O‘rta asrlar yevropa san’ati


Rimdagi Santa Kostansa cherkovi mozaikalari. IV asr


Download 1.37 Mb.
bet11/11
Sana16.01.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1095171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Odina Umaraliyeva

Rimdagi Santa Kostansa cherkovi mozaikalari. IV asr.
Vizantiya badiiy madaniyatida zodagonlar san’ati ham katta ahamiyat kasb etgan. Bu davrda qal’a inshootlari, saroylar va turar joylar bunyod etilar, ularda haykaltaroshlik alohida o‘ringa ega edi. Vizantiya miniatyurasida tarixiy va tabiiy fan mazmunidagi tasvirlar ishlanishi davom etadi. Turli davrlarda Konstantinopol bilan bir qatorda Ravenna, Fessalonika, Kichik Osiyo, Suriya, Misr kabi badiiy markazlar paydo bo‘la boshladi.
Antik davrining badiiy merosi IV-V asrlarga oid Santa Kostansa, Santa Mariya Madjore, Santa Pudensiana cherkovlaridagi rim mozaikalarida aks etadi. Ularda antik an’analar bilan birga badiiy obrazning hissiyligiga qarama-qarshi bo‘lgan ruhiy, ilohiy ibtido yaqqol namoyon bo‘ladi.
Kitob miniatyurasi va ikonanavislik san’ati rivoji. Kitob miniatyurasining rivoji Vizantiya madaniy hayotida kitobning ahamiyati o‘sishi bilan bog‘liqlikda kechdi. Ko‘plab qo‘lyozmalarda tarqaluvchi diniy adabiyot miniatyuralar bilan boy bezatilardi. Shu bilan bir qatorda antik yozuvchilar asarlari, tarixiy, ilmiy-texnik va she’riy kitoblar keng tarqaldi. Odatda kitoblar ko‘chirilgani sababli ularni bezab turuvchi miniatyuralar rassomlar tomonidan asl namunasidagi tasvirni o‘zgartirmasdan qaytarilar edi.
Kitobot san’ati rivoji eramizning ilk asrlarida keng tarqalgan kitob-o‘ramlardan alohida varaqlardan tikilgan kitoblar shakliga o‘tish bilan belgilanadi. Bu bilan bog‘liq holda bir vaqtning o‘zida kitobni tasvir yordamida bezash usullari ham o‘zgaradi. Matnga ilova bo‘luvchi rasmlar o‘rniga, to‘g‘ri burchakli varaq formatiga xos tugal dastgohli kompozitsiya shaklidagi alohida illyustratsiyalar paydo bo‘ladi. Ular kitobga alohida varaq bo‘lib tikiladi. Biroq o‘ramli kitob shakllari keyinchalik ham uchrab turgan (Iisus Navinning Vatikan o‘rami, V asrga oid asl namunaning VII asrdagi nusxasi). Bu miniatyuralarda o‘rta asrlar badiiy dunyoqarashi namoyon bo‘ladi. Rassom qahramon jangchi haqida hikoya qiladi, shahar va qishloq manzaralarini tasvirlaydi. Tasvirlardagi qomatlar hajmni, murakkab burilishlarni va jo‘shqin harakatlarni ifodalovchi kuchli shtrixlar bilan hoshiyalangan. Miniatyuralarda so‘nggi antik san’atdan o‘zlashtirilgan ramziy allegoriya obrazlarini ham uchratish mumkin. Masalan, Iisus Navin va farishtani Ierixon qarshisda tasvirlovchi sahnada shahar ma’budasining qomatini ko‘rish mumkin.
So‘nggi antik an’analarning ta’sirini VI asrning birinchi choragida ishlangan Dioskoridning qo‘lyozmasidagi (Vena) miniatyura orqali tavsiflash mumkin. Unda mashhur yunon va rim tabiblari qatorida mandragora ildizining mo‘jizaviy qudratini kashf etuvchi Dioskorid tasviri ishlangan. Qo‘lyozma buyurtmachisi Yuliana Anikiyaning portreti Oliyjanoblik va Odillik allegoriyalari qurshovida tasvirlangan. Bu tasvirlar naqshinkor bezak ichida ifodalanib, kompozitsiya frontalligi va tantanavorligi qomat va qiyofaning jonli plastik chizgilari, o‘ta boy, nazokatli va quvonchbaxsh rang gammasi bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etgan.
Ingliz va irland miniatyuralaridagi inson qomati o‘ta g‘ayrioddiy ifodaviylikka ega. Ular insonga xos shakllardan qurilgan naqshga o‘xshab ketadi (Injil qo‘lyozmasi miniatyurasi, Sankt-Gallen, Monastir kutubxonasi; Lindisfarn Injili miniatyurasi, London, Britaniya kutubxonasi). Ko‘rinib turibdiki, o‘rta asr rassomi Injilning qadim qo‘lyozmasidan foydalangan va uni didiga mos tarzda o‘zgacha talqin etgan. Unda Injil yozuvchisi av. Lukaning liboslaridagi taxlamlar bir-biriga ulanib ketuvchi tasmalarga, jingalak sochlar va quloq suprasi spiralsimon gajaklarga monand ishlangan. Avliyoning qiyofasi esa qotib qolgan niqobni yodga soladi. Evangelistlar* va avliyolar qomati go‘yoki o‘z ifodasini qadim but-sanamlardan o‘zlashtirayotgandek. Tabiiyki, milliy qadriyatlar va diniy dunyoqarashlar ta’sirida tarbiyalangan rassom uchun xristan matnini yangi talablar bo‘yicha illyusratsiya bilan bezatish murakkab vazifa bo‘lgan. Shunga qaramasdan, bu kabi asarlarga qo‘pol bajarilgan nusxalarga qaragandek munosabatda bo‘lish nojoiz. Sodda rassomlarning o‘ziga xos badiiy nigohi va malakasi nafaqat kitob sahifalarida go‘zal naqshlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi, shuningdek g‘arb san’atida yangi badiiy jarayonlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Aynan klassika va mahalliy an’ananing kesishuvi G‘arbiy Yevropa badiiy madaniyati rivojiga kuchli turtki berdi.
Badiiy ijodga diniy xristian talablarining kirib kelishi yangi san’at turalrining paydo bo‘lishiga olib keldi. Shu tarzda VI asrda Vizantiya san’atida dastgohli rangtasvirning asosiy shakliga aylangan ikonopis – sanamnavislik badiiy usullari paydo bo‘ldi. Bizga qadar yetib kelgan eng qadimgi ikonalardan birida (VI asr mansub “Avliyo Sergiy va avliyo Vakx” Sinay maktabi ikonasi) Rim imperiyasining sharqiy xududlariga xos so‘nggi antik rangtasviri an’analarini kuzatish mumkin.
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling