O’rta asr shaharlari Samarqand va Buxoro tarixiy yodgorliklari


Chor Bakr arxitekuraviy ansambli


Download 58.79 Kb.
bet10/17
Sana18.06.2023
Hajmi58.79 Kb.
#1556607
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
kurs ishi TArixiy O\'lkashunoslik Rajabov.SH (3)

Chor Bakr arxitekuraviy ansambli. Buxoro shahrining g‗arb tomonida, undan 5 km. uzoqlikda joylashgan Sumitan qishlog‗ida Jo‗yboriy shayxlarining shahardan tashqaridagi nekropoli – Chor Bakr qurilgan. Chor Bakr me‘moriy ansambli to‗rt yirik shayx – Abu Bakr Sa‘d, Abu Bakr Fazl, Abu Bakr Muhammad, Abu Bakr Tarxonlarga bag‗ishlab bunyod etilgan. Chor Bakrlar (to‗rtta Bakr) Buxoroda vafot etgan va shahar yaqinidagi Sumitan mavzeida dafn etilgan. Ularning qabri ustida ziyoratgohning bosh kompleksi 1560-1569-yillarda Abdullaxon II tomonidan barpo etilgan. Abdullaxon II (to‗liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‗i – 1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) o‗zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma‘rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‗lgan. Otasi Iskandar sulton o‗g‗li tug‗ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‗idan qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san‘at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi. Kompleks uzoq vaqt shakllangan. Daxmalar, darvoza, hovli, yo‗lak, ko‗p sonli qabrlar usti inshootlari bunyod etilgan. Chor Bakr oxirgi marta Mustaqillik davrida restavratsiya qilindi. Me‘moriy kompleks negizini tashkil etgan xonaqoh (shimolda), madrasa (janubda) va namozgoh (g‗arbda) orasidagi sahn supa tarzida. 1900-yilda u yerda katta bo‗lmagan minora bunyod etilgan. Xonaqoh gumbazli xona (9x15,8 m) va peshtoqdan iborat. Yon fasadning qo‗sh qavat ravoqlari va peshtoq jozibador ishlangan bo‗lib, peshtoqning ikki qanoti guldastalar bilan ulug‗vor ko‗rinadi. Peshtoq bezagida koshindan terilgan yirik kufiy xatlar diqqatni jalb etadi. Gumbazning ostki konstruksiyasi ancha murakkab. Xonani ikki ravoq ko‗ndalangiga bog‗lab, gumbaz uchun asos bo‗lgan. Madrasa peshtoqi kengroq, fasadni deyarli egallagan. Peshtoq dahanasi uch ravoqqa bo‗lingan. Darsxona chortoqli, o‗rtasi gumbaz bilan berkitilgan. Madrasaning yon fasadlari qo‗sh qavat ravoqlar qatorini takrorlaydi. Masjid va xonaqohning bosh fasadlarini peshtoq keng gumbaz bilan egallashi, yon tomonlari ikki qavatli ayvonlardan tashkil topishi shu xildagi binolar uchun an‘anaviy yechim hisoblanmagan. Kufiy xatlar va mayda koshinkorli bezaklar mahorat bilan ishlangan. Gumbazning tashqi ko‗rinishi salobatli. Masjid maydoni sahnining to‗rida joylashgan. Masjid va xonaqohning bosh zallari baraban shakldagi gumbazlar bilan yopilgan. Ularning intereri jonli ishlangan. O‗zaro kesishgan arkalar va chatishib ketgan paruslar ustida derazachali barabanlar, ularning usti esa gumbaz bilan yopilgan. XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrda Buxoroda iqtisodiy va siyosiy jihatdan tushkunlik yuzaga kela borgan. Bu davrlarda qurilishlar davom etsa-da, biroq me‘morchilik san‘ati sezilarli darajada to‗xtab qolgan. Yaratilgan inshootlarning sifati badiiy va texnik jihatdan avvalgilarga nisbatan pasaygan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Buxoro xonligi o‗zining iqtisodiy va madaniy mavqeini yo‗qota boshlagan. Mang‗itlar vaqtida (1753-1920-yillar) Buxoro uchun tushkunlikka tushgan davr bo‗lgan. Bu davrda qurilish ishlari deyarli to‗xtab qolgan, me‘morchilik ham aytarli darajada rivojlanmagan.

Download 58.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling