O`rta asrlar Harbiy san`ati Turk xoqonligi davrida harbiy ish. Mo’g’illarning harbiy sohasini o’ziga hos xususiyatlari


Jangovor qurol yarog‘lar va harbiylarning kiyim kechaklari


Download 44.41 Kb.
bet3/9
Sana29.03.2023
Hajmi44.41 Kb.
#1308751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ўрта асрлар ҳарбий санъати

Jangovor qurol yarog‘lar va harbiylarning kiyim kechaklari.
Xitoy yilnomalaridan birida shunday ma’lumot berib o‘tadi. “ularning qurollari shoxsimon yoy va xushtaksimon ovoz chiqaruvchi o‘q, sovut, nayza, qilich va dudamali qilich (uzun og‘ir qilich) lardan iborat ekanligi, turklarni otda turib jang qilishlari xaqida” takidlab o‘tadi. Ularning qurollari po‘latdan ekanligi aytib o‘tiladi. Xususan Oltoy o‘lkasidagi Baliq Sook degan joydagi mozor – qo‘rg‘on qazilganda qadimgi turk jangchisiga xos jang qurollari kiyim kechaklari bilan ko‘milganligi aniqlangan. Bu topilmaning ahamiyatli tomoni shundaki, topilgan qurol yarog‘lar mustaxkam temir va misdan yasalganligi hamda otliq jangchiga bu qurollar unchalik og‘ir tug‘dirmaydigan darajada engil qilib ishlanganligi aytib o‘tiladi.
Xoqonlik jangchilarining mahoratini arab mualliflari shunday tariflashadi: Turk jangchisi joni boricha quvlagan holda, orqaga va oldinga, o‘ng va chapga, yuqoriga va pastga qarab ota oladi. Harijit (arab o‘qchisi) kamon ipiga bitta o‘qni joylaguncha, u (turk) 10 ta o‘qni otadi. Xarijit tekis joydan otini choptirgunicha, u o‘z otida tog‘ yoki vodiydan tushub, katta tezlik bilan choptiradi. Turkning to‘rtta ko‘zi bor – ikkitasi yuzida, ikkitasi gardanida.
Bundan tashqari kamon o‘qlari haqida gapiriladigan bo‘lsa, o‘qlar sadoqqa solingan. Sadoqlar asosan uchi qismi nisbatan kichikroq tag qismi esa kattaroq ishlangan. Buning sababi o‘qning patlari yumshab ketmaslik uchun mo‘jallangan. O‘qlar xar xil turda bo‘lgan. O‘qlar uch parakli, ikki va to‘rt parakli bo‘lgan. Ikki parakli o‘qlar asosan engil qurollangan dushmanni otishga mo‘ljallangan. O‘qlar asosan temirdan yasalgan, temir kam bo‘lgan joylardagina suyakdan yasalgan o‘qlarni ko‘rish mumkin. Arxeologik topilmalar orasida o‘qlar turli rangda bo‘yalganligini ham bilish mumkin. O‘qlarning bo‘yalishini sabababi shundaki o‘qlarni ajratib olish oson bo‘lishni nazarda tutilgan.
Qirg‘izistonning Ketmen-to‘ba vodiysidagi tosh xaykal yonidan topilgan sovut kiyimining qoldig‘i jangchi tanasini butunlay qoplavchi mudofa kiyimi bo‘lganligi xaqida aytib o‘tiladi. Bundan bilish mumkinki turk jangchilari mudofa tizimida ham ancha o‘zgarishlar qilishgan.
Jang paytida otish uchun turli xil kamonlardan foydalanishgan. Engil qurollangan dushmanga qarshi jangda uch parrakli yoki yassi temir yoxud suyakdan yasaogan uchli o‘qlardan mohirona foydalanishgan. YAqin masofada va qo‘l jangida esa jangchilar dushmanga nayza, uzun og‘ir qilich, shamshir va hanjarlar bilan xujum qilishgan.
Manbalarda ta’riflanishicha, jangchi va ovchilarning kiyim-kechaklari juda qulay bo‘lgan: kiyim qismlari ayniqsa, kamarlarning ramziy ifodasi (simvolka) boshqa xalqlar uchun nihoyatda jozibador ko‘ringan. Ular sochlarini, o‘rib orqaga tashlab yurishgan. Bellariga naqshli kamarlar taqishgan.

Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling