O‘rta asrlar g‘arb va sharq adabiyoti reja


Download 27.55 Kb.
bet1/10
Sana05.01.2022
Hajmi27.55 Kb.
#216367
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
maruza matn 3


O‘RTA ASRLAR G‘ARB VA ShARQ ADABIYOTI
REJA:

  1. O‘rta asrlar adabiyotiga kirish.

a) Rim imperiyasi qulagandan keyingi ijtimoiy – siyosiy holat;

b) O‘rta asrlar adabiyotining davrlarga bo‘linishi;



  1. Kelpt va Germon eposi.

  2. Ritsar – kurtuaz adabiyoti.

a) Ritsarlik poeziyasi;

b) Ritsarlik romani.

G‘arbiy yevropa madaniyati va o‘z-o‘zidan adabiyotining boshlanishi eramizning IV-V asrlariga to‘g‘ri keladi. Chunki shu davrda, Rim imperiyasidan keyin, jahon maydoniga yangi bosqinchi xalqlar chiqa boshladi. Ular bir necha yillar mobaynida bir paytlar antik dunyo tarkibiga kiruvchi xududlarni (yevropani,

Old va O‘rta Osiyoni, Afrika shimolini) egallab oldilar. Germanlar, slavyanlar,

arablar, mongollar va turklar ana shunday xalqlardan hisoblanadi. Ana shu xalqlar o‘rta asr feodal davlatlarini tuzuvchilar rolini o‘ynadilar.

Rim imperiyami yemirilishi davrida uning G‘arbiy viloyatlari aholisi (Italiya, Galliya, Ispaniya) asosan romanlashib bo‘lgandi, yaoni Rim idora va sivilizatsiyasi tili bo‘lgan lotin tilini qabul qilishgandi. Lotin tili bu yerlarda mahalliy tillarni siqib chiqara boshladi va natijada xalq orasida klassik, badiiy emas, balki xalq lotini, yaoni «vulpgar lotini» paydo bo‘ldi. Ana shu «xalq

lotini»dan keyinchalik roman tillari (fransuz, italpyan, ispan, portugalp va boshq.) rivojlandi.

O‘rta asrlar adabiyotining paydo bo‘lishi va rivojini asosan 3 ta omil bilan belgilanadi: xalq ijodi anoanalari, antik davr madaniyati va xristianlik.

O‘rta asrlar adabiyotining davrlarga bo‘linishi yevropa xalqlarining rivojlanish bosqichlari bilan belgilanadi. Biz uni 2 ta davrga – qabila tuzumining inqirozga yuz tutishi va feodalizmni tarkib topishi (X asr XI-XV oxirigacha) va rivojlangan feodalizm davrlariga bo‘lamiz. Ammo bu sana shartli ravishda olingan. Chunki barcha xalqlar hayoti bir xil rivojlanmagan. IX asrdayoq feodalizm shakllanib bo‘lgan Fransiyada bu xol boshqa davlatlarga nisbatan ancha oldin sodir bo‘ldi. yevropaning shimoli va shimoliy g‘arbdagi viloyatlar (skandinavlar va kelptlar) da bu hol ancha kechroq sodir bo‘ldi. Shuning uchun birinchi davr adabiyotiga asosan kelpt va skandinavlar poetik ijodi yodgorliklari to‘g‘ri keladi. Yuqoridagi xalqlar poetik yodgorliklarini yaxshi saqlanganligiga kelsak, bunga ular uchun xristian dini ruhoniylari asosan mahalliy aholidan tayinlanganligi, ular esa Rim direktivalarini bir oz sovuqlik bilan xayotga tadbiq etganliklari, xristian diniga qadar u yerda xalq orasida tarkib topgan va yashayotgan marosim va odatlar bilan kelishib yashaganligi o‘z taosirini o‘tkazdi.


Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling