O‘rta asrlar Yevropa adabiyotshunosligi. Reja


Download 41.89 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi41.89 Kb.
#1541001
1   2   3   4
Bog'liq
O‘rta asrlar Yevropada adabiyot tayyor

Minnezang. Nemis ritsar’ madaniyati va adabiyoti. XII-XIII asrlarda Frantsiya ta`siri ostida rivojlangan. Ritsar’ lirikasi minnezang («sevgi qo`shig’i» Minne – «sevgi») deb ataladi. Uning birinchi namunalari 1170 yillarga to`g’ri keladi.
Ritsar’ - sevgi poeziyasi 2 oqimdan iborat edi. Ulardan biri o`z uslubi bilan arxaik xalq qo`shig’iga yaqin poeziya bo`lib, unda hali ayolni ulug’lash g’oyalari sezilmaydi. (Kyurenberg va Ditmar fon Aystlar ijodi).
Ikkinchi oqim – provans trubadurlarining bevosita ta`siri ostida yuzaga keladi (G’arbiy viloyatlarda). Ditmar va Kyurenberglarning lirikasi erli ayollarga emas, ko`proq qizlarga qaratilgan. Ularning she`rlarida sevgi iztiroblari ko`pincha ayollarning qismati bo`lib qoladi. Ditmar fon Aystning «Ayol qo`shig’i» dagi ayol uchib ketayotgan lochinni ko`rib qoladi. Unga qarab: «Sen baxtlisan, hoxlagan tomoninga uchib borasan, istagan daraxtinga qo`nasan. Men ham shunday qildim. Ko`nglimdagi yorimni topdim. Biroq ayollar rashk qilib azob chekmoqdalar», deydi. Ko`p she`rlar xalq qo`shiqlari singari tabiat manzarasini tasvirlash (bahor yoki kuz kelishi) bilan boshlanadi va qahramonlar ruhiy xolatlariga mos keladi.
Ikkinchi oqim vakillari ijodi shaklning ancha murakkabligi ritsar’ urf-odatlarining kiritilishi bilan izohlanadi. endi tabiat tasviri, dramatik situatsiya ko`rinmaydi. Visolga eta olmaslik iztiroblari bo`rttirib bayon etiladi.
Val’ter fon Fogel’veyde (taxminan 1160-1230 yillar) – o`rta asr nemis lirikasining asosiy oqimlarini o`z ijodida birlashtirgan shoirdir. Uning qahramoni oliy tabaqadan chiqqan ayol emas, oshiqning iltijolariga samimiy javob beruvchi kamtar qizdir. U xalq poeziyasidagi tabiat tasviridan foydalanadi.
Bavariyalik shoir Neydxart fon Reyental (taxminan 1180-1240 yillar). U ham «oddiy», «real sevgini» tasvirlash tarafdori, ammo uni maishiy naturalizm ruhida rivojlantirgan (Feodal-aristokrat nuqtai nazaridan krestyan qo`shiq va laparlarini parodiyaga oladi).
Shoir Volfram fon eshenbarx (taxminan 1170-1220 yillar) – o`rta arsda nemis sevgi lirikasini yanada boyitdi. Uning al’ba (tong qo`shiq) lari juda ham go`zal.

Bulutlarning quyuq jomasin


Tirnoqlari bilan yorgancha,
Tong adirlar ortidan vazmin
Qudrati-la ko`kka o`rlaydi.
Huzurimga o`zim chorlagan
Kimsaning shod daqiqalarin
Uzaytirmas endi tong ortiq.
(A.Oripov tarjimasi)
XIII asrning ikinchi yarmida minnezangda tushkunlik boshlandi.

Download 41.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling