O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Kreditni bank amaliyotida qabul qilingan shaklda o‘z vaqtida


Download 0.53 Mb.
bet20/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

Kreditni bank amaliyotida qabul qilingan shaklda o‘z vaqtida


qaytarilishini ta’minlash majburiyati:

– moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;


– oborot mablag‘larining aylanishiga doir hisob-kitob;


– boshqa kreditorlardan olingan qarz mablag‘lari va boshqa bank-larda saqlanayotgan bo‘sh mablag‘larning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;


– qarz oluvchining boshqa korxonalar sarmoyasidagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;


– mijozning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi boshqa turli hujjatlar. Bank xodimi barcha zarur hujjatlarni olgach, 5 kun muddat ichida


Markaziy bank talablarida ko‘zda tutilgani uchun bo‘lg‘usi qarz oluv-chining kreditga va to‘lovga layoqatliligini aniqlashi lozim. Bu biznes-



40


reja tayyorlash masalalari bilan birgalikda batafsil ko‘rib chiqiladi. Kredit olishda ko‘zda tutilgan maqsadlarning korxonaning ustav faoliyatiga va kredit turi, uning maqsadlariga mos kelishi e’tiborga olinadi. Bank xodimi taqdim etilgan hujjatlar to‘plamini o‘rganib chiqib kredit berish yoki bermaslik yuzasidan xulosa tayyorlaydi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
– kreditga layoqatlilik;

kredit olishdan maqsad;


– uning muddati va miqdori;


– kredit qaytarilishining ta’minoti;


foiz stavkasi;


Bank xodimining xulosasi rahbar tomonidan tasdiqlangach, ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda kredit qo‘mitasi muhokamasiga yuboriladi. Hozirgi kunda korxonalarda bank kreditlarini hisobga oluvchi ikkita schyot mavjud:




6810-«Qisqa muddatli kreditlar» schyoti.


7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyoti.


6810-«Qisqa muddatli kreditlar» chotida mamlakat hududidagi va chet eldagi banklardan olingan qisqa muddatli kredit bo‘yicha bank bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Tahliliy schyotlar kredit turi bo‘yicha ochiladi. 6810-schyot balansga nisbatan passiv hisoblanib, kredit tomonidan bankdan olingan qisqa muddatli qarzlar, debetida esa qisqa muddatli qarzlarning qaytarilishi hisobga olinadi, qoldiq esa, kredit tomonida qoladi. Uning tahliliy hisobi olingan qarzlar turlari bo‘yicha 38-qaydnomada, sintetik hisobi esa 4-jurnal-order yordamida yuritiladi.


7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schotida so‘m va chet el valutasida olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi. Schyotda uzoq muddatli kreditlarning turlari balansga nisbatan passiv hisoblanib, uning kredit tomonida bankdan olingan uzoq muddatli kreditlar, debet tomonida esa bu qarzlarning to‘langan summalari hisobga olinadi. Qoldiq kredit tomonida qoladi. Bu schyotning analitik hisobi olingan qarzlar turlari bo‘yicha 38-qaydnomada, sintetik hisobi esa 4-jurnal-order yordamida yuritiladi.

Korxonalarda o‘rta muddatli kreditlarni hisobga oluvchi schyot mavjud bo‘lmaganligi uchun bu kreditlar hozirgi kunda uzoq muddatli kreditlarga qo‘shib olib boriladi. Ya’ni 1 yildan ortiq muddatga olingan kreditlar 7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyotida qayd etib boriladi.


Qisqa muddatli bank kreditlari bo‘yicha quyidagicha ikkiyoqlama buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:



41


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling