Tmc bts 22-16 Rashidova E’zozaning matematika va uning o’qitish
Download 1.64 Mb.
|
Презентация1
TMC BTS 22-16 Rashidova E’zozaning matematika va uning o’qitish metodikasiMavzu:1-sinf matematika kitobi tahliliReja:
2021 yildagi matematika kitobi tahlili Matematika fani bilan o’quvchilar bog’cha paytlaridan boshlaydilar va tasavvurlarga ega bo’ladilar. 2021 yildagi 1-sinf matematika kitab o’quvchilarga ilk matematik bilimlarni berishdan boshlanadi. Matematikada kitobida ilk bilimlari narsalarni o’zaro joylashuvi, narsalarni taqqoslashdan boshlanadi. Undan so’ng esa raqamlar bilan tanishtiriladi keyin esa taqqoslanadi. Bularni hammasini o’quvchilar yaxshi bilishlari va o’rganishlari uchun esa ularga dasturchilar tomonida 20 ta matematik qo’llanmali o’yinlar ishlab chiqildi. U dasturlarda foydalanganda o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlari ortadi va o’zlashtirishlari oson boladi. Ulardan o’quvchilar o’ynagan ularga o’qituvchilarni keragi bo’lmiydi. U vazifalarni ular mustaqil bajara oladilar. Keyin esa ularga o’rgangan raqam lari ustida amallar bajarish ko’rsatilgan. Ularga kesma nur, nuqta, siniq chiziqlar va geometric shakllar va burchak turlari o’rgatilgan O’rgatilgan mavzularni barchasi ularni yon atrofdagi narsalar bilan bog’lab turgan. Simmetriya bo’limida o’quvchilar yo’l harakat belgilarini bilib olishlari mumkin. Sodda fazoviy shaklar haqida ham ma’lumotlar berib o’tilgan. Xulosa qilib etganda 1 sonni va 100 sonni ichida amallar bajarishni, ilk mantiqiy masalarni rasmlar ko’rinishda topishni, geometrik shakllar haqida ilk tasavvurga ega bo’ladilar. 2021 dagi darslikda bu matematika oid darslar yengil va sodda ko’rinishda o’quvchilarga yetkazilgan. 2023 yildagi matematika kitobi tahlili 2021 yildagi matematika darsligi Milliy o’quv darsligi asosida yaratilgan bo’sa, 2023 yildagi darslik xalqaro talablar asosida yaratildi. Darslikni ahamiyatli jihati shundan iboratki u darslik amaliyotchi o’qituvchilar tomonidan yaratilganligidir. Eng avvalo kitobni muqovasi maktab o’quvchilarnigini emas balki kattalarni ham o’ziga jalb qilayotganligidir. Sinfda 30 tadan ortiq o’quvchilar bilan ish olib boradigan o’qituvchilar ularni yoshi, xususiyatlariga qarab ularni bilim darajasini o’qituvchi yaxshi biladi va shunga qarab tuzilgan. Darslikda ko’proq mantiqiy masalalarga murojaat qilingan. Hozirgi kunda eng ahamiyatli jihati shundan iboratki darslikni 4 K tamoyili asosida yaratilganligidir. O’z nomi bilan 4 K yondashuvi 4tamoyilni o’z ichiga oladi. 1.Kreativ fikrlash 2.Kretik fikrlash 3.Kommunikativiylik 4.Kollabaratsiya Yangi innovatsion yondashuvni O‘zbekiston maktablarida joriy etishdan oldin xorijiy tajribalar ham o‘rganildi. Singapur, Xitoy, Angliya, Finlandiya, Estoniya kabi ta’limi ilg‘or mamlakatlar o‘quvchilarda 4K tamoyilini o‘z ichiga olgan XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratadi. PISA, PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar ta’limida o‘quvchilarda "4K"ni o‘z ichiga olgan muloqot, tadqiqot, yaratuvchanlik kabi ko‘nikmalarga alohida urg‘u berilgan va shuning uchun ham ular xalqaro reytinglarda katta natijalarga erishishyapti .Kreativ fikrlash: O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Kritik (tanqidiy) fikrlash: Ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi.Kollaboratsiya: Darsliklar o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi. Kommunikativlik: O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rganadi.Xulosa Yangi innovatsion yondashuv natijasini o‘quvchining dunyoqarashi, fikrlashi o‘sishida ko‘rish mumkin. XXI asr o‘quvchisi portretida XXI asr ko‘nikmalari bo‘lishi kerak. Innovatsion yondashuvni qo‘llashdan asosiy maqsad ham shu. Qolaversa, ta’limning asosiy maqsadi – o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat.Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling