Oʻrta asrlardagi tarixiy bilimlarning tuzilishi


Download 17.33 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi17.33 Kb.
#1504022
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oʻrta asrlardagi tarixiy bilimlarning tuzilishi-fayllar.org

Bo`riboy Ahmedovning «O`zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari» (Toshkent, 2003) risolasida O`zbekistonda VIII-XIX asrlarda yashab ijod htgan tarixshunoslar, ularning ilmiy faoliyati va mmuhim asarlariga qisqacha to`xtalib o`tiladi. Risola ikki qismdan iborat. Birinchi qismga tarixshunos va geograf olimlar kiritilgan bo`lib, ikkinchi qismida biograf olimlar va ularning muhim asarlari (tazkiralari, manoqiblari) haqida umumiy ma`lumot beriladi. Risolada IX-XII asrlarda yashab, ijod qilgan 8 ta yirik, madaniy uyksalishga hissa qo`shgan, tarixshunoslar haqida ma`lumotlar beriladi. Bular quyidagilardir: Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy – VIII-IX asrlarda (789-850 yy.) o`tgan xorazmlik qomusiy olim. Al-Xorazmiyning tarixiy asari – «Kitob ut-tarix» bo`lib, ayrim parchalari at-Tabariy (839-923 yy.) va Ibn-al-Asir (1160-1234 yy.)ning kitoblari orqali bizgacha etib kelgan.

Bal`amiy – X asrda o`tgan buxorolik tarixnavis va davlat rabobi. Somoniylar qo`lida vazir vazifasida xizmat qilib, Tabariyning «Tarix ul-anbiyo» va – r-rasul va-l-xulofo» nomli asarini fors tilida muxtasar qilib qaytadan yozgan, natijada asardan foydalanish osonlashtirilgan.

Abu Nasr Muhammad Utbiy (961-1022 yy.) X asrning yirik arabiynavis tarixshunos olimi. «Tarixi yaminiy» (YAmin-arab, o`ng qo`l; Sulton Mahmudga xalifa al-Qodir (991-1031) tarafidan berilgan) nomli asarni yozgan. Asar o`rta asr tarixshunosligiga oid va xos og`ir uslub-saj bilan yozilgan.

Abu Nasr Muhammad Utbiy (961-1022 yy.) X asrning yirik arabiynavis tarixshunos olimi. «Tarixi yaminiy» (YAmin-arab, o`ng qo`l; Sulton Mahmudga xalifa al-Qodir (991-1031) tarafidan berilgan) nomli asarni yozgan. Asar o`rta asr tarixshunosligiga oid va xos og`ir uslub-saj bilan yozilgan.

Abu Hafs an-Nasafiy (1142-43 yy. Vafot etgan) Samarqandlik tarixchi olim. Uning «Kitob ul-qand fi tarixi Samarqand» nomli asari mavjud. Bu asarda Samarqandning osoru atiqalari va ulamolarining tarjimai holi haqida ma`lumotlar beriladi.

Baxtga qarshi asarning arabcha nusxasi saqlanmagan. Bizgacha etib kelgani «Kichik qandiya» nomi bilan ataladi.


Download 17.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling