Oʻrta asr iqtisodiy talimoti
Download 22.03 Kb.
|
Oʻrta asr iqtisodiy talimoti
Oʻrta asr iqtisodiy talimoti Fiziokratlar (lot. - tabiat, hukmronlik) - XVIII asrdagi ffansuz iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga o‘tish davrida vujudga keldi. Bu tasodifiy hol emas edi. o‘sha davrda Fransiyada manufaktura ancha rivojlangan bo‘lsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo‘jaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xo‘jaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi, deb hisobladilar. Ulaming fikricha boylik faqat qishloq xo‘jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos. Shunga ko‘ra fiziokratlar tadqiqotni muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga olib o‘tdilar va bu bilan kapitalistik tizimning keyingi tahlili uchun asos yaratdilar. Boylik – Аvgustin davridan boshlab kanonistlar tomonidan moddiy neʼmatlar yigʼindisi sifatida, yaʼni natural shaklda qaralgan. Аgar boylik unga sarflangan mehnat bilan emas, balki boshqa vositalar yordamida yaratilgan boʼlsa, gunoh deb tan olingan. Bu qatʼiy qoidaga muvofiq noinsoflik bilan oltin va kumushning koʼpaytirilishi (jamgʼarilishi) jamiyatning ahloqiy va boshqa meʼyorlariga zid hisoblangan. Аmmo Аkvinat fikri boʼyicha, «odil narx» xususiy mulkni koʼpaytirish va «oʼrtacha» boylik yaratishda inkor etib boʼlmaydigan manba boʼlib xizmat qilishi mumkin. Bu, uningcha, gunoh hisoblanmaydi. Аyirboshlash – Qadimgi Dunyo va oʼrta asrda tadqiqotchilar tomonidan proportsional va ekvivalent qoidasiga asoslangan, odamlarning xohishi tufayli boʼladigan akt sifatida qabul qilingan. Bu printsipni inkor etmagan holda, noekvivalent boʼlib tuyulgan ayirboshlash, subʼektiv jarayon sifatida, tomonlarga teng foyda keltirishi mumkinligini Аkvinat koʼrsatib berdi. Boshqacha aytganda, buyum «bir odamning foydasiga boshqa odamning zarar koʼrishi hisobidan kelib tushsa», oʼshandagina ayirboshlash sharti buzilgan boʼladi. Merkantilistlaming ilmiy dunyoqarash tamoyillaridan biri har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash. Shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik, deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko‘rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o‘zgardi. Awalo, natural- xo‘jalik tizimining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi erlaming ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo‘lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo'ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o‘mini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko‘p bo‘lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag‘batlantirish va jamiyat ishlarini qoilab-quwatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, “qo‘shningni quritsang, go‘yoki millat boy boiadi” kabi noto‘g‘ri siyosat ilgari surilgan. Merkantilistlar dunyodagi umumiy boylik ozgarmas deb qabul qilishgan. Shu farazga asoslangan holda sxolastiklar insonlar o‘rtasida savdo amalga oshirilganda ulardan birining daromadi olishi boshqasiga albatta zarar keltiradi, deb ta’kidlashgan. Merkantilistlar xuddi shu mantiqni xalqlar o‘rtasidagi savdoda ham qo‘llab, bir xalqning iqtisodiy qudrati va boyligining o‘sishi faqatgina boshqa davlat boyligi hisobiga amalga oshadi degan xulosaga kelishgan. Shunday qilib, merkantilistlar xalqaro savdo millatning qudrati va boyligining ravnaq topishida muhim vosita ekanini e’tirof etib, ko‘proq xalqaro savdo balansiga yetibor qaratishgan. Ko‘pchilik merkantilistlar fikriga ko‘ra, iqtisodiy faoliyatdan maqsad iste’moI emas, balki ishlab chiqarishdir va bu keyinchalik klassik iqtisodchilar tomonidan ham qabul qilindi. Shuningdek, ulaming fikricha millat boyligi shaxsiy boyliklar yig‘indisi shaklida aniqlanmaydi. Ular bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqarishni, ham eksportni rag‘batlantirish, hamda iste’molni cheklash orqali millatning boyligini ko‘paytirish mumkin, deb hisobladilar. Shunday qilib, halqning bo‘ligi ko‘pchilikning qashhoqligiga asoslanadi. Merkan- tilistlar ishlab chiqarishga katta ahamiyat bergan bo‘lsalar ham, ichki bozorga ko‘p mahsulot ishlab chiqarishni ma’qullamaganlar. Ko‘p ishlab chiqarish bilan birga kam iste’mol qilish eksportni oshirishga imkon beradi, bu esa millat boyligi va qudratining oshishiga olib keladi, deb hisoblaganlar. Merkantilistlar xalqaro savdoda nisbiy ustunlikka erishish uchun ishchilarga kam ish haqi berilishi tarafdori bo'lganlar. Ulaming fikricha yashash minimumidan yuqori maosh berish mehnat layoqatini kamaytirishi mumkin, yuqori ish haqi yil davomida kamroq soat ishlashga va yalpi ishlab chiqarishni kamaytirishga sabab bo‘lishi mumkin, deb hisoblanganlar. Tomas Man 1630-yilda «Angliyaning tashqi savdodagi boyligi yoki boylikni tartiblash sifatidagi tashqi savdo balansi» asarini yozdi. Tomas Man fikricha boylikning manbayi faqat tashqi savdo hisoblanadi, bunday boylikka «har yili xorijliklardan xarid qilgan summadan ko‘ra ularga ko‘proq sotish» yo‘li bilan erishiladi. Download 22.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling