O’rta asrlarda Sharqiy Yevropada qonunchilikka oid arxivlar bo’yicha atamalar lug’ati
Download 7.15 Kb.
|
Atamalar lug\'ati
O’rta asrlarda Sharqiy Yevropada qonunchilikka oid arxivlar bo’yicha atamalar lug’ati ,, Toj metrikasi ‘’ – Polshada XVI asrdan boshlab asosiy saqlov organiga aylandi. Unda qonunchilik hujjatlari, tashqi ishlar, harbiy ishlar va boshqa muassasalarning hujjatlari saqlangan. ,, Voivoda ‘’ – rus podsholigining harbiy qo’mondonlar va suveren ( davlat ) hokimiyat vakillarining umumiy nomi. ,, Starosta ‘’ – Polshadagi mansabdor shaxs. Polsha Respublikasidagi o’rta ma’muriy – hududiy birlik. U rahbarlik qiladi, o’zini-o’zi boshqarish organi boshlig’i hisoblanadi. ,, Sijel ‘’ – rus tilida: ,, sertifat ‘’ - ,, hujjat ‘’ deb nomlanadi. ,, Sirkulyar ‘’ – direktiv tashkilotlar tomonidan quyi tashkilotlarga yuboriladigan buyruq. ,, Shlyaxta ‘’ – ( polyakcha -,, qadimgi, oliy ‘’) – Polsha qirolligida, Litva Buyuk Gersogligida va 1569-yilda Lublin ittifoqi va hamdo’stligidan so’ng zodagonlar shunday nomlangan. ,, Shtatgalter ‘’ – ( nemischa - ,, gubernator ‘’, yoki ,, o’rindiq egasi ‘’)- Yevropaning bir qator davlatlarida ma’lum bir davlatning istalgan hududida amalga oshirgan ya’ni davlat hokimiyati va boshqaruvni amalga oshirgan mansabdor shaxs. ,, Dagome yudez ‘’ – 990-992-yillarga oid va XI –XII asrlar ro’yxatida ma’lum bo’lgan lotin tilidagi hujjat. Polsha davlatini Muqaddas Taxt himoyasiga o’tkazish aktidir. ,, Nihil novi ‘’ – ( lotincha – umum roziligisiz hech qanday yangilik ) qonuni. 1505-yilda polyak seymi tomonidan qabul qilingan va qirol Aleksandr Yagellon tomonidan tasdiqlangan. Ushbu qonunga ko’ra, Shlyaxtaning roziligisiz qirol hech qanday yangi qonun qabul qilmaslik majburiyatini olgan. ,, Dagome yudeks ‘’ – 990-992-yillarga tegishli lotin tilidagi hujjat bo’lib, unda Polsha davlati hamda knyaz Meshko turmush o’rtog’i Oda va ikki o’g’li bilan Muqaddas taxt himoyasiga olinganligi qayd etilgan hujjat. ,, Skriptoriy ‘’ – ( lotincha scriptorium ,, scriptor ‘’ so’zidan – mirza, kotib, ko’chirib yozuvchi, nusxa ko’chiruvchi. ,, Manuskript ‘’ – ( lotincha manus - ,, qo’l ‘’ va scribo - ,, yozaman ‘’) – qadimgi yoki o’rta asrlarda qo’lyozmalar, qo’lyozma o’rami. ,, O’ramlar kopellasi ‘’- 1377-yilda Tauer qal’asining Ueykfild minorasida hujjat nusxalarini saqlash uchun ajratilgan maxsus joy, arxiv. ,, Verden shartnomasi ‘’- 843-yilda Verden shahrida tuzilgan Buyuk Karl imperiyasini taqsimlash to’g’risidagi kelishuv. Buyuk Karlning o’g’li Lyudovik I Xudojo’yning o’g’illari Lotar I, Lyudovik II, Nemis va Karl II Yaltiroqboshlar o’rtasida imzolangan. ,, Bulla ‘’ – o’rta asrlarda Yevropada dumaloq metall muhr bian muhrlangan papa, imperator yoki qirollik hujjati ( yorliq, maktub, shartnomalar ). Download 7.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling