O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi
Download 474.17 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus
Muntazam xatolik deb umumiy xatolikning takroriy o’lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bo’ladigan, saqlanadigan yoki o’zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi.
Umumiy xatolikni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin: Ам Bunda:
Aq - qo’pol xatolik
aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin bo’ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi: Uslubiy xatoliklar; Asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar; Sub’ektiv xatoliklar. O’lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy xatolik kelib chiqadi. O’lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining noto’g’ri graduirovkalanishi (darajalanishi), qo’zg’aluvchan qismning noto’g’ri mahkamlanishi va hokazolar. Sub’ektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir. Umumiy xatolikning ikkinchi tashkil etuvchisi - tasodifiy xatolik bo’lib, bir xil sharoitda, bir kattalikni takror o’lchashlarda tasodifan o’zgaruvchan xatolikdir. O’lchash jarayonida qo’pol (o’tkinchi) xatolik yoki yanglishuv xatolik ham hosil bo’lishi mumkin-ki, bu xatolik ham tasodifiy kattalikning bir turkumi hisoblanadi. Qo’pol xatolik asosan operator (kuzatuvchi)ning xatosi bilan yoki uning asbob ko’rsatishini noto’g’ri kuzatib yozib olishidan, hamda o’lchashni o’tkazish sharoitini keskin o’zgarishidan kelib chiqadi. Qo’pol xatolikni ko’pincha o’lchash natijalarini qayta ishlashda hisobga olinmaydi. Muntazam xatolikni, uni keltirib chiqaruvchi sababi, o’lchash jarayonida kelib chiqish xarakteri bo’yicha, hamda o’zgarish xarakteriga qarab, turlash qabul qilingan. o’zgarmas (doimiy) xatoliklar - o’z qiymati uzoq vaqt mobaynida ya’ni, masalan, qator o’lchashlar bajarilgan vaqt mobaynida o’zgarmaydigan xatolikdir. Masalan, tarozi toshining muntazam xatoliklari, ko’rsatuvchi asboblarining graduirovka xatoligi kabilarni keltirishimiz mumkin. progressiv xatoliklar - uzluksiz o’suvchan yoki kamayuvchan xatoliklar. Masalan, o’lchash asbobining biron qismidagi kontaktni yoki biron-bir detalini eyilishidan kelib chiqadigan xatoliklar. davriy xatoliklar - qiymati vaqtning davriy funksiyasi yoki o’lchash asbobining ko’rsatkichini surilish funksiyasiga bog’liq bo’lgan xatolikdir. Davriy xatolik shkalasi aylana shaklida ishlangan asboblar uchun xos (chiziqli kichik siljishlarni o’lchash uchun mo’ljallangan soat ko’rinishida ishlangan indikator). Bu xatolik shkala o’qi bilan ko’rsatkichning aylanish o’qiga mos tushmasligidan hosil bo’ladi. Download 474.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling