Ona tili va adabiyoti fe’lli so‘z birikmalari berilgan javobni aniqlang


Download 22.16 Kb.
bet2/4
Sana04.05.2023
Hajmi22.16 Kb.
#1426151
1   2   3   4
Bog'liq
Ona tili va adabiyot test (2)

Rohat tashlab, jon mehnatin xushlag‘anlar,



Saharlarda jonin qiynab ishlag‘anlar,


Ho-yu havas, moumonni (manmanlikni) tashlag‘anlar Chin oshiqdir, hargiz oni yolg‘oni yo‘q.

Chin oshiqning sifatlari tasvirlangan ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub?


A) Atoyi B) Yusuf Xos Hojib


C) Ahmad Yassaviy D) Rabg‘uziy





  1. May – bahor qizining



O‘n sakkiz yoshi,


Uning ajib noz-u


Adolari bor.

Ushbu parchada qatnashgan so‘zlar haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.





    1. Ushbu parchada son turkumiga mansub so‘z bilan shakldoshlik hosil qila oluvchi ot ishtirok etgan.




    1. Ushbu parchada ot turkumiga mansub so‘z bilan shakldoshlik hosil qila oluvchi sifat ishtirok etgan.




    1. Ushbu parchada son va fe’l turkumi doirasida shakldoshlik hosil qiluvchi so‘z ishtirok etgan.




    1. Ushbu parchada ot turkumi doirasida o‘zaro shakldoshlik hosil qiluvchi so‘z ishtirok etgan.




  1. Qaysi javobdagi ma’lumot Said Ahmad haqida?




    1. Adib “Opa-singillar”, “Tug‘ilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor”, “Amu” nomli yirik asarlari bilan o‘zbek romanchiligini boyitishga hissa qo‘shdi.




    1. Adib “Qadrdon dalalar” va “Hukm” qissalari va ijtimoiy hayotdagi turg‘unlik davri yoritilgan “Jimjitlik” romani bilan o‘zbek nasrini boyitishga hissa qo‘shgan.




    1. Adib “Sinchalak”, “Muhabbat”, “O‘tmishdan ertaklar” qissalari va kolxozlashtirish mavzusi yoritilgan “Qo‘shchinor chiroqlari” romani bilan o‘zbek nasrini boyitishga o‘z hissasini qo‘shgan.




    1. Adib “Shinelli yillar”, “Oltin zanglamas” hamda “Jannat qidirganlar” kabi asarlari bilan o‘zbek romanchiligini boyitishga xizmat o‘z hissasini qo‘shgan.




  1. Qaysi gapda ot kesim vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?




    1. Qiz hali yosh bo‘lsa-da, bo‘ychan edi, bichimi ingichka va sambitgul novdasidek adl edi.




    1. Bu yerlarga kelgusi yil poliz ekinlari ekiladi.




    1. Berilgan va’dani bajarish har bir kishining vijdoniy burchi sanaladi.




    1. Nomussiz yashamoqdan nomusli o‘lmoq afzal sanaladi.




  1. Ulg‘ayib, ustiga egar urilibdiki, har yakshanba kuni butun Hisor ni oshib, shu yer (bozor)ga keladi. Tor taxta ko‘prikning yoniga omonatgina qurilgan choyxona etagida to‘xtaydi… To‘riq uzoq vaqtgacha bunga ko‘nikolmadi, bir-ikki marta, hatto tizginni uzib qochdi, butun bozor ahlini sarson qildi. Bir-ikki marta esa, yarim yo‘lda tixirlik qilib oyog‘ini tirab turib oldi, bo‘lmadi. Qam chi yedi. Endi ko‘nikib qoldi. Ushbu parchada tasviri keltirilgan to‘riq ot qaysi asarda uchraydi?

    1. “Ot egasi” (Sh. Xolmirzayev)




    1. “Asrga tatigulik kun” (Ch. Aytmatov)




    1. “Qiyomat qarz” hikoyasi (O‘. Umarbekov)




    1. “Do‘nan” hikoyasi (T. To‘la)




  1. Qaysi gapda tinsih belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud?




    1. A’lo o‘qish – sizning asosiy vazifangiz.




    1. Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo‘r bo‘ldi.




    1. Ahmadning aytishicha, ertaga futbol musobaqasi o‘tkaziladi.




    1. Xullas shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi.




  1. Qaysi gapda balki so‘zi zidlov bog‘lovchisi vazifasida kelgan?




    1. Tolibjon, balki, ularni ayblab adashayotgandirsiz?




    1. Inson go‘zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi.




    1. Yillar o‘tib, balki, bizni unutib yuborishar.




    1. Balki, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunday degandir.




  1. E-e, unda siz ham o‘zimizning mahalliy hokimiyatga o‘xshagan gap ekansiz-da. Ular ham dardingga sherik bo‘ladi, na xursandchiligingga. Nomi “mahalliy” bo‘lgan bilan, bilmayman, nargi mahallaga qaraydimi…”

Davrning ijtimoiy-siyosiy muammolarini sodda bir traktorchi tilidan ifodalagan ushbu parcha qaysi asardan olingan?





    1. “Tanho qayiq” (Erkin A’zam)




    1. “Temir xotin” (Sharof Boshbekov)




    1. “Sobiq” (Said Ahmad)




    1. “Dunyoning ishlari” (O‘tkir Hoshimov)




  1. Bu olamda bormagan yurtim kam qoldi, - davom etdi Bobur o‘ychan ohangda. – Ne-ne go‘zal maskanlarni zabt etmadim. Lekin hech yerda buningdek latofatlig‘ bir viloyat ko‘rmadim.

Ushbu parchadagi sof fe’llarga xos bo‘lgan qaysi grammatik ma’nolar o‘zaro bir xil emas?


1) mayl; 2) nisbat; 3) zamon; 4) shaxs-son; 5) tasdiq-inkor.





    1. 2,3,4




    1. 1,4,5




    1. 3, 5




    1. 4, 5





  1. Download 22.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling