Ona tili va adabiyoti fe’lli so‘z birikmalari berilgan javobni aniqlang


Download 22.16 Kb.
bet1/4
Sana04.05.2023
Hajmi22.16 Kb.
#1426151
  1   2   3   4
Bog'liq
Ona tili va adabiyot test (2)


ONA TILI VA ADABIYOTI



  1. Fe’lli so‘z birikmalari berilgan javobni aniqlang.




    1. daryo sari yurmoq, bahor kunlari




    1. yonma-yon yurmoq, hosildor ekin




    1. qo‘shiq kuylamoq, behad sevinmoq




    1. do‘stlarcha suhbatlashmoq, holdan toymoq




  1. Qaysi javobdagi ma’lumot xalq dostonlaridan biridagi Boybo‘ri obrazi haqida?




    1. U o‘g‘lini qutqarish uchun otlanadi, uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tadi.




    1. U kunlardan bir kuni o‘g‘li bilan saxiylik va baxillik haqida suhbatlashadi.




    1. U darvozabon bilan suhbatlashib o‘tirganda begona yurtga otlangan o‘g‘lini ko‘rib qoladi.




    1. U bir necha yil o‘zining o‘rniga qushbegisini qo‘yib, o‘g‘lining o‘tida kuyib, tagizaminga kirib, toat-ibodatga mashg‘ul bo‘lib yotadi.




  1. “O‘tkan kunlar” romanida Otabek va Mirzakarim qutidorni yurtni qipchoqlarga qarshi qayragan qora choponlar tarafdori sifatida

yomonlab qo‘rboshi bilan til biriktirgan, tuhmat qilgan qahramon kim?

A) Sodiq B) Ziyo shohichi C) Homid





    1. Rahmat




  1. Qaysi javobdagi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan?




    1. Bu ko‘rsatuv tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.




    1. Do‘stim, tamagirlik har qanday insonni qabohat sari yetaklaydi.




    1. Bugungi faravon hayotimizning qadriga yetmog‘imiz kerak.




    1. Kotiba qiz tanlovda mukofotlanganlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.




  1. Ibroyim Yusupov ijodiga oid ma’lumotni aniqlang.




    1. Ijodkorning tarjimalari “Mangu buloqlar” nomi bilan chop etilgan.




    1. Shoirning birinchi asari “Arg‘umoqlar” nomi bilan dunyo yuzini ko‘radi.




    1. Ijodkorning she’rlar va dostonlardan iborat dastlabki to‘plami “Biz boramiz” nomi ostida o‘quvchilarga hadya etildi.




    1. Shoir ba’zi she’rlariga “Firog‘iy” taxallusini qo‘yadi.




  1. Tog‘ etaklarida ko‘m-ko‘k maysalar uzra nafis gullar, turli xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi.

Mazkur gapdagi sifatlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?





    1. Orttirma va oddiy darajadagi sifatlar qatnashgan




    1. Otlashgan sifatlar qatnashgan




    1. Asliy va nisbiy sifatlar qatnashgan




    1. Tub va yasama sifatlar qatnashgan




  1. “…Nechun sen shahzodadan ranjiysen? Bu vafosiz toj-u taxt, insonlar ustidan hokimlik qilmoq lazzati o‘zingni ham aqli hushingdan ayirmagan edimu? Shahzoda yaxshi bo‘lsun, yomon bo‘lsun – o‘z farzanding, o‘z pushtikamaringdan bo‘lg‘an zurriyoting emasmu? Ot tepkisini ot ko‘taradur. Uni qarg‘ab, yomonlik tilagandan yaxshi so‘zingni so‘zlab, nasihatingni qilganing maqbul emasmu, ey osiy banda?”

O‘z farzandidan najot so‘rab kelgan hukmdorning o‘y-fikrlari ifoda etilgan ushbu parcha qaysi asardan olingan?





    1. “Navoiy” (Oybek)




    1. “Sohibqiron” (Abdulla Oripov)




    1. “Ulug‘bek xazinasi” (Odil Yoqubov)




    1. “Yulduzli tunlar” (Pirimqul Qodirov)




  1. Ega, kesim, hol, ega, kesim tartibida joylashgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang.




    1. Eshik ochildi va xonaga rassom kirib keldi.




    1. Xonaga rassom kirib keldi, shuning uchun eshik ochildi.




    1. Nodira kelsa, uyda hech kim yo‘q edi.




    1. Bahor keldi, dalada ishlar avj oldi.




  1. Qaysi maqolda tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til undoshlari sanalgan so‘z ikki o‘rinda qatnashgan?




    1. Ittifoq bitar, Noittifoq yitar.




    1. Ko‘p to‘kilsa, ko‘p bo‘lar, Ko‘p biriksa, el bo‘lar.




    1. O‘zing osmonda bo‘lsang ham, oyog‘ing yerda bo‘lsin.




    1. O‘qish jafoli, keti vafoli.





  1. Download 22.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling