Oʻrta asrlarda teotsentrizmning ustivor xarakteri reja


Download 27.92 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi27.92 Kb.
#1485876
  1   2
Bog'liq
OʻRTA ASRLARDA TEOTSENTRIZMNING USTIVOR XARAKTERI


OʻRTA ASRLARDA TEOTSENTRIZMNING USTIVOR XARAKTERI
R e j a :
1. O`rta asrlar falsafasining teotsentrik xususiyati.
a) Xristian falsafasida olam va odam muammosi.
Realizm va nominalizm.
b) Musulmon falsafasining o`ziga xos jihatlari.
Mutakallimlik va mutaziliylik. Sunniylik va shialik.
v) Tasavvuf falsafasi va insonning ma`naviy-ruhiy
kamoloti.


O`rta asrlar falsafasining teotsentrik xususiyati

O`rta asr insoniyat bosib o`tgan tarixiy taraqqiyot jarayonining eng o`zoq davom etgn bosqichidir. I-IV asrdan to XIV-XV asrlargacha bo`lgan davr hisoblanadi.


O`rta asr falsafasining o`ziga xos xususiyati uning teotsentirik xususiyatidir (teo-xudo, tsentr-markaz, ya`ni olamning asosida xudoning o`zi yotadi yoki butun olamning yaratuvchisi xudodir).
-Antik darda olam qanday paydo bo`lgan degan muammo atrofida fikr yuritilgan bo`lsa, Yunon falsafasida esa olam qanday paydo bo`lgan emas, balki uning asosida nima yotadi degan muammo asosiy hisoblansa, o`rta asrda esa teotsentrik xususiyatga ega edi.
-O`rta asr falsafasining yana bir xususiyati shundan iboratki Kreatsionistik fikr-butun mavjudotning olti kun ichida xudo tomonidan yaratilganligi haqida tavrotda aytilgan fikr.
-O`rta asr falsafasining yana bir o`ziga xos xususiyati-trantsendental (xudo tabiatdan tashqarida ekanligida, tabiatning yaratuvchi qudrat tabiatning ustiga chiqib olgan.
-O`rta asr falsafasining yana bir xususiyati antik davrdan meros bo`lib qolgan dualistik printsip o`rniga, monistik printsip vujudga keldi. (dualistik printsip-olamning asosida ikki, materiya yoki g`oyadan iboratligini ifodalaydilar, monistik printsip-olamning asosida faqat bitta, u ham bo`lsa xudodir deb tushuntiruvchi-lardan iboratdir).
O`rta asrning dunyoqarashi asosan teologik dunyoqarash edi. O`rta asr falsafasining asosiy xususiyati, uning teotsentrik xarakterga egaligidir. Borliqning, mavjudlikning, reallikning belgilovchi tabiat emas, balki xudodir, xudo. Tabiatni ham, odamni ham xudo yaratgandir. Shamma narsaning markazida xudoning yaratuvchilik, bor qiluvchilik, yo`q qiluvchilik iradasi, faoliyati, aralashuvi turadi. Insonning joni, borlig`i tabiatniki deb emas, balki xudoniki, xudodandir, deb talqin etildi.
a) Xristian falsafasida olam va odam muammosi. Realizm va nominalizm. O`rta asr falsafasida /arbiy Ovro`pada xristian dini asta-sekin xukmron mafkuraga, dunyoqarashga aylanib boradi. Xristian dini barcha saholarini, shu jumladan falsafani ham o`ziga bo`ysundiradi. Falsafa butun kuchini xristian dinining aqidalari to`g`ri ekanliginini isbotlashga sarf qilishi lozim edi.
Xristian falsafasining boshqa dinlardan farqli tomoni shundan iboratki, inson Xudoga o`xshash fazilatlar, xislatlar mavjudligini isbotlariga ilk bor harakat qilgan. O`rta asr xristian falsafasida «Muqaddas tarix»ni vujudga kelishi, Xudoning inson qiyofasida namoyon bo`lishi-buyuk tarixiy voqea edi. Shuningdek xristian diniga e`tiqod qilgan bandalarni, har qanday balo-qazolardan ozod qiladigan zamonlarning kelishi haqidagi orzu-istaklari ham buyuk tarixiy voqeadir.
O`rta asr falsafasida ayniqsa X-XIV asrlar davomida ikki asosiy oqim nominalizm va realizm o`rtasida keskin kurash davom etdi. Bu ikki oqim o`rtasidagi kurashning asosiy masalasi-umumiy tushunchalar mohiyati masalasi edi. Nominalistlar-Ioani Ratselin (tax. 1050-1112 yillar), Ioan Duns Skott (tax. 1265-1308 yillar) va Uilyam Okkam (tax. 1300-1350 yillar) alohida predmetlargina real majuddir, umumiy tushunchalar (universaliyalar) esa nomlarni ifodalaydi va ular ikkilamchidir, deb hisoblagan bo`lsalar, realizm vakillari Anselm Kentrberiyskiydir (1033-1109 yil-lar) u umumiy tushunchalar ob`ektiv mavjud, deydi.
XIII asrda Italiyalik xudojo`y faylasuf Foma Akvinskiy (1225-1274 yillar) realizmning mo``tadil namoyondasi sifatida maydonga chiqdi va xudoning birlamchiligi, ruhning o`lmasligi g`oyalarni targ`ib qiluvchi tomizm falsafasiga asos soldi. Tomizm falsafasining asosiy xususiyati shundaki xudoning mavjudligini narsalarning mavjudligidan keltirib chiqarishga harakat qildi. Akviniskiy fikricha, materiya shaklga bog`liq bo`lmagan holda, mavjud bo`lishi mumkin emas. Biroq shakl materiyadan alohida yashashi mumkin. Uningcha moddiy narsalar oliy shakl-xudoga bog`liq bo`lmagan holda mavjud bo`lishi mumkin emas, degan g`oyani isbotlashga urinadi. Xulosa shuki, nominalizm bilan realizm o`rtasidagi kurash o`rta asr falsafasidagi teotsentrik-xudoning yaratuvchilik faoliyatiga bir qadar putur yetkazdi. Tabiat narsa va hodisalarning ob`ektivligi, uning hech kim tomonidan yaratilmaganligi haqidagi nominalistlar fikrlari cherkov obro`yining pasayishiga, dunyoning xudo tomonidan yaratilganligi, ruhiy narsalarning birlamchiligi va moddiy narsalarning ikkilamchiligi haqidagi aqidalarga zarba berdi, albatta.
b) Musulmon falsafasining o`ziga xos jihatlari. Mutakallimli va mutaziliylik. Sunniylik va shialik.
O`rta Osiyo ilm-fan va madaniyatning qadimiy markazlaridan biri bo`lib kelgan. Bu o`lka olimlari jahon ilm-fani va madaniyatini o`z kashfiyotlari bilan boyitdilar va ularning rivojlanishiga samarali ta`sir qildilar. VIII asr boshlarida O`rta Osiyoni arablar zo`rlik bilan bosib oldilar. Islom o`lkada asta-sekin hukmron mafkuraga aylana bordi. Moddiy jihatdan hukmron kuch ma`naviy tomondan ham hukmron kuch bo`ladi, albatta.
Musulmon falsafasida falsafiy fikrlar taraqqiyotida mutakallimlik va mutaziliylik, sunniylik va shialik, tasavvuf falsafasining ahamiyati katta.
VIII asr oxirlari, IX asr boshlaridan e`tiboran mutakallimlik va mutaziliylik o`rtasidagi keskin diniy-nazariy kurash vujudga keldi. Mutakallimlar Qur`on oyatlari qanday yozilgan bo`lsa, sira o`zgartirmasdan tushuntirish va tushunish kerak, zero u Allohning kalomi ekan, bandalar uni o`zgartirishga haqlari yo`q, degan fikrni bayon etdilar. Mutaziliylar Qur`onning abadiyligini rad etdilar, aqlning rolini yuqori ko`tardilar, insonga, uning yaxshilik yaratishga qaratilgan faoliyatiga yuqori baho berdilar, “adolat” tushunchasini shu faoliyatdan keltirib chiqardilar.
Mutakallimlar bilan mutaziliylar o`rtasidagi g`oyaviy kurash peshonaga oldindan yozilgan taqdir bormi yoki yo`qmi, degan masala doirasida bordi. Xalifa Ma`mun (823-830 yil) mutaziliylarni qullab-quvvatladi. Natijada mutaziliylar g`oyalari ma`lum vaqtgacha xalifalik mafkurasining g`oyaviy asosi bo`lib qoldi. Ammo uning vafotidan keyin mutakallimlar g`oyalari rivojlantirilib borildi, mutaziliylar quvg`in ostida olindi.
Biroq mutaziliylar g`oyalari Sharq ijtimoiy-falsafiy qarashlarida chuqur iz qoldirdi. Ayniqsa Al-Kindiy, Ibn-Rushidning qo`sh haqiqat to`g`risidagi nazariy qoidalari ilm-fan yo`lidagi diniy-mutaassiblik to`siqlarini muayyan darajada olib tashlash imkonini berdi.
Markaziy Osiyoda ana shu g`oya asosida ilm-fan va falsafa rivojlandi. Bu joydagi mutafakkirlar asosan qo`sh haqiqat to`g`risidagi g`oyalarga amal qilib, ilmiy bilimlar ravnaqi uchun kurashdilar. Natijada ular juda ko`p falsafiy masalalarni ishlab chiqishda o`z hissalarini qo`shdilar.
Mutaziliylar bilan mutakallimlar o`rtasidagi jiddiy bahslar natijasida avval al-Ash`oriy, so`ngra al-/azzoliy kalomi vujudga kelib, islom falsafasiga asos solindi. Ularning ta`limotiga ko`ra, odam toki Qur`on oyatlarini o`zlashtirib olganga qadar iroda erkiga ega bo`lib, shundan keyingi iroda Alloh taolohning hohishiga tomomila muvofiq tus oladi, ya`ni odamning butun irodasi, erki Allohning irodasi bilan uyg`unlashib ketadi.
Al-/azzoliy “Kimyoi saodat” asarida inson moddiy boyliklar bilan emas, balki ma`naviy fazilatlari bilan o`z abadiyligini yaratadi, deydi. Al-/azzoliyning bu fikrlari sharq falsafasining asosini tashkil etadi, deyish mumkin. Al-/azzoliy sufiylik va uning amaliyotiga qarshi bo`lsa-da, ammo uning nazariy qoidalari tasavvufga o`ziga xos yo`l ochib berdi.
v) Sufiylik va tasavvuf. O`rta asr musulmon faylasuflarining inson to`g`-risidagi qarashlarining shakllanishida va uning yanada rivojlanishida o`sha tarixiy davr madaniy-ma`naviy hayotida yirik ahamiyatga ega bo`lgan so`fiylik ta`limotining ta`siri sezilarli bo`ldi.
So`fiylik yohud so`fizm inson rihiy-ma`naviy kamoloti haqidagi turli g`oyaviy-nazariy qarashlar, ahloqiy, qoidalar va ularni amalga oshirish yo`llari va uslublari xususidagi ta`limotdir. Ushbu ta`limot bir butun, yaxlit sistemadan iborat bo`lib, o`zida ikki asosiy g`oyaviy-nazariy va amaliy-uslubiy bulaklarini birlash-tiradi. O`sha bir butun sistemaning g`oyaviy-nazariy qismi musulmon falsafasida tasavvuf deb ataladi. Tasavvuf so`fiylikning g`oyaviy-nazariy asosini tashkil etadi.
So`fiylik-tarkidunyo qilgan qalandar-darveshlar ijti-moiy hayotdan chetlashib, uzluksiz toat-ibodat bilan shug`ullanib, bu dunyoning barcha lazzatlaridan voz kechib, xudo vasliga yetishni va bundan lazzatlanish g`oyasini zo`r berib targ`ibot va tashviqot qila boshladilar. Ularning ba`zi birovlari yurt kezib, butun umrlarini safarda, odamlar orasida o`tkazishsa, boshqa birovlari o`z ustozlari, piru-murshidlari bilan birga turishardi. Ular oila qurmay, bola-chaqa ko`rmay, nafslarini jilovla faqirona yashashardi. Katta-kichik yig`inlarda yaxshilik va yomonlik haqida va`z aytishardi.
Qalandar-darveshlarning qiyinishlari ham o`zgacha edi. Ko`chama-ko`cha shaharma-shahar yurib, Qur`oni Karimdagi «Agar Xudoni sevadigan bo`lsangiz menga ergashinglar shunda Olloh sizlarni sevadi» degan oyatni qayta-qayta tarorlardilar. Ko`rinib turibdiki, so`fiylik o`z taraqqiyotining dastlabki bosqichida zohidlik ya`ni tarkidunyochilik g`oyalarini targ`ib etgan edi.
So`fiylarning fikriga ko`ra inson tanasida biri ikkinchisiga qarama-qarshi bo`lgan ikki-rahmoniy va shaytoniy kuchlar mavjud.
So`fiylikning g`oyaviy-nazariy qismi bo`lgan tasavvuf o`rta asr falsafasidagi Qur`on va Sunna an`anlariga asoslanuvchi yirik ta`limotlar: mutakallimlik va mutaziliylik, sunniylik va shialikka nisbatan musulmon madaniyati va ma`naviyati taraqqiyotda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Chunonchi, islom aqidalari, qonun va qoidalarini qayta tahlil qilish imkoniyatlarini vujudga keltirdi. O`z navbatida tasavvuf o`rta asr musulmon falsafasida xurfikrlilik, ko`rinishi sifatida ham namoyon bo`ldi. Xuddi shuning uchun ham, mashhur rus olimi Bertels yozganidek «Tasavvuf adabiyotini o`rganmasdan turib, o`rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega bo`lish mumkin emas. Bu adabiyotdan xabardor bo`lmasdan Sharqning o`zini ham anglash qiyin.
Tasavvuf falsafasining shakllantirishda va uni har tomnlama rivojlantirishda o`rta asr allomalari: Abu Sayid Abulxayr (967-1047), Abdulloh Ansoriy (1006-1089), Ahmad Jom (vafoti-1141 yil), Yah`yo Suhravardiy (1155-1199), Yusuf Shamadoniy (1048-1140), Abduholiq /ijduvoniy (1103-1179), Ahmad Yassaviy (vafoti 1166), Najmiddin Kubro (1145-1221), Aziziddin Nasafiy (XIII asr boshlarida), Bahouddin Naqshband (1318-1389), Xoja Ahror (1404-1490)larning xizmatlari beqiyos bo`ldi.
Tasavvuf talablariga ko`ra inson barkamollik darajasiga ko`tarilmog`i uchun to`rtta murakkab: shariat-tariqat-ma`rifat-haqiqat bosqichlarini bosib o`tmog`i lozim edi. Ushbu bosqichlar biri ikkinchisi bilan dialekti aloqador, biri ikkinchisiga ta`sir ko`rsatadi. Xusasan, shariatsiz tariqat bosqichiga ko`tarilib bo`lmaydi. Tariqat shariat qonun-qoidalarini bajarish Alloh muhabbatiga muyassar bo`lish jarayonida bosib o`tilishi darkor bo`lgan yo`ldir.
Musulmon falsafasining o`ziga xos yana bir oqimlaridan biri Sunniylik va shialikdir. Sunniylik-(sunna so`zidan olingan)-islom dinidagi ikki asosiy yo`nalishdan biri va eng keng tarqalgan. VIII-XII asrlarda arab xalifaligidagi diniy-siyosiy kurashlar jarayonida islomda eng yirik yo`nalish sifatida shakllangan. Sunniylar Qur`on bilan birga Sunnaga ham e`tiqod qiladilar, unda Muhammad va xalifa Ali bilan bir qatorda, shialik taraftorlari rad etadigan dastlabki xalifalar (Abu Bakr, Umar, Usmon)ham e`tirof etiladi. Sunniylik bilan islomdagi ikkinchi asosiy yo`nalish-shailik o`rtasidagi hokimiyat masalasida (Sunniylik xalifaligik hokimiyati, shialik imomat tarafdori) ayrim diniy marosimi va an`analarida birmuncha tafovutlar bor.
SHialik- (arab-guruh, tarafdorlar)-islomdagi asosiy yo`nalishlardan biri. O`zining tarqalishi va ijtimoiy-siyosiy mohiyati jihatidan sunniylikdan keyingi o`rinda turadi. Shialik VII asr o`rtalarida xalifa Ali hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. Shialik Ali va uning avlodlaridan iborat o`n ikki imom hokimiyatini tan oladi. Shu munosabat bilan barcha xalifalarni xususan dastlabki xalifalardan Abu Bakr, Umar va Usmonni hokimiyatini zo`rovonlik bilan egallab olgan shaxslar sifatida qoralaydi. Shialik bilan sunniylik o`rtasida ma`lum tafovutlar bor.
Ma`lumki, VIII-XV asrlarda O`rta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari dunyo madaniyati taraqqiyotining oldingi darajasiga ko`tarila oldi. O`rta Osiyo mutafakkirlari diniy jaholat cheksiz hukmronlik qilgan sharoitlarda ham olamning mohiyati, taraqqiyoti haqida ilg`or fikrlar va tabiatshunoslik rivojiga katta hissa qo`shdilar. O`rta Osiyo mutafakkirlaridan biri Muso al-Xorazmiy (780-847 yillar) Sharqda va /arbda o`rta asr matematika ilmi va maktabining asoschisidir. Uning, jug`rofiya, astronomiya, tabiat, tarixshunosli ilmiga qo`shgan hissasi buyukdir. «Algebra» va «algoritm» tushunchalari bevosita uning nomi bilan bog`liq.
Abu Nasr Muhammad Farobiy (870-950 yillar) bo`lib, u jahon fani va madaniyatiga katta hissa qo`shgan faylasufdir. Uning asarlarida, materiya olamdagi narsa va hodisalarning asosidir, deydi. Butun mavjudot to`rt unsur-tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topgan deydi. Uning, harakat materiyaning ob`ektiv xususiyatidir, olamda cheksiz o`zgarish bor. Farobiy bilishda ikki bosqichni-hissiy va aqliy bilishni farqlaydi. Xulosa qilib aytganda, Farobiy ham o`z davrining bilimdon farzandi edi. Farobiydan bizgacha yetib kelgan asarlar «Fozil shaqar aholisining qarashlari», «Exsonul ulum», «Aflotun va Arastu falsafasining maqsadi», «Assiyot al madaniy», «Muzikaning ulug` kitobi», «Fanlarning kelib chiqishi» kabilardir.
O`rta asr Sharqining buyuk olimlaridan biri, o`zbek xalqining buyuk farzandi, alloma Muhammad ibn Ahmad Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar) edi. U astronomiya, matematika, jug`rofiya, minerologiya, falsafa, tarix va boshqa fanlarga bag`ishlangan 150 dan ortiq asar yozdi. Bu asarlarning 45 tasi astronomiyaga oiddir. Biroq Beruniyning ko`pgina asarlari bizgacha yetib kelmagan. Beruniy o`zining «Ma`sud jadali» nomli asarida ko`pgina xalqlarning kalendari, kun, oy va yillarini izohladi, tarixiy voqealarning jadvalini tuzib berdi. Beruniy barcha ma`lum yulduzlarni turkumlarga bo`ldi.
Ma`lumki Arastu va Batlomus (Ptolomey) o`z geotsentrik nazariyalarida Yer moddiy olamning markazi, Quyosh, boshqa sayyorlar Yer atrofida aylanadi, degan idealistik va g`ayriilmiy xulosaga kelishgan. Geotsentrik nazariya Xristian va Islom dinining asosiy printsiplaridan biriga aylangan. Beruniy o`z astronomik jadvalida olamning markazi Yer emas, balki Quyoshdir, hamma sayyorlar, shu jumladan, Yer ham Quyosh atrofida aylanadi, degan geliotsentrik nazariyani olg`a surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi 500 yildan keyin ulug` astronom N.Kopernikning geliotsentrik sistemasida ilmiy asosda tasdiqlandi.
Beruniyning ta`limoticha, materiya narsalarni yaratadi, ularning shakllarini o`zgartiradi, ijod etadi, materiya o`zining tabiiy kuchiga ega bo`lib, shu uch ta`sirida tabiatda to`xtovsiz harakat, o`zgarish, vujudga kelish, halok bo`lish jarayonlari davom etadi. Beruniy o`z ilmiy faoliyati jarayonida tabiatni bilishning tajriba usulini ishlab chiqdi. Bilish jarayoni, Beruniy ta`limoticha eskilik, mutaassiblik (fanatizm), shaxsiy g`araz, sub`etivizmdan ozod bo`lishi, tabiatning o`ziga kuzatishga, tajribaning rad etib bo`lmaydigan dalillariga asoslanishi lozim. Xulosa, mulohazalar stixiyali dialektika elementlari Beruniy dunyoqarashining xarakterli xususiyatidir.
Abu Ali al Shusayn ibn Abdulloh ibn Sino-qomusiy olim edi. U (986-1037yillar) yashab o`tdi.Uning asarlarida ko`tarilgan falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlar diniy aqidalarni sistemasi va sxolastikaga qarshi kurash bilan uzviy bog`liqdir. Uning g`oyalari falsafani rivojlanishida yangi bosqichga olib chiqdi.Uning asosiy falsafiy asarlari «Kitob ash shifo», «Donishnoma», «Najot», «Kitobal ishorat» dan iborat. «Donishnoma» asarida u falsafani uch qismga bo`ladi: fizika (tabiat to`g`risidagi ta`limot); mantiq (tabiat va insonni bilish yo`llari to`g`risidagi ta`limot); metafizika (borliqni bilish to`g`risidagi ta`limot).
Ibn Sino fikricha, falsafa-borliq to`g`risidagi fandir. Uning vazifasi-mavjudotni, ya`ni hamma mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, o`zaro munosabati, biridan ikkinchisiga o`tishini har tomonlama o`rganishdan iboratdir. Ibn Sino fikricha, olam yaxlit, murakkab borliqdir. Bu borliqni har tomonlama tekshirish uchun, u zaruriyat, imkoniyat, voqelik va sababiyat printsiplarini asos qilib oladi. Ibn Sino barcha mavjud narsalarni ikkiga bo`ladi: Zaruriy vujud (vujudi ojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin) narsalar. Zaruriy vujud hech narsaga bog`liq bo`lmagan bir butunlikni tashkil etib, u eng irodali, qudratli, dono va biluvchi tangridir. Qolgan hamma narsalar imkoniy tarzda mavjud bo`lib, undan ya`ni zaruriy vujud-tangridan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, tangri va qolgan narsalar-sabab va oqibat munosabatidir. Bu kelib chiqish emanatsiya tarzida, ya`ni barcha narsalar zaruriy vujuddan asta-sekin kelib chiqib voqelikka aylanadi. Imkoniy vujudning, ya`ni barcha narsalarning zaruriy vujuddan kelib chiqishi bevosita tangrining yaratuvchilik qudrati tufayli bo`lmay balki borliqdagi qonuniyat, zaruriyatning natijasidir. Tangri bilan birga imkoniyat shaklida mavjud bo`lgan materiya bog`lanishi sabab va oqibat bog`lanishi sifatida talqin etiladi. Xudo abadiy, yo`qolmas, uning oqibati bo`lmish materiya ham abadiy va yo`qolmasdir. Narsalarning aniq ko`rinishlari, shakllari o`zgaradi, lekin moddiy asosi doimiydir. Moddiy bir butun bo`lgan tabiat o`z ichki qonuniyatlari asosida rivojlanadi, tabiiy hodisalar sababiy bog`lanishdadir. Moddiy narsalar va u bilan bog`liq bo`lgan xususiyatlarning abadiyligi, tabiatning ichki qonuniyat asosida mavjudligi, moddiy determinizm-Ibn Sino falsafasining eng kuchli, eng ilg`or tomonlaridan biridir. Moddiy jismlarning taraqqiyotida Ibn Sino ma`lum tartib-evolyutsiyani aniqlaydi, lekin ularning dialekti-kasini, taraqqiyot sabablarini tushuna olmaydi. Ayrim hol-larda uni idealistik pozitsiyada talqin etadi. Lekin bu tartib-evolyutsiya tabiatning o`ziga xos deb talqin etilishi katta ahamiyatga ega edi. Masalan, uning fikricha oldin tog`lar, so`ngra o`simlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida inson vujudga keladi. Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so`zi, tili va aqli bilan ustunlik qiladi. Bu fikrlar Farobiy, Beruniy kabi ilg`or matafakkirlarga ham xos edi. Lekin ibn Sino bunday fikrlarni yangi tabiiy-ilmiy tasav-vurlar bilan boyitishga harakat qildi.
Ibn Sino olamni bilishda ham ilg`or fikrlarni olg`a surdi. Uningcha, bilish-sezgilar yordamida hissiy bilish va tushun-chalar yordamida fikrlash-aqliy bilishdan tashkil topgan.
Eng murakkab, o`ta ziddiyatli tarixiy-ijtimoiy muhitda shakllangan mutafakkir hisoblangan Ulug`bek (1394-1449 yil-lar) xizmatlarini insoniyat hech qachon unutmaydi. Ulug`bekning astronomik jadvali va uning rahbarligida bino qilingan ra-sadxona o`sha davr astronomiya fani yutuqlarini cho`qqisi bo`lib, fanning keyingi taraqqiyotiga chuqur iz qoldirdi. Uning «Zichi jadidi Kuragoniy» nomli nodir asarida ilgari surilgan ilg`or fikrlar, hamda ilm-fan va jahon madaniyatining boyi-shiga zamin yaratdi, xurofot va bid`atga zarba berdi.
Jahon fani va madaniyati tarixida o`chmas iz qoldirgan daholar orasida faxrli o`rin egallaydiganlardan yana biri Alisher Navoiydir (1441-1501 yillar). Uning falsafiy, ahlo-qiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlarida umuminsoniy ahamiyatga bo`lgan fikrlar behisobdir.
Alisher Navoiy asarlari markazida turgan belgilovchi va yo`naltiruvchi bosh masala-inson, xalq, Vatan, ularning gullab-yashnashi, istiqboli haqidagi muammolardir. Navoiy inson va uning taqdiri, xalq va uning manfaatlari yo`lida g`amxo`rlik qiladigan kishilarni ulug`laydi. Jumladan u shunday deydi: «Kimning xalq g`amidan g`ami bo`lmasa, haqiqiy odam bo`lsang, uni odam dema».
Alisher Navoiy insonni butun koinotning markaziy siymosi, butun mavjudning toji, deb biladi. Butun mavjudotning toji, oliy nuqtasi bo`lgan insonni bezaydigan go`zal xislat va fazilatlar sifatida odob - ahloqli, kamtar, muruvvatli, rostgo`y, mehnatsevar, saxiy bo`lishni alohida ta`kidlaydi. U mehnatsevarlikni tekinxo`rlikka qarshi qo`yadi, tekinxo`rlikdan nafratlanadi; Navoiy dehqonlarga jamiyatning asosiy moddiy boyliklarini yaratuvchi kuch deb qaraydi, ularning mehnatini yuksak darajada baholaydi.
Xulosa shuki, o`rta asr davrida Yevropa mamlakatlarida ilm-fan va madaniyat inqirozga uchrab turgan bir paytda O`rta Osiyo matafakirlari buyu kashfiyotlar qilib, jahon falsafasi va madaniyatini rivojlantirishga bebaho hissa qo`shdilar.


Download 27.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling