O‘rta asrlar Yevropa adabiyotshunosligi. Reja
Download 41.89 Kb.
|
O‘rta asrlar Yevropada adabiyot tayyor
Ritsarlik romani. Ritsarlik lirikasi kabi ritsarlik ham Frantsiyada vujudga kelib, keyin boshqa erlarga tarqaldi. Ritsarlik lirikasida bo`lgani kabi romanda ham sevgi, turmush quvonchlari asosiy mavzu edi. Sevgi ko`tarinki ruhda, fantastik bo`yoqlarda aks ettirilgan. SHuningdek, qahramonlar psixologik kechinmalarini tasvirlashga ham katta e`tibor berilgan. Ritsar’ xonimga bo`lgan sevgisi tufayli jangovar sarguzashtlarga (avantyura) otlanadi, lekin endi ritsar’ vatan manfaatlarini emas, balki o`z shaxsiy manfaatlarini ko`zlab safarga chiqadi.
Ritsar’ romanlari syujetlariga ko`ra 3 ta asosiy turkumga bo`linadi: antik, bretan va vizantiya turkumlari. Dastlabki ritsarlik romanlari yartilgani uchun antik adabiyot asarlari qayta ishlangan. Ana shunday asarlardan biri «Aleksandr haqida roman»dir. Aleksand Makedonskiy ham o`z yurishlari davrida ritsarga xos sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Lekin bu asar tom ma`noda ritsar’ romani bo`la olmaydi, chunki unda muhabbat mavzusi va xonimga ritsarcha xizmat etish aks ettirilmagan edi. Roman Aleksandr Makedonskiyning hayoti va qahramonliklari haqida hikoya qilinadi. XII asr oxirlarida paydo bo`lgan bu romanning mualliflari Lamber Le Tor (Lambert Le Tort) va Aleksandr de Berne (parijlik) (Alexandre de Raris) lardir. Bu roman yozilgan she`riy o`lchov keyinchalik asar nomi bilan aleksandr vazni deb atala boshlandi. Antik turkumga kiruvchi romanlardan yana biri «Eney haqida roman» (Roman d’Eneas» XII asr) hisoblanadi. Noma`lum avtor Vergiliyning «Eneida» dostonining sevgi va romantik lahzalarini tasvirlagan. Bretan turkumidagi romanlarda esa V yoki VI asrlarda yashagan qirol Artur asosiy qahramon hisoblanadi. Kurtuaz shoirlari kel’t din arbobi Gol’frid Momutskiyning «Britaniya qirollari» kitobi syujetlarini qayta ishlaydilar. Qirol Artur saroyi ritsarlar olamining markaziga, qirolning o`zi ritsarlarning barcha ishlarida odil xakam bo`lib gavdalanadi. Artur saroyida 12 ta mashhur ritsar’ bo`lib, ularni «yumaloq stol» ritsarlari deb atalgan. Bu stol atrofidagilarning barchasi barobar mavqega ega bo`lgan. Keyinchalik Qirol Artur haqidagi voqealarga boshqa voqealar ham qo`shiladi. Shundaylardan biri «Tristan va Izol’da» haqidagi romanlardir. Kel’t rivoyatlari asosida yaratilgan Tristan va Izol’da haqidagi syujet XII asr o`rtalarida juda ko`p arablar tomonidan ishlangan. Ammo bizga etib kelmagan. Bizgacha etib kelgan parchalar, syujetlar, tarjimalarni jamlash orqali XII asr o`rtalaridagi frantsuz romanining fabulasini tiklash mumkin bo`ladi. Ritsar-kurtuaz adabiyotining etakchi janri roman hisoblanib, uning manbalari quyidagicha ko`rsatiladi: 1. Antik turkum. – “Aleksandr haqida roman”, “Eney haqida roman”, “Troya haqida roman”. 2. Breton turkumi. Uning tarkibiga kiruvchi romanlar asosa buyuk qirol Artur haqida bo`lib, ular “Yumaloq stol romanlari” nomi bilan ham yuritiladi. U ritsarlar o`zini teng his qilishlari uchun yumaloq stol yasatgan edi. Buyuk qirol Artur qahramonligi haqidagi roman ustasi sifatida Kret’en de Trua (XII asr) keng shuhrat qozongandir. 1175 yilda yaratilgan “Ivan yoki Yulbars ritsar’” romani shu turdagi romanlar uchun xos bo`lgan xususiyatlarni juda yorqin ifodalaydi. Download 41.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling