O`rta asrlar Harbiy san`ati Turk xoqonligi davrida harbiy ish. Mo’g’illarning harbiy sohasini o’ziga hos xususiyatlari


Download 44.41 Kb.
bet7/9
Sana29.03.2023
Hajmi44.41 Kb.
#1308751
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ўрта асрлар ҳарбий санъати

O'tror mudofaasi - O'tror qal'asi hokimiyatchilari mo'g’ullarga olti oy davomida mardanovor qarshilik ko'rsatadi. Shahar hokimi ihtiyorida 20.000 kishidan iborat suvoriy bor edi. Xorazmshoh unga 50.000 kishilik qo'shin yuboradi. Yana Qoracha hojib boshchiligidagi 20.000 kishilik qo'shinni yuboradi. Biroq ayrimlarining hiyonatkorligi sababli besh oylik hamaldan so'ng Inolxonning o'zi qoladi va bir oy mobaynida o'z otryadi bilan qarshilik ko'rsatib turadi. Mo'g’ullar mard sarkardani tiriklayin qo'lga tushirib, Samarqandga Chingizxon huzuriga yuboradi. Chingizxon ko'z o'ngida uning qo'li va ko'ziga kumushni eritib quyishni buyuradi. Mo'g’ullar O'trorni butunlay vayron qiladilar.
Xo'jand qamali. Temur Malikning jasorati - Xo'jand hokimi Temur Malik mo'g’ullarga qarshi turish mumkin emasligini tushunib, tahminan 1000 nafar askari bilan Xo'janddan bir kilometr naridagi Sirdaryoning mo'jazgina oroliga joylashib oladi. Bu orolga mo'g’ullarning o'qlari, palaxmon toshlari etib bormas edi.
Temur Malik 12 ta qayiq yasattiradi. O'q o'tmasligi, yonib ketmasligi uchun qayiqlarning ustini namat bilan yoptirib, sirka shimdirilgan loy bilan suvattiradi.
Ammo orolchada uzoq muddat turib bo'lmasligini tushunib, bor oziq­ovqat zaxirasi va askarlarini 70 ta qayiqqa joylab, tunda daryoning quyi oqimi bo'ylab suzib ketadi. Mo'g’ullar daryoning ikki sohilida turib Temur Malik kemalariga to'xtovsiz hujum qilib turadilar. Banokat bo'yida esa daryoning u sohilidan bu sohiliga zanjir ham tortishadi. Uzoq, uzluksiz jang bilan ular Jandgacha etib keladilar. Mo'g’ul sarkardasi Ulus Idi Borchiliqkent va Jand yaqinida manjanaq (tosh otar zambarak)lar o'rnatib, daryoga tushurilgan qayiqlarini bir–biriga tutashtirib kemalarni cho'ktirib yuboradilar.
Temur Malik Urganchga etib keladi va Urganch himoyasida faol ishtirok eta boshlaydi.
Mo'g’ullarning qo'li baland kelib, Urganchni xam zabt etishadi. Keyinchalik, uzoq sargardonliklardan so'ng, Temur Malik darvesh sifatida o'z yurtiga qaytib keladi. Mo'g’ullar uni tutib olishadi va ular qo'lida mardlarcha halok bo'ladi.

Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling