O’rta mahsus ta’lim Vazirligi


Download 41.71 Kb.
bet1/2
Sana14.04.2023
Hajmi41.71 Kb.
#1356383
  1   2
Bog'liq
mikro


O’zbekiston Respublikasi Oliy va


O’rta mahsus ta’lim Vazirligi
Sog’liqni saqlash vazirligi
Andijon davlat tibbiyot instituti
_____________________________ ____________________________________________
___-bosqich ___-guruh talabasi ________________________ning
_________________________________________________ fanidan tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI

Mikroorganizmlardan olingan preparatlarni quritish usullari

Bajardi: _________________________

Tekshirdi: _________________________


Mikroorganizmlardan olingan preparatlarni quritish usullari


Reja:
1. Mikroorganizmlar
2. Mikroorganizmlarning oziqlanishi
3.Preparatlarni quritish usullar
4. Mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi fizik faktorlar.
5. Mikroorganizmlardan olingan preparatlarni quritish usullari
1. Mikroorganizmlar
Mikroorganizmlar yoki Mikroblar (grekcha: mikros — kichik, bios — hayot) — asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. Mikroorganizmlarga bakteriyalar, aktinometsitlar, achitqilar, viruslar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va boshqa kiradi. Mikroorganizmlar prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. Mikroorganizmlar tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va boshqalar)da keng tarqalgan. 1 g tuproq yoki suv osti gruntida 2—3 mlrd.gacha Mikroorganizmlar boʻladi. Mikroorganizmlarning oʻlchami turlicha boʻlib, ular mikronning oʻndan bir qismidan bir necha mikrongacha. Mikroorganizmlarning fiziologik-morfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil. Koʻpgina Mikroorganizmlar bir hujayrali, baʼzilari, mas., mogʻor zamburuglari koʻp hujayrali iplar (mitseliy)ga ega. Mikroorganizmlar, odatda, xlorofillsiz, ammo baʼzilarida bakterioxlorofill va xlorofill bor. Koʻpchiligi boʻlinib, baʼzilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya va sporalar hosil qilib koʻpayadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi Mikroorganizmlar ham mavjud. Mikroorganizmlar tashqi muhitning har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. Mikroorganizmlar tabiatda moddalar aylanishida katta rol oʻynaydi. Mikroorganizmlar oʻsimlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil oʻsimliklar oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan mineral birikmalar (mas., karbonat angidrid gazi, ammiak va boshqalar)ga aylantiradi. Azot toʻplovchi Mikroorganizmlar va tuganak bakteriyalari molekulyar azotni yigʻish xususiyatiga ega. Mikroorganizmlar fosforazotuglerod, oltingugurt, temir va boshqalarning tabiatda aylanishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, tuproqda koʻpayib, soʻng nobud boʻlib, uni organik moddalarga boyitadi. Mikroorganizmlar hayot faoliyati natijasida tuproq unumdorligi ortadi.
Mikroorganizmlarga ham boshqa tirik mavjudotlar singari ozuqa moddalari zarur. Ozuqa modda deb, odatda tirik organizmga tushib yoki energiya manbai bo‘lib yoki hujayrani tarkibiy qismlarini qurish uchun ishlatiladigan moddalarga aytiladi. Ozuqa moddallar esa hujayraga tashqi muhitdan keladi. Bakteriyalar hujayrasi ichiga ozuqa moddalar kirishi va hayot faoliyatining oxirgi moddalarini tashqi muhitga ajralib chiqishi ularning butun tanasi orqali sodir bo‘ladi, shuning uchun bu jarayon juda tez boradi. Moddalar almashinuvi ikki jarayondan iborat: tashqi muhitdan o‘sish uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalarni qabul qilish va ulardan hujayraning yangi tarkibiy qismini sintezlash; hayot faoliyatining oxirgi mahsulotlarini tashqi muhitga chiqarish. Mikroorganizmlar ozuqa moddalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirishi mumkin yoki ularni o‘zgartirib, o‘zlashtirishga yaroqli holga keltirishi mumkin. Ovqatlanishning usullari Mishustin (1987) tomonidan quyidagicha talqin qilinadi, ya’ni tirik organizmlarda ikki xil oziqlanishusuli mavjud: Ovqatlanish turi: golozoy golofit Golozoy usulida ovqatlanishda ovqatning qattiq zarralari organizm tomonidan yutiladi, so‘ngra ovqat hazm qilish yo‘lida hazm qilinadi. Bu xildagi ovqatlanish hayvonlarga xosdir. Golofit usulida ovqatlanishda ovqatni yutish va hazm qiluvchi maxsus organlari bo‘lmagan tirik organizmlarga xos bo‘lib, ular suvda erigan ozuqa moddalarni kichik molekulalar holida so‘rib oladi. Bu xildagi ovqatlanish o‘simliklar va mikroorganizmlarga xosdir Ko‘p organik birikmalar (oqsillar, polisaxaridlar) polimerlar ko‘rinishida bo‘lib, ular mikroorganizmlar tomonidan yutilib, bevosita modda almashinishida ishlatilmaydi. Bunday moddalar bakteriyalar membranalaridan o‘ta oladigan oddiy birikmalargacha parchalanadi. Katta molekulalar ekzofermentlar yordamida parchalanib, mikroorganizmlar bor muhitga chiqariladi. Bu xildagi hazm qilish hujayradan tashqarida hazm qilish deyilib, faqat mikroorganizmlarga xosdir. Mikroorganizmlarning o‘sishi uchun suv juda zarur. Chunki ozuqa moddalari suvda erigan holda bo‘lib, ularni bakteriyalar olib, o‘z hujayralarini tiklaydi va energiya oladi. Ozuqa muhitlarida, mikroorganizm hujayrasini qurishi uchun kerak bo‘lgan hamma elementlar, mikroorganizm o‘zlashtiradigan holatda bo‘lishi kerak. Suvda erigan ozuqa moddalari bakteriya hujayrasiga har xil usullar yordamida kiradi. Hujayraga ularning o‘tishida hujayra devori barerlik vazifasini bajarsa, sitoplazmatik membrana aktiv tanlovchi rolini o‘ynaydi Moddalar hujayraga passiv diffuziya orqali, konsentratsiyalar farqi (noelektrik moddalar bo‘lsa) yoki elektr potеnsiallari farqi bo‘yicha (sitoplazmatik mеmbrananing ikki tomonida elеktr potеnsiallari farqi mavjud bo‘lsa) o‘tadi. Quritish. Mikroorganizmlarning normal hayoti uchun suv zarur. Quritish ta'sirida sitoplazmatik membrananing butunligi buziladi, natijada mikrob hujayrasining oziqlanishi to'xtab, hujayra nobud bo'ladi. Quritish ta'sirida mikroblarning o'lishi turlichadir. Masalan, patogen meningokokk, gonokokk, leptospiralar, treponema va boshqalar quritish ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Vabo vibrioni 2 kungacha, salmonellalar 70 kun, sil mikobakteriyasi 90 kungacha saqlanishi mumkin. Sil kasalligi bilan kasallangan bemorning qurigan balg'amida sil qo'zg'atuvchisi qurigan oqsil qobig'i bilan o'ralgan bo'ladi. Shuning uchun u 10 oygacha saqlanishi mumkin. Quritish yo'li bilan saqlangan oziq-ovqatlar namli sharoitga tushganda tez buziladi, chunki mikroblar o'z faoliyatini yana tiklaydi. Mikroorganizm kulturalarini, vaksina va biologik preparatlarni saqlashda liofil quritish usuli keng qo'llaniladi. Bunda preparatlar muzlatilib, so'ng vakuum sharoitida quritiladi. Bu holatda mikrob hujayrasi anabioz holatiga o'tadi va bir necha oy, hatto bir necha yillargacha biologik xossasini saqlab qoladi. Quritishga va boshqa omillarga sporalar juda chidamlidir. Kuydirgi batsillasining sporasi 10 yilgacha, mog'or zamburug'lari 20 yilgacha saqlanadi. Quritish ta'sirida mikroblar nobud bo'lgani uchun azaldan sabzavot va mevalar, go'sht, baliq, dorivor o'simliklarni quritib saqlanilgan. Quyosh nuri tarkibidagi ultrabinafsha nurlar hujayra fermentlarini inaktivatsiyalaydi va DNKni jarohatlaydi Yorug'lik nurlari. Mikroblar hayot faoliyatlarida doimiy quyosh radiatsiya nurlari ta'siriga uchraydi. Tik quyosh nuri fotosintezlovchi bakteriyalardan tashqari mikroorganizmlarga ham bir necha soat ichida halok qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Patogen mikroorganizmlar UBN (ultrabinafsha nuri)ga juda sezgir bo'ladi. Shuning uchun laboratoriyada kulturalarni qorong'ida saqlash maqsadga muvofiqdir. Buni Buxner o'z tajribasida isbotlab bergan. Petri kosachasidagi oziqa muhitga ko'p miqdorda mikrob kulturasi ekiladi. Qora qog'ozdan «typhus» so'zi kesib olinadi va kosachaning orqa tarafiga yopishtiriladi. Kosachani to'nkarilgan holatda tik quyosh nurida 1 soatga qoldiriladi, vaqt o'tgach qog'oz olib tashlanadi va kosachani 37°C da 24 soat termostatda qoldiriladi. Ertasiga termostatdan kosachani olib qaralganda, uning qog'oz yopishgan joyida mikroblarning o'sgani ko'rinadi. Quyosh nuri tik tushgan yerida esa mikroblar o'smagani kuzatiladi. Quyosh nurining ahamiyati katta bo'lib, tashqi muhit — havo, suv, tuproqning yuza qismini patogen mikroblardan tabiiy ravishda tozalab turadi. UBNlarning bakteriotsidlik ta'siridan yopiq xonalardagi (jarrohlik, bog'lov, boks va boshqalar) havoni sterilizatsiya qilishda keng foydalaniladi. Ultrabinafsha nur ajratuvchi lampa, bakteriotsid lampalar bu nurlarning manbayi hisoblanadi. Quritish. Ultratovush mikrob hujayrasini jarohatlaydi. Uning ta'sirida hujayra ichidagi sitoplazma faollashadi va hujayra ichidagi bosim ortib ketadi (10 000 atm). Bu hujayra qobig'ining butunligiga ta'sir ko'rsatib, hujayrani nobud qiladi. Ultratovush oziq-ovqatlarni (sut, meva, sharbatlar), ichimlik suvlarini sterilizatsiya qilishda qo'laniladi. Bosim. Mexanik bosimga bakteriyalar va sporalar chidamli bo'ladi. Tabiatda okean va dengizlarning 1 000 — 10 000 metr chuqurligida 100 — 900 atm bosim ostida yashaydigan mikroblar ham aniqlangan. Ayrim turdagi bakteriyalar 3 000 — 5 000 atm, sporalar 20 000 atm bosimga chidamli. Quritish. Mikroorganizmlarning normal hayoti uchun suv zarur. Quritish ta'sirida sitoplazmatik membrananing butunligi buziladi, natijada mikrob hujayrasining oziqlanishi to'xtab, hujayra nobud bo'ladi. Quritish ta'sirida mikroblarning o'lishi turlichadir. Masalan, patogen meningokokk, gonokokk, leptospiralar, treponema va boshqalar quritish ta'sirida bir necha daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Vabo vibrioni 2 kungacha, salmonellalar 70 kun, sil mikobakteriyasi 90 kungacha saqlanishi mumkin. Sil kasalligi bilan kasallangan bemorning qurigan balg'amida sil qo'zg'atuvchisi qurigan oqsil qobig'i bilan o'ralgan bo'ladi. Shuning uchun u 10 oygacha saqlanishi mumkin. Quritish yo'li bilan saqlangan oziq-ovqatlar namli sharoitga tushganda tez buziladi, chunki mikroblar o'z faoliyatini yana tiklaydi. Mikroorganizm kulturalarini, vaksina va biologik preparatlarni saqlashda liofil quritish usuli keng qo'llaniladi. Bunda preparatlar muzlatilib, so'ng vakuum sharoitida quritiladi. Bu holatda mikrob hujayrasi anabioz holatiga o'tadi va bir necha oy, hatto bir necha yillargacha biologik xossasini saqlab qoladi. Quritishga va boshqa omillarga sporalar juda chidamlidir. Kuydirgi batsillasining sporasi 10 yilgacha, mog'or zamburug'lari 20 yilgacha saqlanadi. Quritish ta'sirida mikroblar nobud bo'lgani uchun azaldan sabzavot va mevalar, go'sht, baliq, dorivor o'simliklarni quritib saqlanilgan. Quyosh nuri tarkibidagi ultrabinafsha nurlar hujayra fermentlarini inaktivatsiyalaydi va DNKni jarohatlaydi
Yorug'lik nurlari. Mikroblar hayot faoliyatlarida doimiy quyosh radiatsiya nurlari ta'siriga uchraydi. Tik quyosh nuri fotosintezlovchi bakteriyalardan tashqari mikroorganizmlarga ham bir necha soat ichida halok qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Patogen mikroorganizmlar UBN (ultrabinafsha nuri)ga juda sezgir bo'ladi. Shuning uchun laboratoriyada kulturalarni qorong'ida saqlash maqsadga muvofiqdir. Buni Buxner o'z tajribasida isbotlab bergan. Petri kosachasidagi oziqa muhitga ko'p miqdorda mikrob kulturasi ekiladi. Qora qog'ozdan «typhus» so'zi kesib olinadi va kosachaning orqa tarafiga yopishtiriladi. Kosachani to'nkarilgan holatda tik quyosh nurida 1 soatga qoldiriladi, vaqt o'tgach qog'oz olib tashlanadi va kosachani 37°C da 24 soat termostatda qoldiriladi. Ertasiga termostatdan kosachani olib qaralganda, uning qog'oz yopishgan joyida mikroblarning o'sgani ko'rinadi. Quyosh nuri tik tushgan yerida esa mikroblar o'smagani kuzatiladi. Quyosh nurining ahamiyati katta bo'lib, tashqi muhit — havo, suv, tuproqning yuza qismini patogen mikroblardan tabiiy ravishda tozalab turadi. UBNlarning bakteriotsidlik ta'siridan yopiq xonalardagi (jarrohlik, bog'lov, boks va boshqalar) havoni sterilizatsiya qilishda keng foydalaniladi. Ultrabinafsha nur ajratuvchi lampa, bakteriotsid lampalar bu nurlarning manbayi hisoblanadi. Ultratovush mikrob hujayrasini jarohatlaydi. Uning ta'sirida hujayra ichidagi sitoplazma faollashadi va hujayra ichidagi bosim ortib ketadi (10 000 atm). Bu hujayra qobig'ining butunligiga ta'sir ko'rsatib, hujayrani nobud qiladi. Ultratovush oziq-ovqatlarni (sut, meva, sharbatlar), ichimlik suvlarini sterilizatsiya qilishda qo'laniladi. Bosim. Mexanik bosimga bakteriyalar va sporalar chidamli bo'ladi. Tabiatda okean va dengizlarning 1 000 — 10 000 metr chuqurligida 100 — 900 atm bosim ostida yashaydigan mikroblar ham aniqlangan. Ayrim turdagi bakteriyalar 3 000 — 5 000 atm, sporalar 20 000 atm bosimga chidamli.
Mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi fizik faktorlar.
Mikroorganizmlarga ta’sir etadigan fizikaviy faktorlarga quritish, harorat, yorug‘lik, atomosfera bosimi va harakatlar kiradi. Harorat ta’siri. Mikroorganizmlarni yashash uchun ma’lum harorat talab qiladi. Hamma mikroorganizmlarning haroratga bo‘lgan talabi bir xil emas. Harorat mikroorganizmlarga uch xil ta’sir etadi: mikrob uchun ba’zan qulay, ba’zan ortiqcha, ba’zan esa etarsiz darajada bo‘lishi mumkin. Demak bundan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, mikroorganizmlarni har bir turi uchun quyidagi uchta nuqtasi: optimal, minimal va maksimal harorat bor. Optimal harorat shundatsy haroratki bunda mikroblarni muayyan turi eng aktiv hayot kechiridai, ya’ni juda tez ko‘payib, yaxshi rivojlanadi. Ko‘pchilik patogen mikroorganizmlar uchun 36-37 daraja issiq optimal harorat hisoblanadi. Mikroorganizmlarni rivojlanishi to‘xtaydigan past haroratni minimal temperatura deyiladi. Minimal temperaturada mikroorganizm o‘lmasa ham lekin ko‘payishdan to‘xtaydi, keyinchalik mikroorganizm normal haroratli sharoitga tushsa qaytadan ko‘paya boshlaydi. Ba’zan harorat mikrob uchun balandlik qilishi mumkin. Bunday haroratda mikroorganizmlar normal ko‘paya olmaydi, ko‘payishidan to‘xtasa ham lekin o‘lmasdan tirik saqlanadi. Bunday ta’sir etuvchi temperaturaga maksimal temperatura deyiladi. Maksimal temperaturada mikroorganizmlarni ba’zi xususiyatlari, chunonchi patogenlik xususiyati pasayib, o‘zgarib qolishi mumkin. Masalan kuydirgi kasalligi qo‘zg‘atuvchisi B.anthracis uchun 42,50 S issiq maksimal temperatura bo‘lib shu temperatura ta’sirida uning patogenligi pasayishi aniqlangan. Mikroorganizmlarni ta’sir etadigan fizikaviy faktorlar haqida so‘zlaganda quritishning ta’sirini ham aytish kerak. Mikrob normal yashashi uchun unga ma’lum miqdorda namlik kerak. Mikroorganizm suvsiz qoq quruq sharoitga tushib qolsa uning tanasidagi suv kamayadi va protoplazmasi qaqraydi va natijada mikrob hujayrasida hayotiy protsesslar sustlashadi so‘ngra esa yashash faoliyati to‘xtaydi. Quruqlikning mikroblarga zararli ta’sir etishiga asoslanib turli ovqat mahsulotlarini va hashaklarni uzoq saqlash uchun ularni quritish rasm bo‘lgan. Quritilgan olma, o‘rik, uzum, nok va boshqa mahsulotlarda mikroorganizm o‘sib ko‘paya olmaydi, chunki quritilgan mahsulotlarda mikrob o‘ziga kerakli suv topa olmasdan aksincha o‘z hujayrasidagi suvni yo‘qotib natijada o‘ladi va quritilgan mahsulot buzilmasdan uzoq saqlanadi. Ovqat mahsulotlarini va boshqa narsalarni quritib saqlash qadim zamonlardan beri ma’lum bo‘lsa ham u vaqtlarda bu usullar fan orqali asoslanmagan edi. Hozirda esa bu usullar fan asosida qo‘llanilmoqda. Ko‘pchilik mikroorganilmar quritish ta’siriga chidamli bo‘lib, ma’lum vaqtlargacha o‘lmasdan saqlanishi mumkin. Masalan: Vabo vibrioni quritish ta’sirida 2 kungacha, shigellalar 7 kungacha, o‘lat tayoqchasi 8, difteriya 30, qorin tifi 70, stafilokokklar va sil mikobakteriyalarni 90 kungacha tirik saqlanishi mumkin. Sil tayoqkchasi mikroorganizmi qurigan balg‘amda 10 oygacha, kuydirgi kasalligi batsillasi sporalari 10 yilgacha, zamburug‘larni ba’zilari 20 yilgacha saqlanishi mumkin. Agar mikrob kulturasini vakuumda sovuq sharoitda tezlik bilan quritilsa va buni havosiz joyda saqlansa u uzoq vaqt tirik turadi. Masalan, odatda quritilishga juda chidamsiz bo‘lib 1-2 kunda o‘lib qoladigan mikroblardan gonokokk kulturasini ana shu usulda quritilib saqlansa ular bir necha oy tirik turishi mumkin. Mikrobiologiya sohasida keyingi yillarda mikrob kulturasini saqlash uchun shu usuldan foydalanilmoqda. Quritish ta’sirida bakteriyalar oqsillari denaturatsiyasi va sitoplazmasining suvsizlanishi 106 kuzatiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda sublimatsiya metodidan foydalaniladi. Bunda oziq-ovqatlarni saqlanishi 2 yil va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Sublimatsion quritishda qandlar, vitaminlar, fermentlar va boshqa komponentlarni saqlanib qolishi ta’minlanadi. Vakkumda past haroratda quritish ta’sirida ayrim mikroorganizmlar o‘lmasdan qolishi mumkin. Bu metod esa sil kasalligiga qarshi qo‘llaniladigan tirik vaksina, toun, tulyaremiya, brutsellyoz, gripp va boshqa kasalliklarga qarshi uzoq muddatli va stabil vaksinalar ishlab chiqarish kulturalarini saqlashda ishlatiladi. Atmosfera bosimi har qancha baland bo‘lsa ham mikroorganizmlarga ta’sir etmasligi aniqlangan. Dengiz ostida 100 atmosfera bosimi –900 atm. Bosimida tirik bakteriyalar uchrashi mumkin. Umuman 3000 atm. Bosimning bakteriyalar mog‘orlar, drojjalarga ta’sir etmasligi xattoki ba’zi bir patogen viruslarga - 5000 atm bosimi ta’sir etmasligi aniqlangan (masalan, achitqilarni bijg‘ish xususiyatini xatto 5000 atm bosim ham to‘xtata olmaydi). Bakteriotsid ta’sir qilish qobiliyatiga ultratovush xarakterlidir. Ultra tovushlarni ta’sir qilish mexanizmida bakteriya sitoplazmasida gravitatsion bo‘shliq xosil bo‘lib, suyuqlik bug‘lari bilan to‘ladi. Unda 10000 atm bosim xosil bo‘lib sitoplazma tuzilishining dezintegratsiyasiga olib keladi Kimyoviy moddalar mikroorganizmlarga turliga ta’sir etishi mumkin. Ko‘pchilik mikroorganizmlar kimyoviy moddalarga g‘oyat sezuvchandir. Ba’zi bir kimyoviy modda bilan mikroorganizmlarga ta’sir qilganda mikroorganizm shu moddaga yaqinlasha boshlaydi, ba’zida esa boshqa bir mikroorganizmlarga kimyoviy modda ta’sir qildirilganda undan qochib uzoqlashadi. Bu hodisaga ximiotaksis deyiladi. Bu esa mikroorganizmlarni kimyoviy moddalarga sezgirligidan dalolat beradi. Buni bilishimiz uchun bir idishdan suvga harakatchan mikroorganizm kulturasidan aralashtirib unga shakar eritmasi to‘ldirilgan bir kapilyar naycha botiriladi. SHundan keyin esa suvdagi mikroblar kapilyarlarning uchidagi teshikka to‘plana boshlaydi. Bu o‘ziga tortuvchi ximiotaksis deyiladi. Aksincha ishkor yoki kislota quyilgan bo‘lsa mikroblar kapilyar atrofidan uzoqlasha boshlaydi. Bu esa uzoqlashtiruvchi ximiotaksis hisoblanadi. Kimyoviy moddalarni mikroorganizmlarga ta’sir qilishiga qarab yuza aktiv moddalarga fenol va uning xosilalariga bo‘yoqlar, og‘ir metal tuzlari, oksidlovchilarga va formaldegid gruppasiga bo‘linadi. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini agarda disk -diffuziya usulida aniqlash uchun steril holdagi Petri kosachasiga 10 ml miqdorda, har bir mikrobni talabiga mos bo‘lgan eritilgan agar alohida -alohida qo‘yiladi. Xuddi shunday eritilgan va 45°S gacha sovutilgan 10 ml agarning har biriga alohida tekshirilayotgan kultura va etalon shtammlardan ekiladi. SHunday qilib, har bir Petri kosachasiga ma’lum tarkibga ega bo‘lgan agarlardan ikki qatlam qilib quyiladi: pastki qatlam - mikrob ekilmagan, ustki qatlam - tekshirilayotgan va etalon shtammlar ekilgan (alohida kosachalarda) qatlam. Ikkinchi qatlamdagi eritilgan agarga ekilgan mikrob suspenziyasi, har bir shtammning bir sutkalik kulturasidan aloxida - alohida tayyorlangan. Buning uchun har bir kulturadan fiziologik eritmada 1 mld li aralashma tayyorlanib, o‘n barobar suyultirib va agarga shunday miqdorda qo‘shiladi, ular bir tekisda o‘sib chiqishi, antibiotiklarni ta’sir qilganligi doira bo‘yicha ko‘rinib turadigan bo‘lsin. Petri kosachasiga quyilgan agar qotganidan so‘ng, uning ustki yuzasiga steril pinset yordamida antibiotikli disklarni 3 - 4 sm oralig‘ida joylashtirilib (har bir kosachada 7-8 tadan ortiq disk bo‘lmasligi kerak). Kulturalar ekilgan diskli Petri kosachalari termostatda, 37°S da 24 soat davomida inkubatsiya qilindi. Natija har bir antibiotikli disk atrofida mikroblarning o‘sishi to‘xtagan hududning diametrini lineyka va shtangetsirkul yordamida o‘lchanib aniqlanadi.
Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling