O’rta asr shaharlari Samarqand va Buxoro tarixiy yodgorliklari


Toshkentdagi tarixiy yodgorliklarga umumiy tavsif


Download 58.79 Kb.
bet15/17
Sana18.06.2023
Hajmi58.79 Kb.
#1556607
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
kurs ishi TArixiy O\'lkashunoslik Rajabov.SH (3)

2.2. Toshkentdagi tarixiy yodgorliklarga umumiy tavsif.
Qadimgi manbalarda mamlakatimizning poytaxti - hozirgi Toshkent o'rnida 2200 yil ilgari yirik obod shahar bo‘lganligi qayd qilingan. Arxeologik izlanishlar natijasida bu yerdan 2200 yil ilgari yasalgan sopol idishlar, bronza oyna va turli mamlakatlar tangalari topilgan. V - VIII asrlarda bu shahar Choch, Shosh, Shoshkent, Binkat deb atalgan. Buyuk ipak yo'lida joylashgan Toshkent Yevropa mamlakatlarining Hindiston va Xitoy bilan olib borgan turli aloqalarida muhim rol o ‘ynagan. VI asrda Toshkent Turk xoqonligi tarkibiga qo‘shib olingan. Turklar shaharni zabt etgach, uning atrofini kuchli mudofaa devorlari bilan o ‘rab olganlar hamda maxsus saroy-qal’a qurganlar. 0 ‘zaro urushlar, qo'zg'olonlar, ko‘chmanchi qabilalar hujumlari natijasida Toshkent bir necha marta vayron qilingan. IX asrda shahar oldingi o'rnidan shimoli - sharq tomonda - Bo’zsuv kanali etagida barpo bo‘lgan. Abu Raydon Beruniy va Mahmud Qoshg‘ariy ma’lumotlariga ko‘ra, shahar XI asrdan Toshkent deb atala boshlangan. Shaharning miloddan avvalgi arxitektura yodgorliklaridan hech narsa saqlanib qolinmagan. X asrda Toshkent to’rt qismga bo‘linganligi va ulardan har biri maxsus devor bilan o ‘ralganligi m a’lum. Shahar markazida - hozirgi Shayxontohur tumani hududidagi bozor hamda madaniyat va istirohat b og’i o ‘rnida tepalik bo’lgan, u yerda qal’a va shahriston joylashgan. Shahriston va qal’a devorlaridan tashqarida rabodi dahil (ichki rabot) va rabodi xorij (tashqi rabot) qurilgan. Ichki va tashqi rabot devorlari oralig’i 4 km ni tashkil qilgan. Qal’ada hukmdor saroyi va qamoqxona bo’lgan. Uning bir darvozasidan shahristonga, boshqalaridan ichki rabotga chiqilgan. Shahar markazida bozor bo’lgan. Markaz bilan shahar darvozalari eni 5-10 m li ko’chalar orqali bogMangan. Turar joylar bir va ikki qavatli paxsa yoki sinch devorli, hovlili qilib qurilgan. X - XVI asrlarda yaratilgan me’morlik obidalari orasida Abu Bakr ibn Ismoil Kaffol Shoshiy maqbarasi (976), Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, X o’ja Ahror masjidi va madrasasi, Yunusxon maqbarasi (XIV asr oxiri va XV asr), Baroqxon madrasasi, Ko’kaldosh madrasasi kabilar diqqatga sazovor.

Download 58.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling