O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi


Download 2.5 Mb.
bet61/84
Sana27.10.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1727729
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84
Bog'liq
12bolalardamatematikpdf

Og‘zaki metodlar — qisqa muddat ichida hajmi bo‘yicha eng ko‘p ma’lumotlar berish, bolalar oldiga muammolar qo‘yish, ularni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatish imkonini beradi.
Bu metodlar bolalarning matematik tasawurlarini shakllanti- rishdagi abstrakt tafakkurlarining rivojlanishiga sharoit yaratadi.

  1. Tushuntirish. Bilimlarni tushuntirish metodining mohiyati shundan iboratki, bunda pedagog-tarbiyachi materialni bayon qiladi, bolalar esa uni, ya’ni bilimlarni tayyor holda qabul qilib olishadi.

  2. Suhbat—bu eng ko‘p tarqalgan va yetakchi mashg‘ulot metodlaridan biri bo‘lib, jarayonning har xil bosqichlarida, har xil o‘quv maqsadlarida qo‘llanishi mumkin, ya'ni yangi berilgan topshiriqlarni va mustaqil ishlarni tekshirishda, yangi materialni tushuntirishda, mustahkamlash va takrorlashda qo‘llanilishi mum- kin.

Suhbat — bu mashg‘ulotning savol-javob metodidir, bunda pedagog-tarbiyachi bolalarning elementar matematik tasawurlari, bilimlarni o‘zlashtirganliklari va amaliy tajribalariga tayangan holda, maxsus tanlangan savollar tizimi va ularga beriladigan javoblar yo‘li bilan qo‘yilgan ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni hal qilishga olib keladi.
Metodik adabiyotda suhbat metodidan ko‘pincha matematik tushunchalar bilan tanishtirilayotganda (son, arifmetik amallar
va hokazo) qonuniyatlar tipidagi bilimlar (arifmetik amallar xossalari va ular komponentlari bilan natijalari orasidagi bog'la- nishlar) tanishtirishda foydalanish tavsiya etiladi.
Mashg'ulotlarda suhbatning ikki xilidan, ya’ni katexezik va evrestik suhbatdan foydalaniladi.
Katexezik suhbat shunday savollar tizimi asosida tuziladiki, bu savollar ilgari tasavvurdagi o‘zlashtirilgan bilimlar, matematik tushunchalarni oddiygina qayta eslatishni talab etadi.
Bu suhbatdan asosan bilimlarni tekshirish va bolalarni rag'bat- lantirishda, yangi materialni mustahkamlashda va takrorlashda foydalaniladi.

  1. Ko‘rsatmali metodlar

Mashg‘ulotning ko'rsatmali metodlari bolalarni kuzatishlar asosida bilimlar olish itnkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkuming aktiv shaklidir, bundan mashg'ulotda, ayniqsa, bog'cha-maktab- larda keng foydalaniladi. Atrof-borliqdagi predmet va hodisalar hamda ularning turli-tuiman modellari (har xil turdagi ko'rsatma- qo'llanmalar) kuzatish obyektlari hisoblanadi. Mashg'ulotning ko'rsatmali og'zaki metodlaridan foydalaniladi. Ko'rsatma- qo‘llanmalarni namovish qilish har doim pedagog-tarbiyachi- ning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi. Pedagog- tarbiyachining so‘zi bilan ko‘rsatma vositalardan birgalikda foydalanishning 4 ta asosiy shakli aniqlangan:

  1. pedagog-tarbiyachi so'zlar yordamida bolalarning kuzatish- larini boshqaradi;

  2. og'zaki tushuntirishlar obyektning bevosita ko'rinmaydigan tomonlari haqida ma’lumotlar beradi;

  3. ko'rsatmali qo'llanmalar tarbiyachining og‘zaki tushunti- rishlarini tasdiqlovchi yoki konkretlashtiruvchi ilyustratsiya bo'lib xizmat qiladi;

  4. pedagog-tarbiyachi bolalar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi.

  1. Amaliy metodlar

Malaka va ko‘nikrnalarni, tasawurlarni shakllantirish hamda mukammallashtirish jarayoni bilan bog'liq bo‘lgan metodlar mashg'ulotning amaliy metodlari hisoblanadi. Xususan, bunday metodlar mashg'ulotlar jumlasiga og'zaki mashqlar, amaliy (sayr
davomida) mustaqil ishlarning ba’zi turlari kiradi. Mashqlar asosan hosil bo'lgan tasawurlarni mustahkamlash va bilimlarni tatbiq qilish, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish metodi sifatida qo‘llaniladi.
Mashq deb, biror tushuncha yoki amalni, shu amalni o‘zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish va ijodiy mashqlarga katta ahamiyat beriladi. Ijodiy xarakterdagi mashqlarga, masalan, masala va misollarni turli usullar bilan og‘zaki yechish, og'zaki masala tuzish, sxemaga ko‘ra og'zaki sodda masala tuzish, muammoli xarakterdagi masalalarni og‘zaki yechish mashqlari va boshqa mashqlar kiradi.

  1. BOB

IQTIDORLI BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN
MASHG ULOT NAMUNALARI



  1. Download 2.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling