O'rta asrlarda Ispaniyada nasroniylar va musulmonlar (8-15 asrlar)


Download 2.06 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi2.06 Kb.
#1525374
Bog'liq
O\'rta asrlarda Ispaniyada nasroniylar va musulmonlar (8-15 asrlar)

"O'rta asrlarda Ispaniyada nasroniylar va musulmonlar (8-15 asrlar)


2020 yilning 2 mart kuni Ispaniyaning Leida universiteti (University of Lleida) professori Flocel Sabate Curull “Christians and Muslims in medieval S’ain (8th-15th centuries)” mavzusida ilmiy seminarda ma’ruza qildi. Ispaniyada arablar humkronlik qilgan davr - Andalusiya tarixi deb ataladi. Andalusiya — Ispaniyaning janubiy qismidagi muxtor viloyat bo’lib, ma’muriy markazi — Sevilg’ya shahri hisoblanadi. Ma’muriy jihatdan 8 provintsiya — Almeriya, Granada, Kadis, Kordova, Malaga, Sevilya, Uelva, Xaengalarga bo’linadi. Andalusiyada Sevilya, Kordova (Qurtuba), Malaga, Kadis kabi yirik portlar joylashgan.

Arablar VIII asr boshlarida Pireney yarim orolining katta qismini egallagach, o’sha joylarni Andalusiya (al-Andalus) deb ataganlar. Arablar hukmronligi o‘rnatilgan davrda Andalusiya 4 ta qirollik (amirlik) — Xaen, Kurtuba, Sevilya, G’arnataga bo’lingan. XIII asrda rekonkista jarayonida 1492 yili G’arnata egallanishi bilan Andalusiya to’la-to’kis Kastiliya va Aragon qirolligiga qo’shib olingan. Andalusiyaning keyingi tarixi Ispaniya tarixi bilan uyg’unlashib ketgan. Flosel Sabate Kurull mah’uza jarayonida Andalusiya tarixi, xususan, musulmonlar va xristianlarning o’zaro munosabatlariga batafsil to’xtalib o’tdi.
TIQXMMI matbuot xizmati
Download 2.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling