O’rta asrlar va uyg’onish davri tilshunosligi. XVII va XIX asr tilshunosligi. Reja
Download 226.5 Kb.
|
12-maruza
Rus tilshunosligi. Jahon tilshunosligi taraqqiyotida rus tilshunosligi muhim o`rinlardan birini egallaydi.
Rus tilshunoslari juda ko`plab dunyo tillarini puxta o`rganganligi bilan, lisoniy hodisalarni chuqur tahlil qilganliklari, tilshunoslikning ilmiy-nazariy muammolariga alohida jiddiy e`tibor berganliklari, yangi ta`limotlar, nazariyalar «ishlab chiqqanliklari», yangi farazlarni o`rtaga tashlaganliklari bilan ajralib turadi. Aniqrog`i, rus tilshunoslari tomonidan rus, slavyan, hind, eron, fin-ugor, turkiy, mo`g`ul, xitoy va boshqa qator tillar o`rganildi, ular yuzasidan salmoqli, mukammal asarlar yaratildi. XVI asrning oxirlarida (1596) Lavrentiy Zizaniyning slavyan grammatikasiga oid asari nashr qilindi. 1619 yilda Meletiy Smotrickiyning slavyan-rus grammatikasi nashr qilindi. XVIII asrning oxirida (1787) Rossiya fanlar akademiyasi Simon Pallasning o`z davri uchun buyuk hisoblangan «Barcha tillar va shevalarning qiyosiy lug`ati» nomli tadqiqotini chop ettirdi. Bu asarning yaratilishiga Evropa, Osiyo va Afrika qit`alarining 262 ta tili asos bo`lib xizmat qildi. Rossiyada XIX asrning birinchi yarmida mo`g`ul tili bilan Yakov Shmidt, fin-ugor tillari bilan M.A.Kastren, xitoy tili bilan Bichurin, hind tili bilan G.V.Lebedev kabi olimlar shug`ullandilar. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida esa rus sharqshunoslik maktabining tashkilotchilari va buyuk vakillari V.R.Rozen, V.V.Bartold, qadimgi Sharq mamlakatlari va misr tillari bo`yicha eng yirik mutaxassis B.A.Turaev, semit tillari bo`yicha P.K.Kokovcov, turkiy tillar bo`yicha N.I.Il`minskiy, N.I.Ashmarin, V.V.Radlov, P.Melioranskiy, mo`g`ul tili bo`yicha O.M.Kovalevskiy, B.Ya.Vladimircov, arab tili bo`yicha V.F.Girgas, I.Yu.Krachkovskiy, F.E.Korsh, hind tili bo`yicha K.A.Kossovich, I.P.Minaev, eron tillari bo`yicha V.F.Miller, K.G.Zaleman, V.A.Jukovskiy, xitoy tili bo`yicha V.P.Vasilyev,P.Kafarov, V.M.Alekseev, suriya tili bo`yicha M.Nikol`skiy va boshqa taniqli olimlar ish olib bordilar. Rus tilshunosligi fani jahon tilshunosligi yutuqlari qatoriga rus akademik Otto Byotling va nemis Rudol`f Rotlar tomonidan yaratilgan 7 tomdan iborat sanskrit lug`atini tuzganligi bilan juda katta ulush qo`shdi. 1870 yilda Peterburg universitetida tilshunoslik bo`yicha birinchi bo`lib, I.A.Boduen de Kurtene, 1885 yilda Xar`kov universitetida I.V.Netushil, 1895 yilda Qozon universitetida V.A.Bogorodickiylar ma`ruzalar o`qidilar. Rossiyaning eng buyuk tilshunoslari bo`lgan M.V.Lomonosov, A.A.Potebnya, Boduen de Kurtenelar tilshunoslik sohasida Evropa olimlaridan ancha ilgarilab ketgandilar. Download 226.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling