O’rta mahsus ta’lim Vazirligi


Download 41.71 Kb.
bet2/2
Sana14.04.2023
Hajmi41.71 Kb.
#1356383
1   2
Bog'liq
mikro

Bakteriyalar (yunoncha sozdan olingan bolib. bakterion — tayoqcha degan maʼnoni bildiradi) — bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; yadroga ega bo'lmagan mikroskopik organizmlar — 2-xilbo‘ladiprokariotlar. B.da hujayra pardasi, koʻp miqdorda dezoksiribonuklein kislota (DNK), sodda yadro bor. Mitoxondriy va xloroplastlar odatda, boʻlmaydi, yadroning xromosomalari va qobigʻi koʻzga koʻrinmaydi. B. koʻndalangiga boʻlinish (baʼzan choʻzilish yoki kurtaklanish) yoʻli bilan koʻpayadi. B.ning koʻp turi tayoqcha shaklida boʻladi. Biroq sharsimon, ipsimon yoki buralgan shaklli mikroorganizmlar ham B.ga kiradi. B.ning fiziologik xususiyatlari nihoyatda xilma-xil, ular biokimyoviy jihatdan juda faol. B. tuproqda, suvda, suv havzalari zaminida va boshqajoylarda tarqalgan. Ular yagona bir guruh boʻlmay, har xil yoʻllar bilan vujudga kelgan organizmlardir. Baʼzi B., (mas, ipsimon B., azotobakter va boshqalar) koʻk-yashil suvoʻtlarga yaqin, ayrim B. esa nursimon zamburugʻlar — aktinomitsetlar bilan urugʻdosh; spiroxetalar va boshqa baʼzi B. bir hujayrali sodda hayvonlarga oʻxshaydi. B.ning kattakichikligi, shakli, tuzilishi, harakatchanligi har xil. Sharsimon B.ning diametri, odatda, 1 — 2 mkm, tayoqcha shaklidagilarining yoʻgʻonligi 0,4 dan 0,8 mkm gacha, uz. 2 — 5 mkm boʻladi. Baʼzan juda yirik B. ham uchraydi. Mas, Thiophysa macrophusaHHHr diametri 20 mkm; juda mayda B. ham bor. Ayrim B., shu qadar maydaki, hatto bakterial filtrdan ham oʻtib ketadi. Sharsimon B. kokklar deb ataladi. Agar kokklar koʻndalangiga boʻlinish yoʻli bilan koʻpaysa va boʻlingandan keyin bir-biriga qoʻshilganligicha qolib zanjir hosil qilsa, streptokokklar deyiladi. Hujayralar uchta oʻzaro tik yoʻnalishda boʻlinsa, hujayralar xaltachasi (paketi)ni hosil qiladi, bunday shakl sarsinalar uchun xos. Kokklar har xil yoʻnalishda boʻlinsa, hujayralarning uzum boshining gʻujumi shaklidagi toʻplami hosil boʻladi, bunday shakl stafilokokklarga taalluqli. Sporalar hosil qiladigan tayoqchasimon B. batsillalar deyiladi. Tayoqchasimon B.ning uchlari tekis "qirqilgan" yoki doʻngroq boʻlishi mumkin. Bular alohida yoki, baʼzan, zanjir shaklida joylashadi. Uzun ip hosil qiladigan ipsimon bakteriyalar, asosan, suvda yashaydi. Vergul shaklidagi B. vibrionlar, yoʻgʻon spiralsimon buralganlari spirallar, bir nechta bir xildagi ingichka buramalilari spiroxetalar deyiladi. Elektron mikroskopda qaralganda B.ning hujayra pardasi bir necha (odatda, uch) qavat ekanligi koʻrinadi. Uning tarkibiga muramin kislota, aminokislotalar, lipidlar, glyukozamin va boshqa birikmalar kiradi. Hujayra pardasi ostida iitoplazmatik membrana bor, shu membrana moddalar almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Sitoplazmada ribosomalar boʻlib, ular tarkibiga RNK kiradi. B. hujayrasida DNK iplari bor, ular qobiqsiz yadro, yaʼni nukletoid hosil qiladi. B. yuqori temperaturaga, odatda, chidamsiz, quritish, oftob, har xil kimyoviy moddalar B.ni oʻldiradi (qarang Dezinfeksiya, Sterillash). B. sovuqqa juda chidamli, shu tufayli tuproqda qishlab chiqa oladi. B.ning koʻpi oval yoki yumaloq shaklli sporalar hosil qiladi. B. sporalari yuqori temperatura va zaharli moddalar taʼsiriga juda bardoshli. Sporalar qulay muhitga tushganda ulardan tayoqchasimon yoki vegetativ hujayralar paydo boʻladi. B.ning rivojlanish sikli har xil. Mas, mikobakteriyalar boʻlinish yoʻli bilan ham, kurtaklanish yoʻli bilan ham koʻpayadi. Miksobakteriyalarning vegetativ hujayralari qisqaradi va kichrayib, yumaloq yoki oval shaklli mikrotsistalar hosil qiladi. Koʻpchilik B. organik moddalarni, baʼzilari anorganik moddalarni oksidlash yoʻli bilan energiya oladi. Faqat kislorodli muhitda yashay oladigan B. aeroblar, kislorodsiz muhitda yashaydigan B. anaeroblar deyiladi. Aerob nafas olish vaqtida organik birikmalar oksidlanib, karbonat angidrid ajralib chiqadi. Anaerob sharoitda organik birikmalarning parchalanishi va bunda energiya ajralib chiqishi bijgʻish deyiladi.
Tabiatda va xalq xoʻjaligida B.ning ahamiyati juda katta. B. tirik xujayralar tarkibiga kiradigan hamma kimyoviy elementlarning tabiatda aniqlanishida ishtirok etadi. Oʻsimlik va hayvon qoldiqlari sellyuloza, pentozalar, kraxmal, pektin moddalar va boshqalarni oʻzlashtira oladigan mikroorganizmlar ishtirokida parchalanib, pirovardida karbonat angidrid bilan suvga aylanadi. Tabiatda azot aylanishida ham mikroorganizmlarning roli katta. Hayvonlar oʻziga zarur azotli birikmalarni oʻsimlik oqsillaridan hosil qiladi. Hayvon va oʻsimlik oqsillari B. taʼsirida minerallashib, avval ammiakka, keyin nitrit va nitratlarga aylanadi. Ammoniyli tuzlar ham, nitratlar ham yuksak oʻsimliklar uchun oziq boʻladi, ular shu tuzlardan foydalanib, oʻz tanasida oqsil hosil qiladi. B. boshqa biogen elementlarni ham minerallashtiradi. Ular organik fosfor birikmalarini parchalab, suv havzalari va tuproqda fosforning mineral birikmalarini koʻpaytiradi. B. taʼsirida oltingugurtning organik birikmalari ham minerallarga aylanadi. B. genetika, biofizika, kosmik biologiya va boshqa sohalarga oid umumiy masalalarni hal qilish uchun eng yaxshi obʼyektdir. B. kulturasidan aminokislotalar, vitaminlar va antibiotiklarni miqdor jihatidan aniqlashda foydalaniladi. Tuproq unumdorligi B.ning hayot faoliyatiga bogʻliq. Pektin moddalarni bijgʻitadigan B. yordamida zigʻir, kanop va boshqa tolali oʻsimliklar ivitiladi. Sutdan qatiq, sariyogʻ, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashda ham B.ning har xil turlaridan foydalaniladi.
Sanoatda B.ning tegishli turlari yordamida kraxmalli yoki boshqacha xom ashyodan sut (laktat) kislota, atseton, etil spirt, butil spirt va boshqa spirtlar, dekstrin, diatsetil, antibiotiklar, vitaminlar, aminokislota va boshqa olinadi.
B.dan ferment preparatlari tayyorlashda ayniqsa koʻp foydalaniladi. Shu bilan birga, B.ning koʻpgina turlariga qarshi kurash olib borishga ham toʻgʻri keladi, chunki ular don-dun va boshqa masalliqlarni, har xil xom ashyo, material va buyumlarni buzadi. Odam va hayvonlarda uchraydigan koʻpgina kasalliklar (mas, ich terlama, vabo, sil, kuydirgi, manqa va boshqalar)ni B. paydo qiladi.
Odam va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatadigan B. patogen B. deb ataladi. Fitopatogen B. yovvoyi oʻsimliklarda ham, ekinlarda ham koʻpgina kasalliklarni vujudga keltiradi. Kasallik qoʻzgʻatadigan B.ga qarshi aseptika va antiseptika choralari koʻriladi, shuningdek, bakteriostatik va bakteritsid moddalarishlatiladi. Quritish. Mikroorganizmlarning normal hayoti uchun suv   zarur. Quritish ta'sirida sitoplazmatik membrananing butunligi buziladi, natijada mikrob hujayrasining oziqlanishi to'xtab, hujayra nobud bo'ladi. Quritish ta'sirida mikroblarning o'lishi turlichadir. Masalan, patogen meningokokk, gonokokk, leptospiralar, treponema va boshqalar quritish ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Vabo vibrioni 2 kungacha, salmonellalar 70 kun, sil mikobakteriyasi 90 kungacha saq lanishi mumkin. Sil kasalligi bilan kasallangan bemorning qurigan balg'amida sil qo'zg'atuvchisi qurigan oqsil qobig'i bilan o'ralgan bo'ladi. Shuning uchun u 10 oygacha saqlanishi mumkin. 
Quritishga va boshqa omillarga sporalar juda chidamlidir. Kuydirgi batsillasining sporasi 10 yilgacha, mog'or zamburug'lari 20 yilgacha saqlanadi. Quritish ta'sirida mikroblar nobud 
bo'lgani uchun azaldan sabzavot va mevalar, go'sht, baliq, dorivor o'simliklarni quritib saqlanilgan. Quritish yo'li bilan saqlangan oziq-ovqatlar namli sharoitga tushganda tez buziladi, chunki mikroblar o'z faoliyatini yana tiklaydi. 
Mikroorganizm kulturalarini, vaksina va biologik preparatlarni saqlashda liofil quritish usuli keng qo'llaniladi. Bunda preparatlar muzlatilib, so'ng vakuum sharoitida quritiladi. Bu holatda mikrob hujayrasi anabioz holatiga o'tadi va bir necha oy, hatto bir necha yillargacha biologic xossasini saqlab qoladi. Quritishga va boshqa omillarga sporalar juda chidamlidir. Kuydirgi batsillasining sporasi 10 yilgacha, mog'or zamburug'lari 20 yilgacha saqlanadi. Quritish ta'sirida mikroblar nobud bo'lgani uchun azaldan sabzavot va mevalar, go'sht, baliq, dorivor o'simliklarni quritib saqlanilgan. Quyosh nuri tarkibidagi ultrabinafsha nurlar hujayra fermentlarini inaktivatsiyalaydi va DNKni jarohatlaydi Yorug'lik nurlari. Mikroblar hayot faoliyatlarida doimiy quyosh radiatsiya nurlari ta'siriga uchraydi. Tik quyosh nuri fotosintezlovchi bakteriyalardan tashqari mikroorganizmlarga ham bir necha soat ichida halok qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Patogen mikroorganizmlar UBN (ultrabinafsha nuri)ga juda sezgir bo'ladi. Shuning uchun laboratoriyada kulturalarni qorong'ida saqlash maqsadga muvofiqdir. Buni Buxner o'z tajribasida isbotlab bergan. Petri kosachasidagi oziqa muhitga ko'p miqdorda mikrob kulturasi ekiladi. Qora qog'ozdan «typhus» so'zi kesib olinadi va kosachaning orqa tarafiga yopishtiriladi. Kosachani to'nkarilgan holatda tik quyosh nurida 1 soatga qoldiriladi, vaqt o'tgach qog'oz olib tashlanadi va kosachani 37°C da 24 soat termostatda qoldiriladi. Ertasiga termostatdan kosachani olib qaralganda, uning qog'oz yopishgan joyida mikroblarning o'sgani ko'rinadi. Quyosh nuri tik tushgan yerida esa mikroblar o'smagani kuzatiladi. Quyosh nurining ahamiyati katta bo'lib, tashqi muhit — havo, suv, tuproqning yuza qismini patogen mikroblardan tabiiy ravishda tozalab turadi. UBNlarning bakteriotsidlik ta'siridan yopiq xonalardagi (jarrohlik, bog'lov, boks va boshqalar) havoni sterilizatsiya qilishda keng foydalaniladi. Ultrabinafsha nur ajratuvchi lampa, bakteriotsid lampalar bu nurlarning manbayi hisoblanadi. Quritish. Ultratovush mikrob hujayrasini jarohatlaydi. Uning ta'sirida hujayra ichidagi sitoplazma faollashadi va hujayra ichidagi bosim ortib ketadi (10 000 atm). Bu hujayra qobig'ining butunligiga ta'sir ko'rsatib, hujayrani nobud qiladi. Ultratovush oziq-ovqatlarni (sut, meva, sharbatlar), ichimlik suvlarini sterilizatsiya qilishda qo'laniladi. Bosim. Mexanik bosimga bakteriyalar va sporalar chidamli bo'ladi. Tabiatda okean va dengizlarning 1 000 — 10 000 metr chuqurligida 100 — 900 atm bosim ostida yashaydigan mikroblar ham aniqlangan. Ayrim turdagi bakteriyalar 3 000 — 5 000 atm, sporalar 20 000 atm bosimga chidamli.

Foydalangan adabiyotlar


1. Muxamedov I., Eshboev E., Zokirov N.. «Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya» Toshkent 2002. Darslik.
2. Muhamedov I., Eshboyev E., Zokirov N, Zokirov M. «Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya». Toshkent – 2006. Darslik.
3. Meditsinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya. Pod redaksiey professora Muxamedova I.M. 2012 g. Uchebnik.
4. Meditsinskaya mikrobiologiya. Pod redaksiey Pokrovskogo V.P. i Pozdeeva O.K.. M., 2010 g. Uchebnik.
5. Vorobev A. A. i dr. Meditsinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya. Uchebnik, M.,2004g.
6. Vorobev A.A. i dr. Atlas meditsinskoy mikrobiologii. M., 2003g.
7. Xayitov R.M. Immunologiya. M. 2011 g. Uchebnik.
8. Aliev SH.R. Muxamedov I.M. «Mikrobiologyadan laborotoriya mashg‘ulotlariga doir qo‘llanma»., T. 2012. y.
9. Prof Borisov. L.B. taxriri ostida takrizchi, Krasilnikov A.P.. Tarjimon Zokirov N. A. «Mikrobiologiyadan laborotoriya mashg‘ulotlariga doir qo‘llanma»., T. 1992y .
10. Meditsinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya. Pod redaksiey akademika RAMN V.V. Zverova, professor M.N. Boychenko. 2010. v 2-x tomax. M. Uchebnik.


Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling