O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi
Download 474.17 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus
Dinamik o’lchashlarga qiymatlari o’lchash jarayonida o’zgarib turadigan kattaliklarni o’lchashlar kiradi. Dinamik o’lchashga vaqt bo’yicha o’zgaradigan kattalikning oniy qiymatini o’lchash misol bo’la oladi.
Uzluksiz o’zgaruvchan kattalikning diskret usuli asosida uzuq diskret qiymatlariga, kodlarga o’zgartirilishi asosan 3 xil usulda amalga oshiriladi ketma-ket hisob usuli; taqqoslash (solishtirish) usuli; v) sanoq usuli; O’lchash vositalari va ularning turlari O’lchashlarda qo’llaniladigan va me’yorlangan metrologik tavsiflariga ega bo’lgan texnik vositalar o’lchash vositalari deyiladi va ular yordamida o’lchash amali o’tkaziladi. O’lchash vositasi deb, metrologik tavsiflari me’yorlangan belgilangan xatolik chegarasida bo’lgan, ma’lum vaqt oralig’ida o’zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o’lchov birligini qayta tiklaydigan yoki saqlaydigan, o’lchashlar uchun mo’ljallangan texnik vositaga aytiladi. O’lchash jarayonida o’lchanadigan kattalikning qiymatini to’g’ri aniqlanishi ko’pincha o’lchash vositasining xususiyatlariga va ularni to’g’ri tanlab olinishiga bog’liq. O’lchash vositalari turlicha klassifikasiyalanadi: o’lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimida o’lchash vositasini bajaradigan roli bo’yicha, avtomatlashtirish darajasi, ko’rsatkichi bo’yicha, standartlashtirish darajasi bo’yicha, o’lchanadigan kattalikka nisbatan o’lchash jarayonidagi roli bo’yicha va bajaradigan funksiyasi bo’yicha va h.k. quyidagi rasmda o’lchash vositalarining o’lchash jarayonidagi roli va bajaradigan funksiyasi bo’yicha klassifikasiyalanishi keltirilgan. O’lchash vositalari bajaradigan funksiyasi bo’yicha quyidagi 5 guruhga bo’linadi: o’lchovlar, o’lchash asboblari, o’lchash o’zgartkichlari, o’lchash qurilmalari va informasion o’lchash tizimlari. O’lchovlar, ularning turlari O’lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o’lchash vositasiga aytiladi. O’lchovlarning ham turlari va xillari ko’p. O’z navbatida o’lchovlar bir qiymatli, ko’p qiymatli va o’lchovlar to’plamiga bo’linadi. Download 474.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling