XV asrlar). Ilk o`rta asrlar davri adabiyotining taraqqiyotiga uch omil barakali ta`sir ko`rsatdi: 1. Xalq og’zaki ijodi. 2.Antik san`at. 3.Xristianlik dini.


Ilk o`rta asrlar adabiyotining ikkinchi bosqichi g’oyaviy-badiiy jihatdan bir muncha yuksak bo`lib, asosan u bilan bog’liq masalalarga to`xtalamiz. Bu bosqich adabiyotida uchta yo`nalish mavjud edi va ular quyidagilardir: 1. Xalq adabiyoti. 2. Diniy – cherkov adabiyoti. 3. Feodal – ritsar’ adabiyoti.
Xalq adabiyotining eng etuk namunalari Frantsiya qahramonlik eposi “Roland haqida qo`shiq”, Ispaniya qahramonlik eposi “Sid haqida qo`shiq”, Germaniya qahramonlik eposi “Nibelunglar haqida qo`shiq” dostonlaridir. Dastlabki ikki asarda ham G’arbiy Evropa feodallarining Salb yurishlari o`z aksini topgan. Ulardan keyingisi “Sid haqida qo`shiq”ning markazida turuvchi bosh obraz tarixiy shaxs bo`lib, uning asl ism-sharifi Rodrigo Dias, Sid, to`g’rirog’i Said (arabcha “janob”) esa uning laqabidir. Rodrigo Dias 1040 – 1099 yillarda yashagan vaispaniyani arab istilochilaridan ozod kilish milliy harakati – rekonkistaning yirik arbobi sifatida shon-shuhrat qozongan. 1140 yilda yaratilgan bu asar o`z tuzilishiga kura uch qismdan iborat: 1. Quvilish haqida qo`shiq. 2. To`y haqida qo`shiq. 3. Korpes haqida qo`shiq. Kastiliya qiroli Al’fons buyrug’i bilan vatanidan quvilgan Sidning harbiy drujina to`plashi va u bilan Valensiya viloyatini ozod etishi va boshqa voqealar asar asosiga qo`yilgandir. “Nibelunglar haqida qo`shiq” dostoni esa biz yuqorida qayd etgan asarlardan bir muncha farq qiladi. 1200 yilda yaratilgan bu asarda ko`chmanchilik davridagi nemis hayoti, qahramonlik va jangovor yurishlari o`z aksini topgan. “Nibelunglar haqida qo`shiq” dostonida fantastik elementlarga ancha keng o`rin beriladi.
Ilk o`rta asrlar G’arbiy Evropasining asosiy mafkurasi xristianlik dini edi. Bu mafkura bir muncha shakllangan strukturaga ega diniy tashkilotlar – cherkovlar tomonidan olib borilardi. Uning g’oyalarini o`zida obrazli tarzda aks ettiruvchi adabiyot ham yuzaga kelgan bo`lib, uning ommaga ta`siri ham kuchli bo`lganligini faraz qilish mumkin. Bunday deyayotganligimizning boisi shundaki, sobiq sho`ro tuzumi sharoitida bu davr G’arbiy Evropasi diniy-cherkov adabiyoti namunalarini chop etish va tadqiq qilishdan ongli suratda Chetlab o`tildi. Bu adabiyot haqida ma`lumot beradigan asarlar juda kam bo`lib, ular sirasiga XI asrda Frantsiyada yaratilgan “Avliyo Aleksiyning umrguzaronligi” asarini kiritish mumkin. Unda o`z taqvodorligi tufayli oxir-oqibat avliyo darajasiga ko`tarilgan Aleksiyning riyozat to`la hayoti hikoya qilinadi.
O`rta asrlar sharoitida ritsarlik feodal zodagonlarning o`ziga xos muhim xususiyati edi. Ayni mana shu ijtimoiy hodisa XII-XIII asrlarda ritsarlik adabiyotining yuzaga kelishi uchun sabab bo`ladi. Bu adabiyot dastlab Frantsiyada tug’ilib, so`ng boshqa Evropa mamlakatlariga tarqaladi. Ilk ritsarlik uchun mardlikning o`zi kifoya qilgan bo`lsa, so`ngra u kurtuazcha nozik didli, ko`rkam, g’oyat sezgir va xushmuomala bo`lishi ham lozim, degan talablar o`rtaga qo`yiladi. SHuningdek, insoniy his-tuyg’ularni qadarlash, ayollarga nozik iltifot, romantik sevgi kechinmalarini madh etish rasm bo`lib qoladi. Ritsar’-kurtuaz adabiyoti lirika sohasida trubadurlar lirikasi degan nom bilan yuritiladi. Bu atama frantsuzcha “truver” so`zidan olinib, “topmoq”, “ijod qiloq” ma`nolarini anglatadi. Ayollar kul’ti, ayollarni ulug’lash trubadurlar lirikasining asosiy g’oyaviy yo`nalishidir. Uning kantsona, sirventa, tentsona, al’ba, pastorela kabi janrlaridan har biri o`ziga xos mavzu doirasiga egadir. Masalan, al’ba tong qo`shig’i bo`lib, tunda o`z ma`shuqasi bilan visol qurgani kelgan ritsarni uning do`sti qo`shiq kuylab, tong otganidan xabardor qiladi. Trubadurlar lirikasining Frantsiyadagi eng etuk vakillari Bernard de Ventadorn (1142 – 1195 yillar) va Bertran de Born (1140 – 1215 yillar) edilar. Germaniyada esa ritsarlar lirikasi “Minnezang” deb atalgan va Vol’fram fon eshenbax (1170 – 1220 yillar) uning eng go`zal namunalarini yaratgan.

Download 46.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling