Mavzu: Asliy va nisbiy sifatlar


Download 29.04 Kb.
Sana19.10.2020
Hajmi29.04 Kb.
#134882
Bog'liq
DURDONA


Sana :14-mart 2020 -yil

Sinf: 6”A”

Fan: ona tili

Mavzu:Asliy va nisbiy sifatlar

Darsning maqsadi:

Ta’limiy-o’quvchilarga asliy va nisbiy sifatlar va ularning imlosi haqida tushuncha ,ma’lumot berish

Tarbiyaviy-o’quvchilarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ilmning qadriga yetishga o’rgatish, o’tmishga, buyuk ajdodlarga, milliy qadriyatlarga ehtirom tuyg’ularini singdirish;

Rivojlantiruvchi-o’quvchilar savodxonligini o’stirish, zehn va sinchkovlik qobiliyatlarini va ma’naviy fazilatlarni rivojlantirish.

Darsda qo’llanilgan kompetensiya

Tayanch kompetensiya: Milliy va umummadaniy kompetensiya: adabiy til va nutq me’yorlariga amal qilish, odob- axloq qoidalariga rioya qilish;

Fanga oid kompetensiya:1. Nutqiy kompetensiya – tinglab tushunish, o’qish,so’zlash, yozish:mashq va topshiriqlarni tushuna oladi, mustaqil va ijodiy fikrlay oladi.

2.Lingvistik kompetensiya: gapda so’zlarning bog’lanishi, so’z birikmasi va gap bo’laklarini farqlayd i,izohlay oladi. O’rganilgan ifoda vositalarini og’zaki va yozma nutqda to’g’ri qo’llaydi.

Dars usuli : an’anaviy

Dars tipi: yangi bilim berish

Dars jihozi: darslik, mavzuga doir ko’rgazma, tarqatma material, test savollari

Dars borishi :

I.Tashkiliy qism :salomlashish , davomatni aniqlash. Tozalikni takshirish ,psixologik iqlim yaratish , uyga vazifani so’rash va bajarilganligini nazorat qilish

II. O’tgan mavzuni so’rash va savol – javob o’tkazish



  1. Sifat deb qanday so’zlarga aytiladi?

  2. Sifatlar tuzilishiga ko’ra necha xil bo’ladi?

  3. Sifat yasovchi qo’shimchalarga misol ayting.

  4. Sifat yasovchi qo’shimchalar so’zga qo’shilganda asosga qanday o’zgarishlar bo’lad

  5. Juft sifatlar deb nimaga aytiladi?

  6. Takroriy sifatlarga misol ayting.

III.Yangi mavzu bayoni

Topshiriq bajariladi “Berilgan sifatlarga -roq qo’shimchasini qo’shib ko’rish orqali bajariladi

Mazali, go’zal,chiroyli, ro’molli, sermaza, erksevar, paxtali…..

2-topshiriq Berilgan so’zlarga eng, juda,sal kabi so’zlarni aqo’shib qo’rish orqali bajariladi

Qora,qizil,qishki,soyaki,do’ppili,beor

Bilib oling: Belgini to’g’ridan to’g’ri ifodalaydigan va uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi.

Bunday sifatlar –roq qo’shimchasini qabul qiladi

Belgini to’g’ridan to’g’ri emas,balki boshqa bir tushunchaga nisbatlangan holda ifodalangan va daraja ko’rsatish imkoniyatigaa ega bo’lmagan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi.

Bunday sifatlar –roq qo’shimchasini qabul qilmaydi

336-mashq Gaplarni ko’chisish asliy va nisbiy sifatlarni aniqlash

1.Hovlimizda ko’cha eshikdan kiraverishda kichkina ,g’ishtin uucha bor .

2 Temir yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo’lgan buyuk shaxs edi.

364-mashq sifatlarni o’zi bog’langan so’z bilan birga ko’chirish

Ko’m-ko’k maysalar , nafis gullar, xushbo’y giyohlar, siyrak daraxtlar, pakana daraxt chiroyli tashlaydi, ko’rkam turadi , aqlli jonovorlar tiniq ko’zlari ……

365-mashq Asliy va nisbiy sifatlarni toppish va ajratish

Damolish kunlaridan biri edi . Ko’chaga chiqdim . Kech kuz bo’lsa ham , havo ochiq quyosh charaqlab turardi . Hamma yoqda yaproqlar: oq , sariq,yashil yaproqlar….

IV Mavzuni mustahkamlash

1.Asliy sifatlar deb nimaga aytiladi?

2. Nisbiy sifatlarga misollar ayting ?

3. Nisbiy sifatlarga –roq qo’shimchasini qo’shish mumkinmi?

4 . Ularni qanday farqlaymiz ?

V .O’quvchilarni baholash

VI.Mavzuni yakunlash . Uyga vazifa befrish 366-mashq “Ozbek milliy liboslari “ mavzusida matn tuzish

lar O’zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo’lgan sifat juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi.

Esda tuting :Juft sifatlarqismlari-u,-yu vositasida bog’lansa , ular ajratib yoziladi:yakka-yu yagona

– mashq. Mashqni og’zaki bajarish , juft sifatlarni topib izohlash

1)katta-kichigi 2)sarg’sh – qing’ir 3)turli-tuman 4)baland – past

- mashq Mashqda nuqtalar o’rniga gapda mos keladigan so’zni qo’yib ko’chirish

1) Shoshilish , yengil-yelpi ishlarga havas, jahldorlik –nodonlar ishi

2)Goho-gohokeladigan uzuq-yuluq xabarlardan boshqa aloqa yoq.

3)Sehrli qalpoq axtarib eski-tuski kiyim – boshlar tashlanadigan burchak –surchaklarni tintuv qilib yurgan edim.

4)Mayda-chuyda tiqilgan ro’molni ko’tarib qorovulxonaga kirdi

IV. Otgan mavzuni mustahkamlash.


  1. Juft sifatlar deb nimaga aytiladi?

  2. Juft sifatlar qanday yoziladi?

  3. Juft sifatlar o’rtasida –u,-yu vositalari ishlatilganda ularning imlosida qanday o’zgarish bo’ladi?

  4. Ma’nodosh bo’lgan juft sifatlarga misollar ayting

  5. Ma’nosi qarama-qarshi so’zlardan tashkil topgan so’zlarga misol ayting?

“Davom ettir”oyini orqali mavzuni mustahkamlash

Do’st-


Achchiq-

Yaxshi-


Uzoq-

Oq-


V.O’quvchilarni 5 ballik tizim asosida baholash

VI. Uyga vazifa berish -mashqni bajarish

1)Menga o’xshash esli-hushli yigitga zoriqib o’tirgan ekan

2)Shoxlar qurib , ularda yakkam-dukkam yaproqlardagina qoladi

Ilmiy bo’lim mudiri N0rova Gulbahor


t/r

Darsning borishi

Vaqti

1




5 daqiqa



















2




10 daqiqa

3




15 daqiqa

4




10 daqiqa

5




3 daqiqa

6




2 daqiqa

O’quvchilar: Assalomu alaykum, ustoz.

Ona tilim- oy tilim, hikmatlarga boy tilim.

Shon tilim, shavkat tilim, mustaqil davlat tilim.

O’qituvchi: Assalomu alaykum, aziz o’g’il-qizlarim.Darsimizni boshlashdan avval, sizlar bilan bir narsaga kelishib olmoqchiman. Necha asrlar, yillar o’tsa hamki, o’zgrmas bir oltin qoida bor. Bu ham bo’lsa, mana bu o’quvchilar qoidasi. Mana shu “Oltin qoida”ga amal qilgan holda o’quvchilar qoidasiga rioya qilib,qo’llarimizni parta ustiga qo’yib, bir-birimizni o’zaro hurmat qilib, tartib-intizomni saqlagan holda darsimizni boshlaymiz.

Maktab nafaqat ta’lim,balki tarbiya maskani hamdir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya ishlarini birgalikda olib boramiz.

Aziz bilimga chanqoq, zukko o’quvchilarim,

Siz tayyormisiz darsga, a’lo o’quvchilarim.

O’quvchilar: hammamiz ham sog’lommiz,

Darsga tappa tayyormiz.

O’qituvchi: tayyor bo’lsangiz ayting

Maqsadingiz nimadir?

O’quvchilar: Maqsadimiz - a’lo o’qish

Yurtga sodiq farzand bo’lish

O’qituvchi: Shioringiz:

O’quvchilar: Beshikdan qabrgacha ilm izla.

O’qituvchi: Yigirma sakkiz qora ko’z

Chaqnar misoli yulduz.

Qani menga ayting-chi

Sinfda kim navbatchi?

O’quvchi: Sinfimizda doim, yigirma sakkiz o’quvchi

Ta’lim olish bilan band, bugun menman navbatchi.

O’n to’rt o’g’lon sinfning oldingi qatorida

O’n to’rt nafar qiz esa yuramiz doim birga.

So’ngra o’quvchilar bu yilning nomi va oktyabr oyida qanday muhim sanalar borligi haqidagapiradilar hamda she’rlar aytadilar.

O’qituvchi: Keling o’quvchilar, endi hozirgi kunda yurtimizda ro’y berayotgan o’zgarishlar haqida gapirsak.

1-o’quvchi: Bugungi kunda Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan barcha sohalarni isloh qilishga qaratilgan bir qancha qaror vafarmoyishlar ishlab chiqilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha 5ta muhim tashabbus qabul qilindi.

2-o’quvchi: Birinchi tashabbus-yoshlarning musiqa, rassomlik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, o’z qobiliyatlarini namoyon qilishga ko’maklashish.

3-o’quvchi:Ikkinchi tashabbus- yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug’ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish.

4-o’quvchi: Uchinchi tashabbus- aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari hamda internetdan foydalanish ko’nikmalarini oshirish.

5-o’quvchi: To’rtinchi tashabbus- aholi va yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.

6-o’quvchi:Beshinchi tashabbus- xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish.

7-o’quvchi saylov haqida ma’lumot beradi.

O’qituvchi: Mana, darsimizni ham boshlab oldik. Bugungi darsimizni bellashuv asosida olib boramiz. Sinf o’quvchilarini uch guruhga bo’lib olamiz.

1-guruh – “Istiqlol” guruhi, 2-guruh – “Iftixor” guruhi , 3-guruh – “Iste’dod” deb nomlanadi. Har bir guruh ishtirokchilari bergan javoblar uchun “Rag’bat” va “Jarima” kartochkalari bilan baholanib boradi. Dars so’ngida ballar hisoblanib g’olib guruh aniqlanadi.

O’tilgan mavzu: “Hol haqida ma’lumot”. Uyga vazifa: 140-mashq. Bunda o’quvchilar o’zlari sevgan alloma haqida ma’lumotlar yozib, undagi hollarni topishlari kerak. O’quvhilar A.Navoiy, Z.M.Bobur, A.Temur va boshqa allomalarimiz haqida ma’lumotlar yozib kelganlar.

Savollar: 1. Hol deb nimaga aytiladi?

2. Hol tahlilda qanday belgilanadi?

3. Gapirdi kesimini qachon?, qayerda?so’roqlariga javob bo’luvchi holler bilan kengaytiring.

Endi esa o’tilgan mavzuni eslab, mustahkamlab olamiz. Buning uchun “Gap bo’laklari qasri” usulidan foydalanamiz.

Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim o’tgan zamonda “Gap bo’laklari” qasri mavjud bo’lgan ekan. Uning shohi Gap bo’laklari ekan. Uning 5ta vaziri bo’lgan ekan. Ularning har qaysisining o’ziga xos vazifalari bor ekan. Keeling shu kichik davlatning shoh va vazirlari bilan tanishib olsak.

1-o’quvchi: Men shu qasrning shohi “Gapbo’laklari”man. Gap tarkibida ma’lum so’roqqa javob bo’luvchimustaqil so’z yoki so’zlar birikmasi mening tarkibimdir. Mening 5ta vazirim bor. Bosh vazirim “Kesim” hisoblanadi. Hozir ular har biri o’zlari haqida ma’lumot berishadi.


2-o’quvchi: Kesim. Shaxs-son ma’nolarini ifodalab, nima qilmoq?, nima bo’lmoq?, kimdir?, nimadir?, qayerdir? so’roqlariga javob bo’luvchi mustaqil so’z kesimman. Men gapning mazmuniy markaziman, boshqa bo’laklarsiz ham gap bo’la olaman.

3-o’quvchi: Ega. Men kesimga bo’lanib, kim?, nima?, qayer? so’roqlariga javob bo’laman. Tahlilda men bir to’g’ri chiziq bilan belgilanaman. Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanilmasa,yozuvda kesim bilan o’rtamizda tire qo’yiladi. Masalan: Ona tili – millat ko’zgusi.

4-o’quvchi: Hol. Men fe’lga bog’lanib,qachon?, qayerda?, qanday qilib? nima maqsadda? Singari so’roqlarga javob bo’laman. Men fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o’rnini, tarzini, sababini,maqsadini bildiraman. Tahlilda nuqtalardan iborat chiziq bilan belgilanaman.

5-o’quvchi: Aniqlovchi. Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning qandayligi,kimga yoki nimaga qarashli ekanliginibildirib, qanday?,qanaqa?, qaysi?, qancha?, nechta? ,kimning?, nimaning? so’roqlariga javob bo’luvchi bo’lak aniqlovchiman. Men ma’nosiga ko’ra 2 xil bo’laman: sifatlovchi aniqlovchi va qaratqich aniqlovchi. Tahlilda to’lqinli chiziq bilan bellgilanaman.

6-o’quvhi: To’ldiruvhi. Men doimo kesimga bog’lanaman. Kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimni?, nimani?, kim bilan?, nima bilan?, kim haqida?, nima haqida? so’roqlariga javob bo’laman. Tahlilda men siniq chiziq bilan belgilanaman.

O’qituvchi: Rahmat sizlarga. Marhamat endi joyingizni egallang. Endi esa to’ldiruvchi haqida to’laroq ma’lumotga ega bo’lamiz.

To’ldiruvchi hokim bo’lakka kelishik qo’shimchalari yoki ko’makchilar yordamida bog’lanadi. Tushum kelishigidagi to’ldiruvchi doimo fe’l orqali ifodalangan kesimga bog’lanadi.

To’ldiruvchi vositali va vositasiz turlarga bo’linadi. Vositasiz to’ldiruvchi – belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllari bilanifodalangan to’ldiruvchidir. Kimni?, nimani? So’roqlriga javob bo’ladi. Vositali to’ldiruvchi – kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kim haqida?, nima haqida? Kim bilan?, nima bilan? so’roqlariga javob bo’ladi.

141-mashq yozma bajariladi. Maqollar ma’nosi haqida qisqacha to’xtalib o’tiladi. Maqol atamasi haqida ham ma’lumot berilib,adabiyot darsi bilan ham bog’lanadi.

Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, yomon bilan yursang qolarsan uyatga.

Yosh kelsa – ishga, qari kelsa – oshga.

O’zingga o’zingni maqtagandan qo’rq.

142-mashq o’qituvchi tomonidan ifodali o’qiladi. Nuqtalar o’rniga kerakli qo’shimchalar qo’yilib, to’ldiruvchilar izohlanadi.

Abu Rayhon Beruniy o’lim to’shagida yotganida, uning huzuriga shogirdlaridan biri kiribdi. U ustozining umri tugayotganini sezib, ko’nglini ko’targan bo’libdi. Kutilmaganda Beruniy unga bir savol berib qolibdi

-Avval sog’ayib oling, shu savolga javobni bilishingiz shartmi? – deb so’rabdi shogid ustozining qiynalishini istamay.

Shundan so’ng o’quvchilar Beruniy haqida ma’lumotlar berishadi. Bizga Beruniydan 20dan ortiq asar meros bo’lib qolgan. Ularning ichida astronomiyaga oid asari benihoya katta ahamiyatga ega. Uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston” kabi asarlari tarix fani uchun muhim manba hisoblanadi.

O’qituvchi: Asrlar yillarga, yillar fasllarga, fasllar oylarga, oylaresa kunlarga o’rnini bo’shatib beraveradi. Abu Rayhon Beruniy bobomiz aytganidek, yer o’z o’qi atrofida aylanaveradi. Demakki umr atalmish orqaga qaytmas qimmatli narsa o’tib boraveradi. Har bir kunimizdan, har bir soniyamizdan unumli foydalanib, a’lo o’qib, buyuk allomalarimizdek buyuk insonlar bo’lib yetishishimiz, buyuk-buyuk ishlarni amalga oshirishimiz uchun,albatta, a’lo o’qishimiz, hunar o’rganishimiz va albatta Vatanga munosib farzand bo’lishimiz kerak.

Bundan so’ng “Qolipi sizdan- gapi bizdan” o’yini o’tkaziladi. Bunda har bir guruhga uchtadan gap qoliplari beriladi, ana shu qoliplar asosida o’quvchilar gap tuzadilar.

143-mashq. ” Birni kessang, o’nni ek” mavzusida bahs uyushtiramiz. O’quvchilar o’z fikrlarini aytadilar va oxirida o’qituvchi A.Navoiyning “Ko’klam kelsa ko’chat ek” hikoyasini aytib, fikrlarni xulosalaydi.

Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan “Ha yoki yo’q” oyinini o’tkazamiz. Bu bilan darsda barcha o’quvchilar ishtiroki ta’minlanadi.

Mustahkamlash: Savol-javob.

1.To’ldiruvchi deganda qanday bo’lakni tushunasiz?

2.To’ldiruvchi necha xil bo’ladi?

3. To’ldiruvchi qaysi bo’lakka bog’lanadi?

4.To’ldiruvchini hokim bo’lakka bog’lovchi vositalar qaysilar?

Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi, g’olib guruh aniqlanib, o’quvchilar rag’batlantiriladi.



Uyga vazifa: 144-mashq. Bo’sh kataklarni unlilar bilan to’ldirsangiz, to’ldiruvchi ishtirok etgan gap hosil bo’ladi. Gapni topib, izohlang.

Ayrilganni ayiq yer, bolinganni bo’ri yer.
Download 29.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling