O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi


Download 474.17 Kb.
bet29/58
Sana12.07.2023
Hajmi474.17 Kb.
#1659924
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Bir qiymatli o’lchovlar kattalikning bir qiymatini hosil qiladi. Misol - tarozi toshi, normal element, o’lchash kolbasi, elektr qarshiligining g’altagi.
Ko’p qiymatli o’lchovlar qator bir turdagi (turdosh) kattaliklarning har xil o’lchamlarini hosil qiladi. Ko’p qiymatli o’lchovlarga misol qilib, millimetrlarga bo’lingan chizg’ich, elektr qarshiligining magazini va boshqalarni keltirish mumkin.
Hozirgi paytda avtomatik o’lchash tizimlarida maxsus boshqariladigan ko’p qiymatli o’lchovlar keng qo’llaniladi. Bunday o’lchovlar kattalikning talab etiladigan qiymati qo’l bilan boshqariladigan yohud boshqaruvchi blokka mikroprosessor yordamida shakllangan maxsus signal (kod) berilishi bilan hosil qilinadi.
Bunga misol qilib, avtomatik bosim datchigi, kuchlanish, tok, chastota kalibratorlarini ko’rsatish mumkin.
Bir qiymatli o’lchovlarning maxsus tanlangan yig’ilmasi o’lchovlar to’plami deyiladi. Bunda alohida bir qiymatli o’lchovlarning to’plamdagi nominal qiymatlari aniq qoida bo’yicha qo’yiladi. O’lchovlar to’plamiga misol tarozi toshlar to’plami bo’la oladi. Alohida toshlarning massasining nominal qiymatlari quyidagi qator bo’yicha belgilanadi (1,2,2,5)-10n Kg (n-butun musbat yoki manfiy son). Bu esa hammasi bo’lib 4 ta toshni ishlatish bilan ularning har xil birikmasining massasini 1 dan to 10 gacha qator butun qiymatlarini hosil qilish imkonini beradi.
O’lchovlar to’plamiga o’zgarmas sig’imli o’lchash
kondensatorlari ham misol bo’lishi mumkin. Bunday to’plamda alohida kondensatorlarining elektr sig’imini nominal qiymatlari (1,2,3,4)404 F (n-butun manfiy son) qatordan belgilanadi.
Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o’lchovlar turkumiga kiritilgan.
Standart namuna - modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o’lchov sanaladi. Masalan, g’adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari.

Download 474.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling