Oʻrta asrlar tarixi


Franklar davlatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi


Download 52.12 Kb.
bet3/4
Sana08.05.2023
Hajmi52.12 Kb.
#1443725
1   2   3   4
Bog'liq
Turdiqulov Islom. Franklar davlati.

Franklar davlatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi

Buyuk Karl franklar imperiyasining mutlaq hukmdoriga aylanib, uning farmonlari faqat yirik zodagonlar, yer egalarining yilda ikki marta chaqiriladigan yig‘inida qabul qilingan.

  • Buyuk Karlning doimiy poytaxti ham yo‘q edi. U o‘z amaldorlari bilan mamlakat bo‘ylab harakatlanib, turli shaharlardagi saroylarida to‘xtagan, mahalliy aholiga og‘irligi tushmasligi uchun uzoq vaqt o‘tmay yana boshqa shaharga yo‘l olgan.

Franklarning davlat tuzumi

Buyuk Karlning saroy xizmatkorlari ayni paytda vazirlar vazifasini ham bajargan. 

  • Moliya, soliq, harbiy a’yonlari, dasturxonchi, otxona boshlig‘i va boshqalar Franklar davlatidagi muhim lavozimlardan hisoblangan. Yirik qabilalarni gersoglar (nemischa, saylangan harbiy yo‘lboshchi, keyinchalik merosiy qabila boshlig‘i) boshqargan. Davrlar o‘tib gersog eng yuksak unvonlardan biriga aylandi. Yirik bo‘lmagan hududlarni imperator tayinlagan graflar (nemischa, qirol tayinlagan amaldor) boshqargan. Gersog unvoni avvaldan merosiy bo‘lsa, graflarni imperator tayinlagan. Buyuk Karl o‘z davlati chegaralarini mustahkamlash maqsadida markalar (nemischa, chegara harbiy viloyati) tuzib, ularni markgraflar (nemischa, chegara viloyati hokimi) boshqargan.

Franklarning davlat tuzumi

  • Yepiskoplar, yirik monastirlar abbatlari imperatorning joylardagi vakillari sifatida uning buyruqlarini bajargan. Safarlari paytida Buyuk Karl yepiskoplar va graflarning ishlari qanday ketayotganligini tekshirgan. Agar suiiste’molliklar aniqlansa, javobgar darhol lavozimidan ozod etilgan. Imperatorning o‘zi barcha graflik va yepiskopliklarni aylanib chiqishi qiyin ekanligidan u o‘zi ishongan davlat vakillarini mamlakat bo‘ylab jo‘natar edi. Ularga mahalliy hokimlarni jazolash, almashtirish huquqlari berilgan. Franklar mamlakatining hududlari behad katta bo‘lishi nazoratni murakkablashtirgan. Barcha grafliklarni nazoratda saqlash mushkul edi. Bundan tashqari, graflar bor kuchi bilan graflikda o‘rnashishga, uni o‘z avlodlariga meros qilib qoldirishga intilgan. Bu esa franklar imperiyasini kelajakda zaiflashuvi va parchalanishiga yo‘l ochib bergan.

Download 52.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling