O‘rta asrlar yevropa san’ati


Konstantinopoldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasining tashqi


Download 1.37 Mb.
bet9/11
Sana16.01.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1095171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Odina Umaraliyeva

Konstantinopoldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasining tashqi (a) va ichki ko‘rinishi (b).
Avliyo Sofiya soborining ichki me’moriy qurilmasi tomoshabin nigohidan berkitilgan. Bosh aylanadigan darajada ulkan gumbaz ostida inson inshoot mo‘jizasini idroki bilan emas, balki hayajonlangan qalbi bilan anglashi lozim edi. Me’morchilik insonni ilohiy qudrat oldida ojizligini his etishga majbur qilgan va shu bilan birga Vizantiya imperiyasi qudratini namoyish etgan.
* * *
Erta Vizantiya san’ati shakllanishida Yaqin Sharq mamlakatlari san’ati, xususan Kichik Osiyo, Suriya, Mesopotamiya va Falastin (VII asrda arablar tomonidan istilo etilguniga qadar) me’morchiligi va tasviriy san’ati katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu yerda xristian san’ati murakkab ijtimoiy va madaniy makonda shakllanadi. Taraqqiy etgan antik shaharlar qadim sharq madaniyati chizgilarini saqlagan viloyatlar bilan qo‘shni edi. Bu o‘lkalarda xristian dini Yaqin Sharqqa antik madaniyatni olib kelgan o‘zga yurtliklarning ijtimoiy va milliy zo‘ravonligi muxitida targ‘ib etiladi. Shu sababli ham sharqda din o‘ziga xos fanatizm, zohidlik va mo‘jizalarga boy xislatga ega bo‘ldi. Rimda mazkur xususiyatni uchratmaymiz. Antik majusiylikka salibiy munosabat sanamnavislikka kuchli qarshilik jarayonlarini yuzaga keltirdi.
S imeon Stolpnik cherkovi. Kalat-Seman, Antioxiya atrofi, V asr. Rekonstruksiya
IV asrning birinchi yarmidan boshlab Yaqin Sharqda cherkov qurilishlari keng rivojlandi. Aksariyat diniy inshootlar antik ibodatxonalarni qayta qurish orqali yoki so‘nggi antik davrning an’analari asosida bunyod etildi. Ko‘p hollarda odatiy bazilika va markazlashgan inshoot tiplarini mahalliy diniy-badiiy ideallarga mos holda qurish kuzatilgan. Diniy inshootlarning ko‘rinishi turli variantlarda uchrasada, ularning barchasida cherkovni zamin va falak ibodatxonasi sifatida tushunish g‘oyasi aks etgan. Shu sababli, xristian kishisi kabi ibodatxonalarning tashqi qismi juda sodda, ichki qismi esa go‘zal va boy bo‘lishi lozim edi. Kalb-luze (Shimoliy Suriya, V asr) bazilikasi Yaqin Shaqrdagi ibodatxonaga misol bo‘la oladi.
IV-V asrning boshlarida Yaqin Sharqda yangicha me’moriy tiplar shakllanadi. V asrning oxirlariga kelib Kichik Osiyo me’morchiligida bazilika va gumbazli ibodatxonalarni o‘zaro uyg‘unlashtirishga intilgan namunalar paydo bo‘ladi (bu izlanishlar g‘arb mamlakatlarida ham uchraydi). 474 - 491 yillar oralig‘ida Meriamlikda (Kilikiya) to‘rtta ustun yordamida uch nefga bo‘lingan kichik bazlika bunyod etiladi. Xodja Kalessi (Isavriya, V asr) ibodatxonasida gumbazli bazilika me’morchiligining yangicha yechimi kuzatiladi. Unda gumbaz uch nefli bazilikaning markazida, o‘rta nef uzra joylashtirilgan. Simeon Stolpnik cherkovi (Kalat-Seman, Antioxiya atrofi, V asr) markazlashgan tarx tizimini bazilika bilan uyg‘unlashtirgan o‘ziga xos yodgorlik sanaladi. Unda markaziy sakkiz qirrali ochiq hovli atrofida (ehtimollarga ko‘ra bu hovli ravoq bilan berkitilgan) dunyo tomonlariga qaratilgan to‘rtta uch nefli bazilika joylashtirilgan. Bu inshoot ibodatxona tarxining xochsimon shakldagi izlanishlariga misol bo‘lib, keyinchalik Vizantiya me’morchiligiga xos xususiyatga aylanadi. Bu davrda bir vaqtning o‘zida Suriyada yuqori ahamiyatga ega dunyoviy inshootlar ham barpo etiladi. El Bar, Deyr Sanbile, Ruveyxda fasad qismi kollonadalar bilan bezatilgan ikki qavatli turar joy qoldiqlari saqlanib qolgan.
Suriyada bir qator miniatyurali qo‘lyozmalar hamda ko‘plab haykaltaroshlik namunalari va amaliy san’at asarlari yaratilgan. Ekspressiv va dramatik obrazlarga ega bo‘lgan Suriya miniatyurasi maktabi uzoq vaqt Vizantiya rangtasviriga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
IV-V asrlar Vizantiya san’atida Misr ham o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu yerda xristianlik tarqalishi va xukmronlik qilishi davriga oid Kopt san’ati shakllangan. Aleksandriya Misrning yirik shahri bo‘lib, ellinizm san’ati an’analarining muhofizi sanalgan. Kopt san’atida yangi xristian g‘oyalarini so‘nggi antik davr badiiy ijodi bilan o‘zaro uyg‘unlashtirgan asarlar yaratilgan. Aleksandriya san’atining Vizantiyadagi boshqa xududlar san’atiga ta’siri juda ulkandir. Diniy inshootlarda mahalliy me’morchilik chizgilari yaqqol namoyon bo‘lgan. Masalan, Katta monastir bazilikasi (V asr) tepaga qarab ingichkalashib boruvchi devorlardan barpo etilib, ko‘rinishi jihatidan qadim misr ibodatxonalarini yodga soladi. Liviya cho‘lidagi El Bagauat maqbarasida gumbazli me’morchilik namunasini ko‘rish mumkin. Bu kichik xajmdagi, sodda inshootlar devoriy suratlari bilan qiziqarlidir. Injil mavzulariga ishlangan tasvirlar mahalliy lavhalar, misr manzarasi va shu kabi elementlarni qo‘llash orqali ifodalangan. Yozuv uslubi juda sodda ifodaviylikdadir.
Mirs san’atida bo‘rtma haykaltaroshlik, suyak o‘ymakorligi va badiiy mato to‘qish san’ati keng rivojlangan. Maqbaralardan topilgan kopt matolari noyob badiiy meros sanaladi. IV—V asrlarga mansub matolardagi tasvirlarda ellinistik an’analar, qadim diniy-afsonaviy mavzular yetakchilik qilgan. IV asrga mansub rangning nozik o‘tishlari orqali aks etgan Nil va yer ma’budasi Gening hajmli tasviri tushirilgan ikki medalon mazkur fikrga misol bo‘ladi. Medalonni mazkur davr matolari bezagiga xos bo‘lgan yorqin guldasta o‘rab olgan. VI—VII asrlardagi matolarda xristian lavhalari aks etib, tasvirlar xajmsizlik, ranglar esa yorqin tus oladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling