Matnni o‘qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring.
To‘s-to‘polonli bir ov paytida Xisravi Parvezning tojidagi bitta gavhar yo‘qolibdi, ammo ov vaqtida buni hech kim payqamabdi. Shaharga qaytganlaridan so‘ng buni sezgan shoh gavharni topib kelishni o‘z mulozimlariga buyuribdi. Chunki bu gavhar juda qimmat bo‘lib, mamlakatning bir yillik xirojiga teng ekan. Shuning uchun shoh uni topgan kishiga katta mukofot va’da beribdi.
Bir guruh odamlar gavhar qidirib yurganida dasht-u biyobonda ikki odamga duch kelishibdi. Birining oti Muqbil, ikkinchisining oti Mudbir ekan. Mudbir juda takabbur ekan, shu sabab yo‘lida uchragan odamlarning oldidan kekkayib o‘tib ketibdi. Muqbil esa ularga tavoze bilan salom beribdi. U qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib salom berayotganda yerda yotgan gavharga ko‘zi tushib qolibdi va darhol uni olib shohning mulozimlariga beribdi.
Shoh va’da etilgan mukofotni Muqbilga beribdi. Mudbir esa shahar hammomiga go‘lax etib tayinlanibdi.
Matndagi tagiga chizib ko‘rsatilgan so‘zga ma’nodosh bo‘la
olmaydigan so‘zni aniqlang.
A) kamtarlik bilan B) vazifa bilan C) xokisorlik bilan D) odob bilan
Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda davom ettirilgan?
Kamtarlik, tavoze ... .
ortiqcha bo‘lib ketsa, kishiga ziyon yetkazadi.
manmanlikning bir turi bo‘lib ko‘rinishi mumkin.
har doim ham insonga foydasi tegavermasligi mumkin.
insonni hurmat-izzatga sazovor etadi.
Berilgan qaysi maqol ushbu matn mazmuniga mos kelmaydi?
G‘urur – g‘urbat, Kamtarlik – hurmat.
Kamtarga kamol, manmanga zavol.
Yo‘q narsa bor bo‘lar, kamtar bo‘lsang, Bor narsa yo‘q bo‘lar, manman bo‘lsang.
Aybi borning tizzasi qaltirar.
Do'stlaringiz bilan baham: |